Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Mazmuni 
 
Burun  o‘tgan  zamonda,  bu  Chambudivip  o‘lkasida 
Maxaradi otli elig xon bor edi. O‘sha Maxaradi elig xon behad 
ulug‘,  boy-badavlat,  omboru  xazinalari  don-dun,  mol-mulkka 
to‘la,  alpu  mergan,  kuchli  cherikka  ega,  to‘rt tomondagi  yerni 
o‘ziga  bo‘ysundirgan,  ko‘pning  hurmatini  qozongan,  azaldan 
adolatli  siyosat  yuritgan,  bo‘ysungan  barcha  ellarning  xalqini 
ko‘paytirgan,  yon-veri  butunlay  yovsiz-yovuzsiz  edi.  O‘sha 
tadbirli-cho‘g‘li,  shon-shavkatli  elig  xonning  katta  xotinidan 
tug‘ilgan  ko‘rkli-suyukli,  istarasi  issiq  uch  o‘g‘loni  bo‘lar  edi. 
Eng katta – to‘ng‘ich o‘g‘lonining oti Maxabali edi. Ikkinchi – 
o‘rtancha  o‘g‘lining  oti  Maxadivi  edi.  Uchinchi  –  eng  kichik 
o‘g‘lining oti Maxasatvi edi. 
Kunlarning  birida  o‘sha  elig  xon  uch  o‘g‘loni  bilan 
tashqariga  tog‘u  soyda  sayr  qilgani  bordi.  U  yerga 
borganlarida,  dam  olib  nafas  rostlaganlaridan  keyin  o‘sha  uch 
tigin (shahzoda) gulu chechak, meva-cheva terib kelgali otalari 
elig bekdan o‘tinib izn so‘rdilar. Ular u yon-bu yon yurib katta, 
bir qamishli berk ariqqa kirib, o‘sha yerda tin olgani o‘tirdilar. 
Dam olib o‘tirganlarida eng katta tigin ikki inisiga shunday deb 
aytdi:  “Ey  inilarim,  mening  bugun  juda  qo‘rqqim,  vahmim 
kelyapti.  Shunday  bo‘lmasin  ishqilib  [ya’ni:  aytganlarim 
o‘ngidan  kelmasin].  Tag‘in  bu  ariq-chakalak  ichidan  ashaddiy 
yovuz  hayvonlar  chiqib,  biz  yo‘qotg‘uliq,  zahmatga  qolg‘uliq 
bo‘lmaylik”, – deb. 
Ikkinchi  tigin  shunday  deb  aytdi:  “(Yaratgan  ohimizni) 
eshitib, 
O‘zi 
yorlaqasin. 
Akam-a, 
mening 
bu 
et-
o‘zim(jismim)ni  asragim  kelmaydi-kim,  faqat  bizga  nima 
bo‘lsa-da, qadrdonlardan ayrilg‘uliq musibat bo‘lmasa edi, deb 
qo‘rqarman”, – deb. 
Bu  so‘zlarni  eshitib,  uchinchi  tigin  ikki  akasiga  shunday 
deb o‘tindi: 
“Bu yer azizlar turadigan [ya’ni: azizlar o‘tgan] yerdir, 


 
337
Mening sira qo‘rqinchim, xavotirim yo‘q. 
O‘zga ayrilmoqliq tashvishim ham yo‘q. 
Shunday 
qilib, 
et-o‘zimda 
to‘la 
shodligu 
sevinch 
tug‘ilayotir, 
Topg‘aymiz chamasi biz yaxshi, ayri ne’matni”, – 
deb  aytdi.  O‘sha  chog‘da  bu  uch  tigin  o‘z  vujudu 
ko‘ngillaridagi o‘ylagan o‘ylarini so‘zlashib, keyin o‘rinlaridan 
turib, o‘sha ariqning ichkarisiga qarab yurdilar. Shunday yurib, 
yangi  enuklagan  (bolalagan)  bir  tishi  barsni  ko‘rdilar.  O‘sha 
och bars yangi enuklagan, (bunga) yetti kun bo‘lgan edi. Yetti 
enukini  bag‘riga  bosib,  ochiqmoq,  suvsamoqliqdan  siqilib, 
holdan  toygan,  siniqqan,  et-o‘zlari  bo‘shashib,  kuch-quvvati 
uzilib, o‘lasi bo‘lib yotar edi. 
Taajjubdan uni og‘a-inilarning ulug‘i Maxabali tigin ko‘rib, 
shunday  deb  aytdi:  “Ey  bechora  tishi  bars,  enuklaganiga  yetti 
kun bo‘libdi. Yetti enuklari yumshoqqina yemishga o‘xshaydi, 
tishi bars esa bunga jazm qilolmay, ochiqish, suvsash azobidan 
siqilib,  qayta-qayta  o‘z  enuklarini  yeyishga  urinyapti.  Bundan 
ham ortiq bechorahol jonivor topilurmi?” – deb aytdi. Bu gapni 
eshitib,  Maxasatvi  tigin  keyin  akasi  tiginga:  “Bu  bars  nima 
yeydi,  yoqtirgan  ovqati  nima  turur?”  –  deb  aytdi.  Akasi  tigin 
shunday deb javob berdi: 
“Barsning, ilvirsning, manuning, arslonning, 
bo‘rining, tulkining ovqati esa,  
yakka-yolg‘iz issiq et va qon erur. 
Bundan boshqa yana o‘zga osh-ichgu yo‘q- 
kim, bu holdan toygan och barsni tiriltirgulik”, – 
deb  aytdi.  Bu  so‘zni  eshitib,  ikkinchisi  Maxadivi  tigin 
ixtiyorsiz  shunday  deb  aytdi:  “Bu  yo‘sunda  yaratilmish, 
kuchsiramish,  holdan  toygan  och  bars  ochqamoq,  suvsamoq 
azobidan  g‘oyat  qiynalib  ana-mana  o‘lgali  turur.  Bizdan 
boshqa  kim  borki,  bunga  yaroqli  osh-suv  topib  beruvchi,  bu 
bechora  jonivor  uchun  tanasini  fido  qilib,  buning  issiq  jonini 
uzaytirishni uddalaydigan?” – deb aytdi.  Ulug‘ tigin  bu so‘zni 


 
338
eshitib,  qayta  o‘rtancha  inisiga:  “Ey  inim,  sahiylik  (molni 
mardona  ulashish)  botirning  ishi,  Nima  bo‘lganda  ham  issiq 
jondan  kechib  bo‘lmaydi”,  –  deb  aytdi.  Bu  so‘zning  so‘ngida, 
Maxasatvi  tigin  shunday  deb  aytdi:  “Ey  akalarim-a,  biz 
hammamiz  issiq  jonimizga,  jasadimizga  g‘oyat  bog‘lanib 
qolganmiz.  Shunday  qilib,  qayta  biron  jonzodga  foyda 
yetkazgali  dono  fikr,  ko‘rar  ko‘zimiz  yo‘q,  xolbuki,  andog‘ 
biror  ulug‘,  mehribon  ko‘ngilli,  qutli  odamlar  azaldan  o‘z 
jasadlarini  fido  qilib,  jonzodlarga  foyda  keltiradilar”,  –  deb 
aytdi. 
Bu gaplarni akalariga so‘zlab, keyin o‘z ko‘nglida shunday 
deb o‘yladi: “Axir bu mening et-o‘zim  yuz ming zamonlardan 
beri  foydasiz  necha-necha  chiridi.  Hech-da  etli  bo‘lmay, 
qanday  bo‘lsa  ham,  foydaga,  manfaatga  yaramadi.  Qanday 
qilib, 
bugungi 
kunda 
bunday 
kerakli, 
ishlatadigan, 
foydalanadigan  o‘rnini  topib,  bu  xildagi  chirkin,  keraksiz  et-
o‘zimni,  qoqilgan,  tashlangan,  manqayu  tupukday,  fido  qilib, 
qurbon  qilib,  tashlab,  bu  bechora,  nochor,  och  barsga  qanday 
qilib  haloskoru  panoh  bo‘lmayman”,  –  deb  shu  tarzda  o‘ylab, 
akalari  bilan  so‘zlashgulik  jasoratini,  qo‘rqinchini  tiyib,  o‘sha 
bars  tepasida  o‘zgacha  mehrlari  uyg‘onib,  afsuslandilar, 
achindilar.  Shunday  qilib,  ularning  orasida  yig‘ladi.  Yana 
Maxasatvi  tigin  o‘sha  barsning  ochligini,  oriqligini,  emgagini, 
azobini  aniq  ko‘rib,  yoniga  yaqinlashib,  ko‘zini  undan  uza 
olmay,  anchagacha  tikilib  qarab  qoldilar,  so‘ngra  boshqa 
tomon  yurib  ketdilar.  So‘ngra  o‘sha  paytda  Maxasatvi 
bo‘disatv ketayotib, shunday deb o‘yladi: “Shu chog‘da menga 
yuzlanib,  et-o‘zimni,  issiq  jonimni  fido  qiladigan,  qurbon 
qiladigan vaqt to‘qnash keldi. Nima uchun desa-kim: 
Men almisoqdan beri bu chirik, sassiq qonli, yiringli, 
mehrsiz, mardud, jirkanch jasadga shunchalik inondim.  
Osh-ichgu, kiyim-kechak, o‘rin-to‘shak, otu fil, aravayu 
ulov, 
duru javohir, mol-mulkka topindim. 


 
339
Aynimoq, buzulmoq qonuni tufayli 
azal-azaldan aynidi, buzuldi. 
Hech-da bu et-o‘zni kuyib, asrab 
avaylab saqlab aynitmaslikni uddalay olmadim. 
Har qancha qattiq qonib tarbiyalasam ham 
qoldi yovuz dushman rusmini tutib, 
qayta meni tark etib, qovushib, 
sevinchsiz bebahra qildi mening kuchimni.  
Uning bilan shunday bilmish kerak: “Et-o‘z mavjud bo‘lsa, 
beqaroru,  o‘tkinchi  turur.  Jonga  yana  foydasizlig‘i  uzra  yovuz 
dushmanday qo‘rqinchli erur. Jirkanch, kirligi, nopokligi bilan, 
axlat hosilasini ajratadi. Shuning uchun men bugungi kunda bu 
et-o‘zimni  fido  qilib,  ajoyib,  ulug‘  amalni  qilayin.  Sansar 
dengizu  daryosi  ichida  sol-kema  bo‘layin.  Tug‘ulmoq, 
o‘lmaklik  taqdiridan  tashqariga  tortib  chiqarayin”,  –  deb 
o‘yladi.  Yanayoq,  shunday  deb  o‘yladi:  “Agar  birgina  bu  et-
o‘zimni  qurbon  qilsam,  keyin  son-sanoqsiz  gunohlarni, 
shishniyu  bezni,  yiringu  qonni,  dardu  og‘riqni,  qo‘rqinchni, 
xavfni  –  barchasini  qurbon  qilgan,  tark  etgan  bo‘lurmen. 
Tag‘in-da  bu  et-o‘z  mavjud  bo‘lsa,  o‘ttiz  olti  xil  nopokliklar 
bilan  to‘la,  suv  yuzidagi  ko‘pikday  beqaroru  omonat,  barcha 
qurtlarning,  qo‘ng‘izlarning  to‘planadigan  joyi,  qonning, 
yiringning  o‘rnashadigan  yeri;  pay  bilan,  tomir  bilan 
chirmalgan  suyaklar  bo‘g‘in  orqali  tutashgan.  Shuning  uchun 
menga tegishli bu et-o‘zimni qurbon qilib,  benuqson oliy ezgu  
Abamulug‘ 
abadiy 
nirvanni 
tilagulik, 
diltangligu 
parishonxotirlik,  mehnat  va  tashvishni  bir  yo‘la  tarqatish, 
tug‘moq-o‘lmaklik qismatini ta’sirsizlantirish, nafsoniy aloqani 
uzgulik,  ruhiyatning  bilim  kuchini  kuchlantirgulik,  to‘la 
tugallikka erishish, ezgulikni o‘ksigsiz bitirgulik, yuz yorug‘lik 
harakatini  qilishlik,  tugallik  ilmining  tubiga  yetishlik,  hamma 
burxonlar  qoshida  madh  etilgan  muqaddas  shar’iy  et-o‘zni 
shohid  qilishlik,  butun  besh  olam  jonivorlarining  avlodini 
shari’at  zakoti  yo‘rig‘ida  ko‘rsatgulik”,  –  deb  shunday  ayirib-


 
340
saralab  o‘ylab,  so‘ngra  Maxasatvi  tigin  o‘tkir  hayajon  bilan 
turib, ulug‘ orzularga cho‘mib, ko‘ngliyu ko‘ksi ravshanlashib, 
o‘sha  ikki  akasini  ko‘ngliga  solib,  har  holda  ular  ham 
anglasalaru,  o‘ngarsalar  (deb  o‘yladi).  So‘ngra  hurkib, 
xavfsirab,  qarshilik  qilib:  “tilagan  orzumni  qondirmaydi”,  – 
deb  o‘ziga  kelib,  so‘ngra  ikki  akasiga  ozgina  oldinga  yurib 
tursinlar,  men  yuraverib  juda  toliqdim,  deya  o‘tinib,  akalarini 
jo‘natib, Maxasatvi tigin o‘zi orqaga qaytib, o‘sha ariqqa kirib, 
och  barsning  tepasiga  borib,  shoshila  kiyimlarini  egilgan 
qamish  butog‘iga  osib,  shunday  deb,  (ko‘ngil  tubida)  qattiq 
saqlanayotgan  so‘zlarini so‘zladi [ya’ni:  niyatlarini aytdi; duo 
qildi, duosini so‘zladi]: 
“Men endi to‘lib, sansardagi jonivorlar uchun 
eng oliy ezgu burxon xohish-irodasini, 
har  xil  xayollarga  berilmay,  ulug‘  yorlaqag‘uchi  ko‘ngil 
berib, 
bu  mening  suyukli-qadrdon  et-o‘zimni  fido  qilaman, 
qurbon qilaman. 
Buzilmas mustahkam burxon qutini [saodatini] tilayman- 
kim, (u) barcha donolarga sevikli, maqbul(dir). 
Uch nav o‘rinda mavjud bo‘lgan, emgak dengizidagi (g‘arq 
bo‘layotgan) 
jonzodlarni 
yuqori 
tortib, 
xalos 
qilib, 
tinchlantirayin”,  –  deb  aytdi.  O‘sha  chog‘da  tigin  shunday 
so‘zlarni aytib, o‘sha och bars oldiga uzala yotdi. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish