Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Mazmuni 
Muqaddima 
[B i l g a     x o q o n     s o ‘ z i ]: 
                                                
1
 Bu so‘zni boshqa nashrlarda Buqaraq deb o‘qiganlar. 
*
  Toshning  xitoycha  yozuvli  yog‘idagi  ushbu  turkiy  matn 
mazmuni  bitigning  asosiy  qismiga  to‘g‘ri  keladi.  U  Bilga  xoqon 
tilidan  so‘zlanmoqda.  U  qayerdan  olingani  aniq  bolmagani  uchun 
shu o‘rinda keltiramiz.
 


 
309
Ka 
(1) Ko‘kday (ulug‘vor) Tangridan (inoyat) topgan [ya’ni 
Tangrining inoyatiga erishgan / Tangrining inoyati bilan] turk 
[ya’ni  bahodir]  Bilga  xoqon  bu  taxtga  o‘tirdim.  So‘zimni 
tugal  eshitgil  ketimdagi  ini,  jiyanim,  o‘g‘lonim,  ittifoq, 
urug‘im,  xalqim, o‘ngdagi shadapit beklar, chapdagi tarxanlar, 
buyruq  beklar,  o‘ttiz  ......(2)  to‘qqiz  o‘g‘uz  beklari,  xalqi,  bu 
so‘zlarimni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla.  
Oldinga  –  kun  chiqarga,  o‘ngga  –  janubga,  orqaga  –  kun 
botarga,  chapga  –  shimolgacha  bo‘lgan  oraliqdagi  xalq 
butunlay  menga  qaraydi.  Shuncha  xalqni  (3)  shod  etdim.  U 
endi  yovuz  emas.  Turk  xoqoni  O‘tukan  yishda  tursa,  elda 
tashvish yo‘q.  
Sharqqa  –  Shantung  dashtiga  qadar  lashkar  tortdim, 
dengizga  bir  oz  yetmadim.  Janubga  –  To‘quz  arsanga  qadar 
lashkar  tortdim,  Tuputga  bir  oz  yetmadim.  G‘arbga  –  Yinchu 
o‘guzni  (4)  kechib,  Temir  qopiqqa  qadar  qo‘shin  tortdim. 
Shimolga  –  Yer  Bayirqu  yerigacha  qo‘shin  tortdim,  shuncha 
yerga  qadar  yurish  qildim.  O‘tukan  yishda  yaxshi  hokim  yo‘q 
ekan.  Elni  tutg‘uchi  yer  O‘tukan  yish  ekan.  Bu  yerda  o‘tirib, 
tabg‘ach xalqi bilan (5) murosa qildim.  
Oltin,  kumush,  ichkilik,  ipakni  son-sanoqsiz  berayotgan 
tabg‘ach  xalqi  so‘zi  shirin,  ipakligi  nafis  ekan.  Shirin  so‘zi, 
nafis  ipakligi  bilan  avrab,  yiroq  xalqni  shunday  yaqinlashtirar 
ekan. Yaqin bo‘lgandan so‘ng yovuz bilimini u yerda ko‘rsatar 
ekan.  (6)  Yaxshi,  dono  kishini,  yaxshi,  bahodir  kishini  tinch 
qo‘ymas  ekan.  Biror  kishi  adashsa,  urug‘i,  xalqi,  uyi-
yopinchig‘igacha qo‘ymas ekan. Shirin so‘ziga, nafis shoyisiga 
aldanib, ko‘p turk xalqi, o‘lding. Turk xalqi, ayriming janubga 
Chug‘ay  yish,  To‘g  altun  (7)  dashtiga  manzil  qilay  desa,  turk 
xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: 
yiroq bo‘lsa,  yomon ipaklik berur,  yaqin bo‘lsa,  yaxshi ipaklik 
berur,  deya  shunday  pishiqlar  ekan.  Bilimsiz  kishi  u  so‘zni 
olib, [o‘sha gapga inonib] yaqin borib, ko‘p kishi o‘lding. (8) U 


 
310
yerga  borsang,  turk  xalqi,  o‘lajaksan.  O‘tukan  yerda  turib 
karvon  yuborib  tursa,  hech  bir  tashvish  yo‘q.  O‘tukan  yishda 
turilsa,  mangu  elni  tutib  turajaksan.  Turk  xalqi,  to‘kis 
ishonuvchisan.  Sodda  bilan  ayyorni  ajratmaysan.  Bir 
tutoqsang, soddani ham ayamaysan. O‘shandayliging (9) uchun 
(seni)  ardoqlagan  xoqoningning  so‘zini  olmayin  har  yerga 
tarqab  ketding.  U  yerda  xo‘p  g‘oyib  bo‘lding,  badar  ketding. 
O‘shandan  qolganing  har  yerda  xo‘p  o‘lib-tirilib  yurar  eding. 
Tangri  yorliqagani  uchun,  qobiliyatim,  baxtim  bor  uchun 
xoqon  bo‘ldim.  Xoqon  bo‘lib,  (10)  yo‘q,  qashshoq  xalqni 
butunlay  oyoqqa  qo‘ydim.  Qashshoq  xalqni  boy  qildim,  oz 
xalqni ko‘paytirdim. Yoki bu so‘zimda yolg‘on bormi?  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish