Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
HUJJATLAR USLUBI 
 
Rasmiy uslubning kelib chiqish tarixi yozuvning yaratilishi, 
shuningdek, 
jamiyat 
o‘rtasida 
rasmiy-huquqiy 
munosabatlarning  yuzaga  kelishi,  davlatchilik  tarixi  bilan 
bog‘liqdir.  Davlat  tashkil  topgandan  keyin  ish  yuritish  va 
rasmiy hujjatchilik sohasi ham yuzaga keldi. 
Davlat  boshqaruv  ishlarida  yozuvning  tutgan  o‘rni 
to‘g‘risida Yusuf Xos Hojib shunday bitgan edi: 
Eδi keδ keräklig turur bu bitig, 
Bitig birlä beglär etär el etig. – 
Bu yozuv juda ham keraklidir. Beklar yozuv bilan elni 
idora etadilar (QB.2662). 
Yoki boshqa bir yerda yozuvning boshqaruv, kirim-chiqim 
ishlarida yetakchi ekanligini ta’kidlab yozadi: 
Qamuğ el išin barča etgän bitig, 
Bitigin tutar el kirišin tetig. – 
El ishining barini xat izga soladi. Tetiklar el kirimini yozuv 
bilan qo‘lga oladilar (QB.2667).  
Rasmiy  uslubning  tarixi  yozma  yodgorliklarda  qo‘llangan 
matn  bilan  bog‘liq  atamalarning  lug‘aviy  ma’nosida  ham  o‘z 
izini qoldirgan. Masalan, eng eski turkiy yozma yodgorliklarda 
bitim  degan  so‘z  uchraydi.  Bitim  so‘zi  biti-  “yoz-”  fe’lidan 
yasalgan  bo‘lib,  kelib  chiqishiga  ko‘ra,  yozma  hujjatlar 


 
267
asosidagi  kelishuvni  bildiradi.  Demak,  bitim  so‘zining 
qadimiyligi  kishilar 
yoki 
jamoalar  o‘rtasidagi 
yozma 
kelishuvning,  uning  huquqiyligini  ta’minlaydigan  ana  shu 
hujjat turining eskiligiga dalolat qiladi.   
Bundan  tashqari  eski  bitiglarda  yarlïq~yarlïğ  so‘zi  ham 
bor.  Ushbu  atama  asli  “tangrining  yorlig‘i,  buyrug‘i,  hukmi” 
ma’nosini  anglatgan.  Bitiglarda  Täŋri  yarlïqasu  degan  tilak-
duo  tez-tez  uchrab  turadi,  bu  “tangri  yorliqasin;  tangri 
buyursin;  tangrining  buyrug‘i  ana  shunday  bo‘lsin”  deganidir. 
Yoki  Üzä  täŋri  yarlïqadï  deyiladi.  Bu  “yuqorida  tangri 
yorliqadi;  ko‘k-tangri  shuni  buyurdi;  ko‘k-tangri  shuni  istadi” 
degan 
ma’nolarni 
beradi. 
Keyinchalik 
hukumdorning 
buyrug‘ini  ifodalash  uchun  ham  ana  shu  so‘z  qo‘llanilib 
ketgan.  Rasmiy  yozmalarda  yarlïq~yarlïğ  atamasi  “yorliq, 
farmon”  ma’nosini  bildiradi;  yarlïq  yarlïqadï  deydi,  bu 
“farmon  berdi”  degani.  “O‘g‘uzxoqon”  dostonida  bu  so‘z 
čarlïğ ko‘rinishida qo‘llanilgan. 
Muhimi, qadimgi turkiy tilda hujjat ishlari, rasmiy-huquqiy 
munosabatlarga  tegishli  butun  bir  atamalar  tizimi  ishlab 
chiqilgan 
edi. 
Bu 
ham 
bo‘lsa 
rasmiy 
uslubning 
takomillashganligini ko‘rsatuvchi belgidir.  
Turkiy hujjatchilik tarixi turklar yer yuzida o‘z davlatlarini 
qura boshlagan, davlat idoralarida boshqaruv ishlari turkiy tilda 
yuritila boshlagan davrlarga ildiz otgan. Bizgacha qadimgi iskif 
va  xun  davlatlarida  yaratilgan  rasmiy  yozmalar  saqlangan 
emas.  Eng  eski  turkiy  rasmiy  bitiglar  ko‘k  turk  xoqonliqlari 
davridan  qolgan.  Shunday  esa-da,  ushbu  matnlar  rasmiy 
uslubning  davrlar  osha  yuksalib,  ana  shu  ko‘rinishga 
kelganidan dalolat beradi. 
Rasmiy  yozmalar  o‘zining  maqsadi,  darajasi,  huquqiy 
mavqei  nuqtai  nazaridan  turlarga  bo‘linadi.  Bunday  hujjatlar 
tuzilishi,  matn  komponentlariga  ko‘ra  o‘zaro  farqlanib  turadi. 
Masalan,  yorliqlarni  olaylik.  Ularni  tuzilishiga  ko‘ra  kirish 


 
268
(начальный  протокол),  asosiy  va  yakun  qismiga  (конечный 
протокол) ajratish mumkin.  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish