Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Erändiz,  Saratonni  Qučïq  yoki  Saratan,  Asadni  Arslan
Sunbulani Buğdaybašï, Mezonni Ülgü, Aqrabni Čadan, Qavsni 
Ya, Jadiyni Oğlaq, Dalvni Könäk, Hutni Balïq deb atagan. 
Burjlarning ayrimlari ikki xonali (juft), ayrimlari bir xonali 
(toq).  
Yusuf  Xos  Hojib  burjlarning  joylashish  o‘rni  va  ketma-
ketligini  quyidagicha tasvirlaydi: Qo‘zi – ko‘klam burji, so‘ng 
Ud keladi. Erandiz yulduzi Quchiq bilan yaqindir. Arslon bilan 
Bug‘doyboshi  qo‘shnidir.  Ulgu  esa  Chadan  va  Yoy  bilan 
eshdir.  So‘ng  O‘g‘laq,  Ko‘nak  va  Baliq  burjlari  keladi,  bular 
tug‘sa, osmon yorishadi. 
Bularning uchi ko‘klamgi burj, uchi yozgi, uchi kuzgi, uchi 
qishki  burjdir.  Yusuf  Xos  Hojib  olamning  yaralishiga  asos 
bo‘lgan  to‘rt  unsurni  ana  shu  burjlarga  bog‘laydi.  Uning 
ta’kidlashicha,  burjlarning uchtasi o‘t, uchtasi suv, uchtasi yel, 
uchtasi esa tuproq bo‘ldi. Olam (ažun) va el shulardan yaraldi. 
Ularning biri boshqasiga yovdir. Bu o‘rinda: “o‘t – suv”, “el – 
tuproq”  qarama-qarshiligi  nazarda  tutiladi.  Shundan  olamning 


 
226
yaralishidagi ziddiyat qonuni yuzaga chiqadi. Shiorning badiiy 
talqiniga ko‘ra, Tangri yovga yovni yo‘lladi (davosini qildi) va 
o‘rtadagi  adovatni  kesdi.  Buning  oqibatida  qorishmaydigan 
yovlar  o‘zaro  yaqinlashdi,  ko‘rishmaydigan  yovlar  orasidan 
o‘ch ko‘tarildi. 
Faylasuf  to‘rt  unsur  birligini  yer  va  ko‘kdagi  jismlarda 
ko‘radi.  Dostonga  kiritilgan  maktublarning  biridagi  hamdda 
shunday deyilgan: 
Yašïl kök törütti, kötürdi eiz, 
 Kün, Ay birlä yulduz bezädi beiz. 
Quïsï yağïz yer yašïl suw bilä, 
Örüsi süzüg yel üzä ot bilä. 
(Mazmuni: Yashil ko‘kni yaratdi, yuqori ko‘tardi, 
Kun, Oy, yulduzlar bilan suratini bezadi. 
Quyisi kulrang yer bilan yashil suvdan iborat. 
Yuqorisi  suzuvchi  yel  bilan  o‘tdan  iborat.)  (QB.3659–
3660). 
Yusuf  Xos  Hojibning  ta’kidlashicha,  evran  [ya’ni,  falak] 
doim evriladi [muttasil aylanadi], tezginch [ya’ni, Yer kurrasi] 
tezginadi [charx urib turadi]. Muallif Allohga hamd o‘qir ekan, 
yozadi: 
Yarattï, kör, ewrän tučï ewrülür, 
Anïŋ birlä tezginč yemä tezginür.  
(Falakni yaratdi, ko‘rgin, doim aylanadi, 
Uning bilan charx ham charx uradi.) (QB.122). 
Yoki boshqa bir o‘rinda Tangrini alqab, “Doim aylanuvchi 
bu falakni yaratdi” (Törütti bu ewrän tučï ewrülür) deydi shoir 
(QB.3155). 
Buning  bilan  falakning  aylanishi,  Yer  kurrasining  tinimsiz 
harakatda  ekaniga  ishora  etiladi.  Koinot  atamalari  ham  o‘z 
harakati va holatiga nisbat berib yasalgan: ewrän hamda ewrül
(aylan-) so‘zlari o‘zakdosh, tezginč so‘zi esa tezgin- (charx ur-) 
fe’lidan yasalgan.  


 
227
Shu  o‘rinda  muhim  bir  masalaga  e’tibor  qaratsak.  Yusuf 
Xos Hojib Oyni ta’riflar ekan, uning tinimsiz harakatda ekanini 
alohida ta’kidlaydi. Oyning ta’rifi asar qahramonlari Kuntug‘di 
elig  bilan  vazir  Oyto‘ldi  suhbatida  yaxshi  ochib  berilgan. 
Oyto‘ldi deydi: 
Bu Ay ornï boldï ewi munqalïp, 
Orunsuz bolur munqalïp näŋ qïlïp. 
Bu Ay burjï Saratan, bu ew ewrülür, 
Ewi ewrülür ham özi čewrülür. 
Qayu ewkä kirsä, bu Ay terk čïqar, 
Čïqarï üčün terk batarïn yïqar.  
(Bu Oyning o‘rni o‘zgaruvchan uydir, 
U o‘zgaruvchan harakat qilib, o‘rinsiz bo‘lib qoldi. 
Oyning burji Saratondir, bu uy doim aylanadi. 
Uyi aylanadi, shuning uchun o‘zi ham charx uradi. 
Qaysi uyga [burjga] kirmasin, bu Oy tez qaytib chiqadi, 
Chiqish  uyi  bo‘lgani  uchun,  botgan  uyini  tez  tark  etadi.) 
(QB.728–730). 
Oyto‘ldi, o‘z otining ma’nosini izohlar ekan,  sifatini Oyga 
mengzaydi: 
Bu Ay tuğsa, ašnu ei az tuğar, 
Küningä beüyür, yuqaru ağar. 
Tolun bolsa, tolsa ažunda yarar, 
Ažun xalqï andïn yaruqluq bulur. 
Tügäl bolsa, kör, Ay bu ağsa eiz, 
Yana erlü törčir, ketär körk meŋiz. 
Yaruqluqï eksür, yana yoq bolur, 
Tuğar kečä aïn yana-oq tolur.  
(Mazmuni: Oy tug‘ilganda, boshlab juda kichik tug‘iladi, 
So‘ng kundan-kun ulg‘ayadi, yuqori ko‘tariladi. 
To‘lin bo‘lsa, to‘lsa, olamni yoritadi, 
Olam xalqi undan yorug‘liq topadi. 
Oy tugal to‘lishib, eng baland ko‘tarilsa, ko‘rgin, 
Yana yemirilib, kamaya boradi, yuz chiroyi ketadi. 


 
228
Yorug‘lig‘i kamayadi, yana yo‘q bo‘ladi. 
Qayta tug‘ilgach, keyin yana to‘lishadi.) (QB.716–719). 
Yusuf  Xos  Hojibning  ta’rificha,  Oy  harakatda  bo‘lgani 
uchun  yorug‘lig‘i  o‘zgarib  turadi.  “Kun  bilan  yuzma-yuz 
kelganda  to‘lishadi”  (Yašïq  birlä  otru  baqïšsa,  tolïr)  deya 
ta’kidlaydi shoir (QB.133). 
Alisher  Navoiy  “Saddi  Iskandariy”da  Ollohga  ham  o‘qir 
ekan, Oyning harakatini shunday ta’riflagan edi:  
Yana birni sāz äylädiŋ turfa dayr, 
Anïŋ sākinïn äylädiŋ tez sayr. 
Barïdïn itigräk xirāmï anïŋ, 
Vale tegmäyin yergä gāmï anïŋ. 
Manāzilğa bāt-bāt qïlïp intiqāl, 
Atïn gah etip Badru gahi Hilāl.  
(Yana  bir  falakdan  ajoyib  butxona  yaratib,  uning 
yashovchisini  sargardon  qilding.  Uning  yurishi  barcha 
sayyoralardan  shu  qadar  tezki,  uning  oyog‘i  yerga  ham 
tegmaydi.  Manzilini  tez-tez  o‘zgartirib  turadi,  otini  ham  goh 
Badr  [to‘lin],  goh  Hilol  [yangi  chiqqan  Oy]  deb  o‘zgartirib 
turadi) (SI.15).   
Yana  “Qutadg‘u  bilig”ga  qaytamiz.    E’tiborlisi,  asarda 
ayrim  yulduzlar  to‘g‘risida  so‘z  ketganda  ular  yurïr  (yuradi) 
deb ta’riflanadi. Buning bilan ularning harakati bildiriladi. 
Endi  muallifning  koinotdagi  boshqa  bir  jism  –  Kun  va 
uning  holati  bilan  bog‘liq  fikrlariga  e’tibor  qaratamiz.  Asar 
qahramoni  Kuntug‘di,  o‘z  ismining  ma’nosini  izohlar  ekan,  
sifatini Kunga o‘xshatadi. Shu o‘rinda Kunni ta’riflab, deydi:   
Bu Kün burjï Arslan, bu burj tebrämäs, 
Ewi tebrämäsä üčün artamas (QB.819). 
(Mazmuni:  Bu  Kun  burji  Arslon  [ya’ni  Asad]dir,  bu  burj 
tebranmaydi, 
Uyi  [ya’ni  burji]  tebranmaydi,  shuning  uchun  o‘zi  buzilib 
kamaymaydi.)  


 
229
Yusuf  Xos  Hojibning  ta’rifiga  ko‘ra,  Kun  qo‘zg‘almasdir. 
Kun  burji  barqaror,  turg‘undir.  “Kün  burjï  sabit  turur  (Kun 
burji  sobit  turur)”  deb  ta’kidlaydi  olim  boshqa  bir  yerda 
(QB.818). Shuning uchun doim birday yorug‘liq sochib turadi.  
Boshqa  bir  yog‘i,  muallifning  ushbu  fikrlari  asosida  katta 
bir masala turibdi. Bu jumboqni shunday tushuntirish mumkin: 
Falak  va  Yer  doimiy  harakatda.  Kun    markazda  turadi,  u 
turg‘undir. Yer esa uning tevaragida aylanadi. Bu fikrlar ulug‘ 
olimning  dunyo  va  uning  tuzilishi  to‘g‘risidagi  falsafiy 
qarashlarining asosini tashkil etadi.  
Ma’lumki, 
N. 
Kopernikning 
olamning 
aylanishi 
to‘g‘risidagi  qarashlari  yuzaga  chiqqunga  qadar,  butun  G‘arb 
astronomiya  ilmi  geotsentrik  nazariya  ta’sirida  yashar  edi.  U 
“Er  emas,  Quyosh  markazda  turadi,  Yer  esa  uning  tevaragida 
aylanadi”,  deganida  boshda  afkor  ammasi  uni  qo‘llab-
quvvatlamadi.  Keyinchalik,  ilmiy  haqiqat  tan  olindi  va  uning 
qarashlari  fanning  ulug‘  kashfiyotlari  qatoridan  o‘rin  oldi. 
Hozirgi  zamon  astronomiya  ilmida  bu  kashfiyot  uning  nomi 
bilan  bog‘lanmoqda.  Vaholanki,  bu  fikrni  N.  Kopernikdan 
ancha burun ulug‘ mutafakkir Yusuf Xos Hojib aytib turibdi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish