Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti jahon siyosati kafedrasi



Download 1,14 Mb.
bet3/4
Sana24.01.2017
Hajmi1,14 Mb.
#1051
1   2   3   4

Xulosa qilib aytish mumkin, Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan Misr va Suriyada parlament institutini shakllanishi, rivojlanish tarixi va bugungi holatini tahlil etishda bir qator umumiy jihatlarni kuzatish mumkin:

Birinchidan, ikki davlat tarixan Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lib, XX asr boshlariga qadar yarim feodal holatida bo‘lishgan. Mamlakatda zamonaviy parlament institutining shakllanishi esa Birinchi jahon urushidan keyingi davrga borib taqaladi va mazkur jarayonda g‘arb tajribasining kuchli ta’sir ko‘rsatganligin kuzatish mumkin;

Ikkinchidan, Misrda parlament instituti shakllanishini Suriyaga qaraganda oldinroq shakllangan. Zamonaviy ko‘rinishdagi parlament institutini rivojlanishini Misr va Suriyada uch boqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich ikkita jahon urushi oralig‘idagi davrni qamrab oladi. Asosiy xususiyat g‘arb davlatlari protektorati ostida parlament shakllanadi. Ikkinchi bosqich, Ikkinchi jahon urushidan so‘nggi davrdan to XXI asr boshlariga qadar. Misr va Suriya bu davrda haqiqiy mustqilligini qo‘lga kiritadi va mamlakatlarda kuchli prezidentlik instituti shakllanadi, milliy parlament tashkil etiladi. Uchinchi bosqich zamonaviy davrga oid bo‘lib, davlatlarda boshlangan tartibsizliklar oqibati siyosiy boshqaruvni liberallashtirish va prezident vakolatlarini hokimiyatning boshqa organlari, jumladan, parlament bilan muvozanatga keltirish kabi siyosiy o‘zgarishlar jarayonini qamrab oladi.
2.2. Eron Islom Respublikasi parlamentining rivojlanish xususiyatlari
Eron Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan davlat. Hududi 1.65 mln kv km.ni tashkil etadi,ulkan energetik resusrlarga ega mamlakat. Mamlakatda jahon neft zaxirasining 9%i mavjud1. Mamlakat 31 ta provinsiyalardan iborat, ular 282 tuman (shaxriston)ga bo‘linadi. Provinsiya va tuman gubernatorlari ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi va prezident tomonidan tasdiqlanadi. Eron bugungi kunda mintaqadagi murakkab davlat qurilish mexanizmiga ega. Bir vaqtning o‘zidan diniy hokimiyat Rahbar va Prezidentlik mansablari mavjud.

Eron Islom Respublikasida parlament rivojlanishi 1906 yildagi mamlakat Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan bog‘liq. Birinchi Eron konstitutsiyasi ikki qismdan iborat: 1906 yil qabul qilingan Asosiy qonun va 1907 yil Asosiy qonunga Qo‘shimcha1. Konstitutsiyada Eron Konstitutsion monarxiya deb e’lon qilingan. Eronda 1906-1979 yillarda faolyati yuritgan parament ikki palatali bo‘lgan: qonunchilik palatasi va senat. 1979 yilgi inqilob natijasida Senat faoliyati taqiqlangan va parlament bir palatali etib belgilangan. 1911 yilda “Yalpi saylovlar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, qonunda bugungi kungacha amal qilinadigan saylov tizimiga asos solingan: barchaga proporsional tizimga asoslangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin saylov huquqi berildi, mulki senzi olib tashlandi.

1963 yil ayollar ham saylash huquqini qo‘lga kiritdi. 1963 yil 6 oktyabrda Eron tarixida ilk bor ayol deputatlardan iborat 21chi chaqiriq o‘z faoliyatini boshladi. Jamiyat va davlat siyosiy hayotidagi mazkur o‘zgarishlarga qaramay 70 yil davomida Eron Konstitutsiyasiga keskin o‘zgarishlar kiritilmadi, faqatgina shoh vakolatlari kengaytirish munosabati bilan tuzatishlar kiritildi. Shu bilan birga konstitutsiyaning ayrim moddalarida belgilangan me’yorlarlarga amal qilinmadi. Konstitutsiyaning 2-moddasida belgilangan, mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlarning shariatga mosligini nazorat qiluvchi besh ulomadan iborat Qo‘shimcha Kengash tashkil etilmadi. 1978 yilga kelib shoh Ayatolloga Shariatmodari tashkil etib, mazkur Kengashga rahbarlik qilishni taklif etdi. Shu bilan birga shox parlamentni tarqatib yuborish vakolatini o‘zida saqlab qoldi, uning qonun ijodkorlik faoliyati nazoratga olindi.

1979 yil 11 fevralda monarxiya ag‘darilganidan so‘ng davlatning kelgusi tuzilishi borasidan referendum o‘tkazildi. Referendum natijalariga ko‘ra Eron 1979 yil 1 aprelda Islom respublikasi deb e’lon qilindi. 1979 yilda Konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiya mamlakatning dini asosda tashkil etilishining asosiy jihatlarini aniq belgilab berdi. Konstitutsiya islom tamoyillarining ustivorligini nafaqat qonunchilik, ijroiya va sud hokmiyatlari faoliyatida, balki islom ruhoniylarining davlatning barcha strukturalaridagi ustivorligini belgilab berdi. Davlat boshlig‘i Rahbar bo‘lib, u umummiqyosda tan olingan fiqhshunos bo‘lishi ham zarur.

Rahbar siyosiy jihatdan keng vakolatlarga ega bo‘lib, hokimiyatning barcha tarmoqlarini nazorat qiladi1:


  • davlat ichki va tashqi siyosatini belgilab beradi;

  • sud hokimiyati raisini tayinlaydi;

  • qurolli kuchlar va ichki qo‘shinlar oliy bosh qo‘mondoni hisoblanadi;

  • Islom inqilobi himoyachilari Korpusi oliy bosh qo‘mondoni sanaladi;

  • xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin ovoz berib saylangan mamlakat Prezidentini tayinlangani to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi;

  • nazorat kengashidagi olti fiqxshunoslarni tayinlaydi;

  • urush e’lon qilish va tinchlik shartnomasini tuzish vakolatiga ega;

  • amnisiya e’lon qiladi;

  • sud hokimiyati taklifi bilan hukm qilinganlarning hukmini yengillashtiradi.

Inqilobdan keyin rahbar lavozimiga umrbod imom Xumayni saylanadi. 1989 yil uning vafotidan so‘ng Ayatullo Said Ali Xumanayni Ekspertlar Kengashi tomonidan saylangan. Ekspertlar Kengashi davlatning oliy organi bo‘lib, 8 yilga saylanadigan 86 a’zodan iborat. Amaliyotda rahbarning davlat ishlariga ta’siri bevosita uning devonxonasi tomonidan amalga oshriladi. Rahbarning Konstitutsion vakolatlari prezidentni nazoart qilish va uning faoliyatini anyna takrorlish imkoniyatini beradi.

Eron konstitutsiyasiga binoan mamlakatda Rahbardan so‘ng oliy o‘rinnning Prezident egallaydi. Prezident mamlakatda ijroiya hokimiyatiga egalik qiladi. 1989 yilgi konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarda Bosh vazir lavozimi tugatildi1.

Prezident davlat rahbari sifatida rasmiy darajada Eron nomidan xorijiy davlatlar bilan aloqalar olib boradi. 1997 -2005 yilllarda mamlaktda Muxammad Xotami prezidentlik lavozimini egallab keldi. Ta’kidlash lozimki Eronda saylov to‘g‘risidagi qonunga binoan prezident 4 yil muddatga bevosita xalq tomonidan saylanadi, ikki marta saylanish vakolatiga ega. 2005 yil may oyida o‘tkazilgan saylovda M. Axmadinajot g‘alaba qozonadi. 2005 yil 24 iyundan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda.

Eronda qonunchilik hokimiyatining oliy organi bir palatali, 290 o‘ringa ega parlament – Majlis (Madjlese shourae islami). Parlamentda deputatlik o‘rinlari aholining o‘sishiga qarab har 10 yilda oshirib boriladi (1980 yil 270ta o‘rin mavjud bo‘lgan). Parlamentda deputatlar 4 yil muddatga halq tomonidan saylanadi. Parlamentdagi o‘rinlar shaharlar va ma’muriy birliklardagi aholi soniga qarab proporsional tarzda taqsimlanadi. Texron 37 o‘ringa, Xuroson 25 o‘ringa, G‘arbiy Ozarbayjon 24 o‘ringa va Isfaxon 18 o‘ringa ega. Qaror qabul qilish uchun deputatlar sonining 2/3 nisbatdagi kvorum zarur. Hozirda Eronda 2012 yil 2 martda saylangan parlamentning 9 chaqirig‘i faoliyat yuritmoqda2. Parlament Prezident tavsiya etgan Vazirlar Kengashi tarkibini tasdiqlaydi, shu bilan “ishonsizlik” votumiga. Agar parlament hukumatga yoki biror bir vazirga ishonchizlik bildirsa, u albatta iste’foga chiqishi zarur hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, Eron parlament o‘z tarixida ilk 2012 yil 14 martda Prezident M.Axmadinajotni ayrim masalalar bo‘yicha so‘roq qilish uchun parlamentga chaqirtigan. Bunda asosiy masalalar mamlakat diniy rahbari Said Ali Xumanayni bilan munosabatlaring sovuqlashishi, iqtisodiy va tashqi siyosat masalalari bo‘ldi1.

Eronda saylov tizimining o‘ziga xos shakli shakllangan. Parlment uchun o‘tkaziladigan nomzodlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va Nazorat Kengashi tomonidan nomzodlar qayta tekshiriladi2.

2007 yildan buyon mamlakat 207ta saylov okruglariga bo‘lib chiqilgan. Okruglar geografik asosida amalga oshirilgan, bunda ovozlar soni ham hisobga olingan. 202 saylov okruglari musulmonlarga tegishli va 5 tasi boshqa din vakillari istiqomat qiladigan joylarda tashkil etilgan okruglar hisoblanadi. Parlament 4 yil muddatga saylanadi va saylangan kunidan uch oy ichida qamasyodni amalga oshirishi lozim. Harbiy holat vaqtida saylovlar muddati prezident taklifi, parlamentning ¾ ovozi va Nazorat Kengashining maqullashi bilan muyyan vaqtga ortga surilishi mumkin. Agar saylov okruglarida nomzodlar 25% ovoz olmasalar, to‘rt xavfta ichida saylovning ikkinchi raundi o‘tkaziladi. Maboda saylangan parlament deputati olamdan o‘tsa, bo‘shatilsa Ichki ishlar vazirligi uning saylov okrugida 7 oydan kechiktirmasdan saylov o‘tkazadi. Hech bir nomzod ikki yoki undan ortiq saylo okruglarida o‘z nomzodini qo‘yish huquqiga ega emas. mazkur holat yuz bersa, nomzodning saylovda ishtiroki bekor qilinadi3.

Saylovlarda ishtirok etishish uchun nomzodga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:



  • Eron fuqarosi bo‘lishi zarurligi;

  • Magistr darajasiga ega bo‘lishi;

  • Konstitutsiyaga sodiq va islom Respublikasining tarafdori bo‘lishi;

  • E’tifodli musulmon bo‘lishi (yoki bororta Erondagi diniy ozchilik vakili);

  • Nomzod o‘zini obro‘sizlantiradigan xatta-xarakat qilmagan bo‘lishi;

  • Sog‘lom bo‘lishi va 30-75 yoshgacha yosh senzi belgilangan1.

2008 yil 14mart va 25 aprelda ikki raundli saylovlarda parlamentda 165 ta deputatlik o‘rinni konservatorlar (67.2%), 51 tani (17.9%)reformatorlar qo‘lga kiritgan2.

Ma’lumki, 2012 yil 2 mart kuni Eronda 9 chaqiriq uchun parlament saylovlarining birinchi raundi o‘tkazildi. Ikkinchi raundi 2012 yil 4 mayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur saylovda ishtirok etish uchun 5000 nomzodan ro‘yxatdan o‘tgan biroq ularning 1/3 qismi Nazorat Kengashi tomonidan sayloda ishtirok etishi bekor qilindi. Jami 3400ta nomzodlar mamlakatning 31 provinsiyasida 290ta deputatlik o‘rni uchun kurash olib borishadi. Bu asosan ikki partiyalar guruhi konservatorlar va reformatorlar o‘rtasida saylov kurashi ketmoqda3. 2012 yil 2 martdagi saylovning birinchi raundida konservatorlar 63,5 %, reformatorlar 26,2 % va kichik diniy birliklar 6.5% duputatlik mandatini qo‘lga kiritishdi.

Konservator guruhiga quyidagi partiyalar va harakatlar birlashgan:

1. Birlashgan Konservatorlar Fronti (BKF). Koalisiya 2008 yil 12 yanvarda tashkil etilgan, 2012 yil 6 yanvarda qayta shakllantirilgan. Yetakchisi Ali Lorijoni.

2. Barqaror islom inqolobi fronti (BIF). Hukumat faoliyati qarshilik bildirish uchun tashkil etilgan. Ilgari uning rahbari Eron Prezidenti Maxmud Axmadinajot bo‘lgan, hozirda G‘ulom Xusayn Ilxom.

3. Adolat partiyasi. Prezident M.Axmadinajot tarafdorlari guruhidan, sobiq tashqi ishlar vaziri M.Mottaki yetakchiligi faoliyat yuritmoqda.

4. Xalq ovozi. Harbiy Muxsin Rizo tomonidan tashkil etilgan.

5. Islom uyg‘onish fronti (IUF). Shaxaxab ad-Din Sadr partiya yetakchisi.

Reformatorlar ittifoqiga quyidagi partiyalar va harakatlar birlashgan:

1. Reformatorlaring Demokratik Koalisiyasi. (RDK). Yetakchi: Mustofa Xavoqbiyan.

2. Mehnat Koalisiyasi (LP). Yetakchi: Xusayin Kamoli.

3. Mo‘’tadil islohotchilari (MI); Yetakchi: Ali Mutahari.

Qonunchilik hokimiyatining yuqori palatasi va Konstitutsion nazorat vazifasini bajaruvchi Nazorat Kengashi (Shourae negaxban, Guardian Council, Nablyudatelniy Sovet) mavjud. Nazorat Kengashi 12 a’zodan tashkil topgan bo‘lib, Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarning islom va konstitutsiyaga muvofiqligi tekshirilib boriladi. Nazorat Kengashining 12 a’zosidan 6 nafari fiqixshunoslik bo‘lib, bevosita rahbar tomonidan tayinlanadi, qolgan a’zolar parlament tomonidan sud hokimiyati rahbari tomnidan ko‘rsatilgan nomzodlardan saylanadi. Nazorat Kengashi a’zolari 6 yilga saylanadi. Har uch yilda har ikki guruh a’zolarining yarmi qayta saylanadi. Parlament tomnidan qabul qilingan har qanday qonunlarni 10 muddat ichida Nazorat Kengashi ko‘rib chiqadi, kengashning rozilik qarori bilan kuchga kiradi. 1980 yilllarda parlament va Nazorat Kengashi o‘rtasidagi kelishmovchilik sababali birorta qonun qabul qilinmagan edi. Natijada 1989 yil Xumayni tomonidan hokimiyat strukturasi tizimida Muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengash (Madjma-ye tashxise maslaxate nezam)ni tashkil etdi, u Nazorat Kengashi va parlament o‘rtasidagi kelishmovchilikni hal etish vazifasini bajaradi. Muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengashning doimiy va nodoimiy a’zolari Rahbar tomnidan tayinlanadi1.

Eronda palament institutining shakllanishida siyosiy partiyalar ham faol rol o‘ynashadi. Mamlakatda inqilob yuz berganidan so‘ng shox davrida taqiqlangan bir qator partiyalarga erkinlik berildi va ular Eron Islom Respublikasi siyosiy hayotida faol rol o‘ynay boshlashdi. Mazkur partiyalar qatoriga islom shiorlaridan foydalanuvchi sotsialistik rivojlanishga asoslangan Milliy frontni keltirish mumkin. Bundan tashqari Eron xalq mujoxidlar tashkiloti, Fidokor partiyazanlar tashkiloti, Eron xalq partiyasi, Eron ozodlik partiyasini kiritish mumkin. Biroq keyinchalik Eron mazkur patiyalar faoliyati taqiqlanib, ular oppozision guruhlarga aylanishdi va mamlakatni tark etishdi. Faqatgina Eron ozodlik partiyasi mamlakatda faoliyat yuritmoqda. 1980 yillardan Xumayni tomonidan tashkil etilgan Islom respublikasi partiyasi mamlakatda yetakchi mavqega chiqib oldi. Ichki kelishmovchiliklar sababli partiya 1987 yili tarqab ketdi.

Islom respublika partiyasi tarqalib ketganidan so‘ng mamlakatda bir qator partiyalar shakllandi. 2002 yil Ichki ishlar vazirligi 200dan ortiq partiya va siyosiy-jamoat tashkilotlarini qayd etdi. Ular orasida eng yiriklaridan biri, islohotchilik harakati bo‘lgan “Eron islom birdamlik fronti”, 1998 yil M.Xotami tarafdorlari tomonidan tashkil etilgan. Bunday tipdagi partiyalardan biri “Islom inqilobi mujohidlar tashkiloti” bo‘lib, o‘z faoliyatini 1988 yil qayta jonlantirgan. Iqtisodiy islohotlar tarafdori “Kargozaron” partiyasi bo‘lib, 1996 yil Rafsanjoni tarafdorlari tomonidan shakllantirilgan. Yirik konservatistik ruhdagi partiyalar biri “Koalision islom jamiyati” (Djamiyate motalefeye eslami) bo‘lib, inqilobgacha mavjud bo‘lgan uchta diniy partiyalar birlashuvi oqibatida yuzaga kelgan. 2004 yilgi saylovlar olidan yangi neokonservatistik partiya - «Abadgyaran» (“Bunyodkorlar”) partiyasi tuzildi1.

Eron partiya tizimini asosiy xususiyati shundaki, partiya tizimi to‘liq shakllanmagan deyish mumkin. Mamlakatdagi barcha partiyalar muayayn dasturlar asosida emas, balki muyyan vaqtlarda siyosiy yetakchilar atrofida tashkil etilgan. Ko‘plab partiyalar o‘z nashrlariga ham ega emas.



Xulosa qilganda, Eronda parlament institutining shakllanishi tarixan ikki bosqichni qamrab oladi:

Birinchi bosqich 1906-1979 yy. Mazkur yillarda jami 23 marta parlamentlarga saylovlar o‘tkazilgan va mamlakat Konstitutsion monarxiya tizimida bo‘lgan. Parlament institutining dastlabki davridan barchaga teng saylov huqiqi berilgan va mulk senzi bekor qilingan. Parlament ikki palatali iborat bo‘lgan.



Ikkinchi bosqich 1979-hozirgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davrda parlament kuchli diniy va davlat hokimiyati – Rahbar instituti, prezident instituti va islom boshqaruv konsepsiyasi bilan birgalikda rivolanib bordi. Mamlakatda bir palatali parlament tashkil etilgan. Har bir davlat organi faoliyati diniy ulomalar tomonidan muntazam nazorat etilishi bilan harakterlanadi. Shuningdek, mazkur siyosiy voqelikdan kelib chiqqan holda parlament saylovlarida konservatizm va reformatizm ruhidagi partiyalar shakllangan. Bu esa Eronnning Yaqin Sharq mintaqasidagi boshqa davlatlarga qaraganda o‘ziga xos parlament instituti shakllanganini bildiradi.
2.3. Yaqin Sharq mintaqasidagi arab monarxiyalarida parlament faoliyati
Bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasidagi arab monarxiyalarida parlament instituti shakllanishining muhim bir jihati - ular hokimiyat bo‘linish tizimida cheklangan vakolatlarga ega bo‘lib, qonun ijodkorligidan ko‘ra maslahat organi vazifasini bajarishadi. Biroq, mintaqada yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar, chiqishlar natijasida barcha arab monarxiyalarida siyosiy yangilashnishlar, parlamentning vakolatlarini kengaytirish masalasi kun tartibidan joy oldi. Shu bois bugungi kunda arab monarxiyalarida parlament faoliyati umumiy o‘xshashlikdan tashqari bir-biridan turli jihatlariga ko‘ra farq qiladi va quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Funksional jihadan: a) sof maslahat organi sifatida faoliyat yurituvchi parlamentlar (Saudiya Arabistoni) va b) cheklangan vakolatga ya’ni muayyan qonunchilik huquqiga ega parlamentlar (Ummon, Qatar, Iordaniya, Baxrayn, Kuvayt);

  2. Strukturaviy jihatdan: a) bir palatali (Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt) va b) ikki palatali parlamentlar (Ummon, Iordaniya, Baxrayn );

  3. Siyosiy partiyalar ishtirokiga ko‘ra: a) parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalar mutloqa ishtirok etmaydigan parlamentlar (Saudiya Arabistoni), b) ko‘p partiyaviylik asosda tashkil etiladigan parlamentlar (Iordaniya, Baxrayn) va v) partiyalar tomonidan emas, asosan monarx va saylovlarda mustaqil, ko‘ngilli guruhlar tomonidan tuziladigan parlamentlar (Ummon, Qatar, Kuvayt). Bunday holatda saylovlardan so‘ng mazkur guruhlar tarqatib yuboriladi.

Yaqin Sharq monarxiyalaridagi parlamentning institutining rivojlanishi, uning asosiy jihatlarini tahlil etganda, har bir monarxiyada parlamentni shakllantirish bo‘yicha o‘ziga xos uslubi egaligini kuzatish mumkin. Saudiya Arabistoni podshohligida maslahat organi sifatida faoliyat olib boruvchi parlament - Kengashi ush-Shuro (Sho‘ro kengashi) mamlakat mutloq monarxiya bo‘lganligi bois hech qanday qonun ijodkorligi huquqiga ega emas. Saudiya Arabistoning xijriy 1412 (1991 yil) yil shabon oyining 27 sanasida qabul qilingan konstitutsiyasining 1-moddasida mamlakat konstitutsiyasi Qur’on va hadis ekanligi va davlat boshqaruvi shariat qonunlariga asoslanishi (7-8 moddalar) belgilab berilgan. Mamlakat konstitutsiyasi 68 moddasida Maslahat kengashining tashkil etilishi bayon etilgan bo‘lib, 69 moddaga asosan qirol Maslahat kengashi va Vazirlar mahkamasini qo‘shma yig‘ilishini chaqirishi, unga muhokamaga aloqadar istalgan shaxslarni qatnashishiga izn berishiga haqli ekanligi qayd etilgan1.

Qonun faqat qirol tomonidan qabul qilinadi va e’lon qilinadi. Tarixiy jihatdan birinchi Sho‘ro kengashiga 1927 yil Xijoz shahrida Qirol Abdulaziz tomonidan asos solingan. Kengash qirol o‘g‘li tomonidan boshqarilgan. Keyingi yillarda Sho‘ro Kengashi vakolatlari Vazirlar mahkamasiga o‘tkazilgan. Natijada Sho‘ro kengashi o‘z faoliyatini tugatgan, ammo 2000 yilgacha Qirol Fahd tomonidan Sho‘ro kengashi qayta tiklangunga qadar rasmiy tarqatib yuborilmagan. Qirol Fahd 2000 yil 24 noyabrda Sho‘rolar kengashi borasida yangi farmon e’lon qildi. Sho‘ro kengashi maqomini rasmiy qayta tikladi2. Shu bilan birga qirol tomonidan 13 ta provinsiyada 15-20 nafar a’zolardan iborat Mintaqaviy kengashlar tashkil etildi. Sho‘rolar kengashi tarkibiy tuzilishiga ko‘ra 2002 yildan boshlab o‘n ikkita ixtisoslashgan qo‘mitalarni qamrab olgan1.

Sho‘ro kengashi Saudiya Arabistonida 1992 yil “Sho‘ra kengashi to‘g‘risida”gi Qonunning 15 moddasiga ko‘ra qirolga qonunlarini ishlab chiqishda o‘z ko‘rsatmalarini berish huquqiga ega. Sho‘rolar kengashining qonun ijodkorlik vakolati bo‘lmasada, Kengash qonunlarni sharhlash va vazirliklar tomonidan taqdim etiladigan yillik hisobotlarni tekshiruvdan o‘tkazish huquqiga ega. Kengash, shuningdek, qirolga xalqaro shartnomalar va iqtisodiy strategiyalar ishlab chiqish bo‘yicha maslahat bera oladi. Saudiya Arabistoni qirolligida Sho‘ro kengashining muhim funksiyalaridan yana biri mamlakatning yillik byudjetini ko‘rib chiqish va ushbu masala yuzasidan vazirlarni so‘roq qilishga chaqirish vakolatiga ega. Bugungi kunda Maslahat kengashi Saudiya Arabistonida qabul qilingan besh yillik reja doirasida turli davlat organlaridan hisobot talab qilish, ularning dastur doirasidagi faoliyatini muhokama qilish siyosatini yuritmoqda. Bu Maslahat kengashini siyosiy baxslar forumi sifatida namoyon bo‘lishiga olib kelmoqda2.

Saudiya Arbiston qirolligida parlament institutining XX asr 90 yillaridan keyingi rivojlanishini quyidagi palament chaqiriqlarida kuzatish mumkin: Birinchi chaqiriq (1993-1997 y.)da Sho‘ro kengashi 60 a’zo va spikerdan iborat bo‘lgan; Ikkinchi chaqiriq (1997-2001 y.) da Maslahat kengashi a’zolar soni Qirol Faxd tomonidan 1997 yil 20 iyul kuni 30 taga oshirilib, 90 tani tashkil etdi3; Uchinchi chaqiriq (2001–2005 y.) 2001 yil 4 iyunda qirol kengash a’zolarini 120 nafarga oshirdi va to‘rtinchi chaqiriq (2005-2009 y.) da kengash a’zolar soni 150 taga yetkazildi. Hozirda ham mazkur ko‘rsatkich saqlanib qolingan.

Beshinchi chaqiriq (2009-2013 y.) o‘z faoliyatini 2009 yil 28 fevralda boshladi. Mazkur chaqiriqning muhim jihati Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor ayollarning siyosiy faoliyatga ishtirok etishiga ruxsat berildi va qirol tomonidan 2011 yil sentyabr oyida ayollarga Sho‘ro masjlisi a’zosiga aylanish vakolati berildi. Biroq, hozirda majlis tarkibida ayollar mavjud emas. Beshinchi chaqiriqda Sho‘ro kengashining deyarli barcha a’zolari xorijdagi nufuzli ta’lim maskanlarida tahsil olgan yetuk matuxassislar hisoblanishadi. Jumladan, 49%i AQShda, 29%i Saudiya Arabistonida va 16%i Buyuk Britaniyada, qolgan 6% a’zolar rivojlangan G‘arb mamlakatlarida ta’lim olgan.

Ummon. Ummon konstitutsiyasining 5 bob 58 moddasida binoan mamlakat parlamenti Ummon Kengashi deb nomlanib, ikki palatadan iboratligi belgilab qo‘yilgan. Quyi palata Sho‘ro Kengashi - Majlis-ush-Shuro va yuqori palata Davlat kengashi1. Parlament mamlakat Sultoni Qobus bin Sayd talabi asosida yig‘ilish o‘tkazadi, sulton tomonidan kiritilgan masalalarni muhokama qiladi. Barcha qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ular boshqa arab monarxiyalardagi kabi sof maslahat berish vazifasi bilan birga qisman qonun ijodkorlik vakolatiga ega. Saudiya Arabistonidan farqli ravishda Sho‘ro majlisining 84 a’zosidan 83 nafari saylanadi va 1 nafari tayinlanadi. Biroq, mamlakat sultoni yakuniy qarorni qabul qiladi va saylov natijalarini bekor qilish vakolatiga ega. Ummonda siyosiy partiyalarga ruxsat berilmaydi. Yuqori palata sifati Davlat kengashi 1997 yil 16 dekabrda ta’sis etildi, uning barcha a’zolari sulton tomonidan tayinlanadi. Davlat kengashida 83 nafar a’zo mavjud va shulardan 15 nafarini ayollar tashkil etadi2. Davlat kengashining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: Mamlakat taraqqiyot rejalari va dasturlarini amalga oshirishga xissa qo‘shadigan tadqiqotlarni tayyorlash, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga mos yechimlar topishga ko‘maklashish; Sanoat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va taraqqiyotga xizmat ko‘rsatadigan sohalarga investisiyani keng jalb etishga olib keluvchi tavsiyalar ishlab chiqish; davlat maqsadlariga javob beradigan samarali ma’muriyatni shakllantirish va kadr resurslarini rivojlantirish borasida tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar taqdim etish va boshq1.

2011 yil 13 mart kuni Ummon sultoni parlamentning qonunchilikdagi o‘rnini kafolatlofchi farmonini e’lon qildi, unga ko‘ra Ummon kengashida sulton tomonidan tayinlanadigan deputatlar saylanadigan tizimga o‘tkazildi. Sulton Qobus bin Said Ummon Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish loyihasi ustida ish olib boruvchi Ekspertlar Kengashini ta’sis etishga buyruq berdi. Bundan tashqari mamlakatdagi Ijtimoiy xavfsizlik akti talabalari asosida yordam olayotgan oilalarda farovonlikni oshirish maqsadida davlat to‘lovlarini oshirish farmoni berildi. Mazkur yilning 19 oktyabrida Sulton Qobus Ummon kengashi vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risida farmon chiqardi2.



Qatar. Parlamenti bir palatali bo‘lib, Sho‘ro Kengashi deb nomlanadi. 2003 yil 29 aprelda qabul qilingan Konstitutsiyaning 77 moddasiga asosan Parlamentdagi deputatlar soni 45 tani tashkil etadi. 2003 yil aprelda Qatarda konstitutsiya qabul qilindi va uchdan ikki qismi saylanadigan qonunchilik organi tashkil etildi. Vakolat muddati 4 yil. Qolgan uchdan bir qismi, ya’ni 15 nafari amir tomonidan tayinlanadi. Konstitutsiyaga ko‘ra parlament vakolatlari 76-116 moddalarni qamrab olgan va mamlakat cheklangan monarxiya davlatiga aylanib bormoqda. Qonunchilik asosiy vakolat mamlakat amiridan parlamentga o‘tmoqda. Sho‘ro kengashi qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, hukumatning ustivor siyosatini va byudjetni ma’qullaydi. Konstitutsiyada belgilangan tartibda ijroya hokimiyat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Qatar konstitutsiyasining 106 moddasi asosan qonun loyihalari mamlakat Amiri (hozirda Shayx Hamad bin Xalifa al-Tani) tomonidan ratifikatsiya qilinsagina kuchga kiradi. Aks holda Sho‘rolar kengashiga qaytarilib yuboriladi. Agar mazkur qonun Kengashning uchdan ikki qismi maqullashi bilan amir tasdig‘iga kiritilsa, amir uni ratifikatsiya va e’lon qiladi. Agar mazkur qonun uchdan ikki a’zolar tomonidan tasdiqlanmasa, loyiha boshqa muddatga qoldiriladi1. Qatar konstitutsiyasining 111 moddasiga asosan har bir vazir Sho‘rolar kengashi oldida javobgar sanaladi. Kengash o‘z vazifasini to‘liq bajarmayotgan vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish vakolatiga ega, unda deputatlarning 2/3 ko‘pchilik ovozi talab etiladi. Ishonchsizlik bildirilgan vazir mazkur masala yuzasidan Sho‘ro kengashida rezolyusiya qabul qilingan boshlab o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Umuman olganda, konstitutsiyada Qatar qonunchilik hokimiyati uchta asosiy vakolatga ega: Birinchidan, milliy byudjetni ma’qullaydi, tayyorlamaydi; Ikkinchidan, ishonchsizlik votumi orqali vazirlarning faoliyatini nazorat qiladi; Uchinchidan, qonun loyihalarini ishlab chiqadi, muhokama qiladi va kengash muhokamasiga taqdim etilgan qonunchilik tashabbusi bo‘yicha ovoz beradi. Qonunlar faqat kengashning uchdan ikki qismi ovozi va Amir tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.

Bugungi kunda Qatarda parlament bilan bog‘liq asosiy muammo mamlakatda 2007 yil vakolati tugagan Sho‘rolar kengashi a’zolarini qayta saylash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Saylov 2007 yil 1 aprelda mamlakat Bosh vaziri tomonidan ortga surilgan hamda muammoni tadqiq etish bo‘yicha Maslahat qo‘mitasi ta’sis etilgandi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra Bosh Vazir davlatda parlament saylovlari uchun qulay shart-sharoit mavjud bo‘lmasa, uni ortga surish vakolatiga ega. Bunday qaror qabul qilinishiga shia va sunniy oqimidagi turli guruhlar o‘rtasida parlamentni shakllantirish borasidagi ichki kelishmoqchiliklar, amirlik boshqaruviga nisbatan ayrim e’tirozlarning vujudga kelishi sabab bo‘lgan. Qo‘mita muommani o‘rganib, saylovni 2010 yil iyunda amalga oshirilishini belgiladi. Saylov 2010 yilda ham kechiktirildi. 2011 yil noyabr oyida Amir saylovlar 2013 yilda o‘tkazilishini ma’lum qildi2.

Iordaniya. Arab monarxiyalari ichida nisbatan xalq boshqaruviga keng e’tibor qaratgani bilan ajralib turadi. Iordaniyada ilk parlament institutining vujudga kelishi 1928 yilgi Transiordaniya amirligi bilan bog‘liq. Zamonaviy ko‘rinishdagi parlamenti 1947 yilda shakllangan. Iordaniya parlamenti ikki palatali bo‘lib, “Xalq kengashi” (“Majlis-al-Umma”) deb nomlanadi: Vakillar palatasi (Majlis – al-Nuvab) va Senat (Majlis-al-Ayyan).

Senat 60 ta a’zodan iborat, barchasi bevosita qirol tomonidan tayinlanadi. Konstitutsiya binoan yuqori palata deputatlar soni quyi palatanig yarmidan oshishi mumkin emas. Quyi palata 120 nafar deputatdan iborat. Undan to‘qqiz o‘rin xristianlarga, uch o‘rin cherkas va chechan kichik millatli vakillarga va 12 o‘rin ayollarga ajratilgan. Ikkala palataning vakolat muddatlari to‘rt yil.

Ta’kidlash joizki, Iordaniya Yaqin Sharqdagi monarxiyalari orasida yagona siyosiy partiyalar muqobilligi asosida parlamentini shakllantirgan davlat sanaladi. 1992 yil mamlakatda siyosiy partiyalar qonuniyligi e’tirof etilgan va so‘nggi ellik yillik ichida ilk bora 1993 yil ko‘p partiyali tizim asosida saylov o‘tkazildi1. Iordaniyada 34 partiya ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular qatoriga Islom harakati fronti, Iordaniya arab demokratik partiyasi, Iordaniya sotsialistik partiyasi, Musulmonlar markazi partiyasi va boshqalar kirishtish mumkin2.

Iordaniyada 2005 yil apreldan buyon qirol Qiroli Abdulla II mamlakatni boshqarib kelmoqda. Davlatdagi qonunchilik hokimiyati konstitutsiyaning 25 moddasiga binoan Milliy kengash va qirolga tegishlidir. Qatarda parlamentning maqomi 62-96 moddalarda to‘liq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra qonunchilik borasida takliflar hukumat tomonidan quyi palataga taqdim etiladi. Quyi palata mazkur taklifni qabul qilish, tuzatish yoki rad etish vakolatiga ega. Hukumat tomnidan kiritilgan taklif qabul qilinsa, qonun loyihasi ishlab chiqilib yuqori palataga yuboriladi. Senat taqdig‘idan o‘tgan qonun qirolga taqdim etildi. Qirol mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etishi mumkin. Rad etilgan qonun loyihasi quyi palataga qaytariladi, jarayon yana qayta boshlanadi. Mazkur qonunga ikki palata a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi orqali qonun loyihasi Parlament Aktiga aylanadi, bu qirolning veto huquqidan ustun keladi va qirol uni imzolashga majbur hisoblanadi.

Biroq 2009 yil Qirol Abdulla II parlamentni “xalq talablariga javob bera olmaganligi” uchun tarqatib yubordi1. 2010 yil noyabrda mamlakatda parlamentga saylovlar o‘tkazildi. Biroq, saylov natijalari barcha partiyalar o‘rtasida norozilikka olib keldi. “Musulmon birodarlari” ta’sirida shakllantirilgan Islom Harakat Fronti saylovlari baykot qildi va besh nomzodini saylovlardan qaytarib oldi2. Hozirda hukumat tomonidan mamlakatdagi oppozision partiyalar bilan kelishish va kelgusi saylovlarda ularning talablarini inobatga olish borasida siyosat yuritilmoqda.

Baxrayn. Yaqin Sharq mintaqasidagi ikki palatali parlamentga ega monarxiya. Mamlakat konstitutsiyasi 2002 yil 14 fevralda qabul qilingan. Baxrayn parlamentining huquqiy maqomi mamlakat konstitutsiyasining 51-103 moddalarda aks etgan. Konstitutsiyaning 51 moddasiga asosan Baxrayn parlamenti ikki palatadan iborat. Yuqori palata – Sho‘ro Kengashi (Majlis al-Shura) va quyi palata Vakillar palatasi (Majlis an-Nuvab). Deputatlar jami soni 80 tani tashkil etadi. Yuqori palatadagi 40 nafar a’zo qirol tomonidan tayinlanadi va quyi palataning 40 nafar deputati bevosita saylanadi. Vakolat muddati 4 yil.

Baxrayn parlamentida so‘nggi yillarda bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. 2004 yil 18 aprelda Baxrayn arab monarxiyalari ichida birinchi bo‘lib, parlamentga ayol a’zolarni olib kirdi. 2010 yil 30 oktyabrdagi quyi palataga saylovlar natijasiga ko‘ra shia oqimidagi Al-Vafaq partiyasi 18 o‘ringa, sunniy yo‘nalishdagi Al-Asalah partiyasi 3 o‘ringa, Al-Menbar islom jamiyati 2 o‘ringa va mustaqil nomzodlar 17 o‘ringa ega bo‘lishdi3. 2002 yilda ta’sis etilganidan buyon ilk bor 2012 yil Vakillar palatasi qirolning farmoniga qarshi chiqishdi. Mazkur farmon mamlakat ishchilar fondida davlat ulushini 20% dan 50%gacha oshirishni nazarda tutardi1.

2012 yil 3 mayda konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarga binoan qirolning parlamentni o‘z istagiga ko‘ra tarqatib yuborish vakolatini cheklandi. Endilikda mazkur masala yuzasidan qaror qabul qilishda ikki palata spikeri va raisi bilan maslahatlashishi lozimligi belgilandi. Bundan tashqari saylanadigan quyi palata Bosh Vazir bilan hamkorlik qilishdan voz kechishi uchun mustaqil ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi. Mazkur qaror qirolga yetkaziladi va qirol yakuniy qarorni qabul qiladi: Bosh Vazirga iste’fo beradi yoki uni mansabida saqlab qoladi2. Bundan oldin quyi palata konstitutsiyaning 65 moddasiga asosan faqat vazirlarni parlamentga so‘roq uchun chaqirtirish vakolatiga ega bo‘lgan. Vazirga nisbatan ishonsizlik votumi quyi palata a’zolarning 2/3 qismi qo‘llab-quvvatlashi asnosida amalga oshirilgan. Konstitutsiyaning 67 moddasiga asosan qonunchilik palatasi Bosh vazirga nisbatan ishonsizlik votumi bildirish vakolatiga ega emasdi. Mazkur masala palatalarning kelishuvi asosida Milliy Kengash deputatlarining 2/3 qismi orqali amalga oshirilardi. Baxrynda amalga oshirilgan mazkur islohotlar ma’lum ma’noda mamlakatda parlament institutining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kuvayt. Kuvayt Milliy kengash (Majlis-al-Umma) deb nomlangan bir palatali parlamentga ega. Kuvayt davlatida ham monarx katta vakolatga ega bo‘lib, buni ko‘p xolatlarda parlamentning tarqatib yuborilishida kuzatish mumkin. Mamlakatda parlament institutining shakllanish tarixi 1920 yilga borib taqaladi. Sho‘ro kengashi sifati ilk organ vujudga kelgan. Keyingi yillarda takomillashtirilib, hozirda hokimiyat bo‘linishining muhim qismiga aylangan. Milliy kengash 50 o‘ringa ega bo‘lib, har to‘rt yilda saylanadi. Har bir ma’muriy birlikdan 10 vakil deputatlikka saylanadi. Kuvaytning boshqa monarxlardan farqli jihati, bu yerda Bosh Vazir va Vazirlar Kengashi bevosita Milliy Kengash a’zosi hisoblanadi. Shu jihatdan Milliy kengashdagi deputatlar soni 66 ta tashkil qiladi. Vazirlar kengashi Milliy kengashga a’zo bo‘lganda ikki jihatga alohida e’tibor qaratiladi: Birinchidan, parlament tarkibidagi qo‘mitalar faoliyatida ishtirok etisha olishmaydi. Ikkinchidan, hukumat tarikibidagi birorta vazirga ishonchsizlik bildirish vaqtida hukumat a’zolari ishtirok eta olishmaydi1. Kuvayt parlamentining maqomi mamlakat konstitutsiyasining 79-122 moddalarida belgilab berilgan.

Kuvayt parlamentidagi so‘nggi o‘zgarishlarga ko‘ra 2005 yil 16 mayda Milliy kengash ayollarga ham saylov huquqini berish to‘g‘risida qonun qabul qildi. Garchi 2006 yilgi saylovlarda ayol deputatlar parlamentda o‘ringa ega bo‘lmagan bo‘lsalarda, 2009 yil 16 mayda o‘tkazilgan saylovlarda Kuvayt tarixida ilk bor ayollar parlamentga saylandilar2.

Kuvaytda amir keng vakolatlarga ega. 58 moddagi asosan Bosh vazir va vazirlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha parlament emas, balki amir olida mas’ul ekanliklari bayon etilgan. Shu bilan birga amirda parlamentni tarqatib yuborish vakolati mavjud va muayyan muddat parlamentni chaqirmasdan turli farmonlar e’lon qilish orqali mamlakatni boshqarishi mumkin. Bunday holat bugungi kunga qadar olti marotaba kuzatilgan va so‘nggisi 2011 yil 7 dekabrda yuz bergan3. Aslida mamlakat konstitutsiyasiga binoan 60 kun ichida yangi saylovlar o‘tkazilishi yoki tarqatib yuborilgan parlament qayta tiklanishi zarur. Ta’kidlash joizki, Kuvaytda bir qator arab monarxiyalari kabi siyosiy partiyalar qonunan taqiqlangan. Ammo parlamentda bir necha norasmiy bloklar mavjud: Islom bloki – shariat qonunlari tarafdorlari va konservatistik qarashga ega; Ko‘pchilik bloki – quyi va o‘rta sinf vakillari qarashlarini himoya qiladi; liberal blok – ayollarga saylov huquqini berishni yoqlab chiqqan blok hisoblanadi. 2012 yil 2 fevralda Amir Shayx Saboh al-Axmad al-Saboh farmoni bilan Kuvaytda parlament saylovi o‘tkazildi. Unda 7% nomzodlarni ayollar tashkil etdi (344 tadan 24 tasi)1. Saylovda ko‘pchilik deputatlik o‘rinlarini oppozision harakat Sunniy islom bloki – 13 o‘rin va oppozision bo‘lmagan Ko‘pchilik harakati bloki – 13 ta o‘rin, shia oqimi bloki – 7 o‘ringa ega bo‘ldi2.

Ta’kidlash joizki, arab monarxiyalarida parlament institutining rivojlanishi va hokimiyat tizimida rolining o‘sib borishiga qaramay, to‘liq qonunchilik organi sifatida qaror topishida bir qancha muammolar mavjud:



Birinchidan, barcha monarxiyalarda qirollik hokimiyatini har qanday usulda cheklashga qarshi chiquvchi konservatistik siyosiy elita vakillarining ta’siri katta ekanligi va qonun chiqarishda parlament bilan bir qatorda kuchli qirollik institutining mavjudligi;

Ikkinchidan, monarxiyalarda parlament maslahat organi sifatida ahamiyatli sanalib, uning a’zolaridan katta qismi monarx tomonidan tayinlanishi;

Uchinchidan, parlament tarkibini shakllantirishda dinning ta’siri kuchli ekanligi, ya’ni ayrim monarxiyalarda hokmiyatga ta’sir etishda shia va sunniy oqim vakillari o‘rtasida raqobatning saqlanish qolishi va uning parlament faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir etishi;

To‘rtinchidan, arab monarxiyalarida asrlar davomida shakllangan an’ana ta’sirida gender tenglikning buzilganligi. Garchi endilikda ayollarga parlament faoliyatida ishtirok etish vakolati berilgan bo‘lsada, real voqelikda uning to‘liq tadbiq etishdagi muammolarning mavjudligi;

Beshinchidan, arab monarxiyalarida siyosiy partiyalarni tashkil etishga ruxsat etilmaganligi va mavjudlarida siyosiy partiyalar faoliyatining sustligi va boshqalar.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Yaqin Sharq monarxiyalarining barchasida parlament instituti maqomidan qat’iy nazar shakllangan bo‘lib, vakolati cheklanganligi, maslahat organi sifatida faoliyat yuritishi bilan umumiy jihatlarga ega. Arab olamida 2011 yilda yuz bergan “Arab bahori” monarxiyalariga va parlament tizimiga kuchli ta’sir o‘tkazdi. Mazkur ta’sirni uch yo‘nalishda kuzatish mumkin:

Birinchidan yo‘nalish, davlat boshqaruvini liberallashtirish borasida. Mutloq monarxiyalarda mamlakat konstitutsiyalariga tuzatishlar kiritish orqali Konstitutsion monarxiyalarga aylanishi. Parlament vakolatlarining oshirilishi, qonun ijodkorlik huquqi berilishi, tarkibining kengaytirilishi va hukumat ustidan nazorat funksiyasining shakllantirilishi. Siyosiy partiyalarga rolining qayta ko‘rib chiqilishi;

Ikkinchi yo‘nalish, gender tenglik va inson huquqlari borasida. Davlat boshqaruvida ayollar ishtirokining ta’minlanishi to‘g‘risida farmonlarning e’lon qilinishi, elektorat ko‘lamining kengaytirilishi, parlamentda qirol tomonidan tayinlanadigan a’zolarning saylov tartibiga o‘tkazilishi;

Uchinchi yo‘nalish, iqtisodiy va ijtimoiy himoyaning kuchaytirilishi borasida. Arab monarxiyalari hukumatga qarshi norozilikning oldini olish hamda farovonlikni ta’minlash maqsadida mamlakatda iqtisodiy yordamlar, ajratmalar va ijtimoiy himoya masalalarini aholi foydasiga qayta ko‘rib chiqmoqdalar.

Arab monorxiyalarida amalga oshirilgan davlat boshqaruvini liberallashtirish, aholining kengroq ishtirokini amalga oshirish va iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikni ta’minlash borasida islohotlar monarxlar tomonidan hokimiyatni saqlab qolishning oqilona yechimi sifatida baholansada, ushbu islohotlar kelgusida mazkur davlatlarda parlament instituti rivojida katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

XULOSA
Jahondagi turli mintaqalar qatori Yaqin Sharqda ham parlament institutining vujudga kelishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Mintaqa zamonaviy davrda jahon siyosatida o‘zining geostrategik holati ko‘ra bevosita ichki va tashqi manfaatdor kuchlarining to‘qnashuvi muntazam kuzatiladigan makon sanaladi. Shu bois Yaqin Sharqdagi davlatlarning siyosiy tuzimi, boshqaruv shakli, parlament institutlarining faoliyati o‘rganish mintaqadagi mavjud, tarixan shakllangan an’analar, bugungi kundagi jamiyat hayotidagi barcha sohalardagi o‘zgarish va islohotlarni o‘rganish bilan bevosita bog‘liqdir.

Mazkur bitiruv malakaviy ishda ayna Yaqin Sharqda parlament institutining shakllanish muammolari tahlil etilib, , quyidagi xulosalarga kelindi:



I. Parlament fransuzcha «Parler» so‘zidan olingan bo‘lib, «gapirmoq», «so‘zlamoq» ma’nolarini anglatadi. Parlament deganda qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy vakillik organi tushuniladi. Parlamentarizm tarixi Angliyada 1215 yilda qabul qilingan “Buyuk ozodlik Xartiyasi”dan boshlanadi.

II. Yaqin Sharqda parlament institutining vujudga kelishi va rivojlanishini umumiy asosda o‘rganish murakkab ijtimoiy-ilmiy hodisa sanaladi hamda Yaqin Sharqda parlament institutini rivojlanishini va hozirgi kundagi faoliyatini tadqiq etishnda quyidagi jihatlar muhim ahamiyatga ega:

Birinchidan, mintaqa davlatlarining boshqaruv shakli va siyosiy rejimi bir-biridan keskin farq qiladi;

Ikkinchidan, Yaqin Sharqdagi davlatlar o‘rtasidagi nizolar, siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tushkunlik va qashshoqlikning saqlanib qolinishi, diniy va etnik omilning davlatlar ichki siyosatidagi ta’siri, turli g‘ayriqonuniy ekstremistik tashkilotlarning davlat boshqaruvi va parlamentga ta’sirining mavjudligi;

Uchinchidan, Yaqin Sharqning boy energetik resusrlari, qulay transport koridor ekanligi mintaqa davlatlariga nisbatan tashqi kuchlarning surunkali siyosiy bosimlariga, mamlakatlar ichki ishlariga aralashishlariga turtki bo‘lmoqda.

III. Tarixiy jihatdan Yaqin Sharq davlatlaridagi parlament institutlarining rivojlanishni tahlil etgan holda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

Birinchi bosqich. XIX asr o‘rtalaridan Birinchi jahon urushiga qadar. Bu davrda asosan Yaqin Sharq davlatlari Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lib, Yevropadagi yetakchi davlat o‘rtasida mintaqa davlatlari ustidan nazorat o‘rnatish siyosati yuz berayotgan edi. Bundan tashqari ko‘pgina Yaqin Sharq davlatlari feodal va yarim feodal tuzimda edi.

Ikkinchi bosqich. Yaqin Sharqdagi davlatlar Birinchi jahon urushi natijasida g‘arb davlatlari ta’siriga tushib qolishdi. 1916 yil may oyidagi Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida Sayks-Pikot Shartnomasi (Sykes-Picot Agreement) imzolandi. Bu esa Usmoniylar imperiyasi davriga qaraganda Yaqin Sharq davlatlarida g‘arb tajribasi asosida parlament instituti shakllanishini nisbatan jonlantirdi.

Uchinchi bosqich. Bu bosqich Ikkinchi jahon urushidan so‘ng bugungi kungacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, Yaqin Sharqdagi barcha davlatlar o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritadi. Natijada Konstitutsional monarxiyalar va respublikalar vujudga kelib, ularda parlament roli o‘sib borgan. 1953 ilgacha Misr,1957 yilgacha Tunis, 1962 yilgacha Yaman, 1971 yilgacha Liviya monarxiya sifatida mavjud bo‘lgan. Konstitutsion monarxiya va respublikalarda milliy paralamentlar tashkil etilib, vakolatidan qat’iy nazar qonunchilik hokimiyati sifatida shakllangan.

IV. Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan kuchli prezidentlik Misr va Suriyada parlament institutini shakllanishi, rivojlanish tarixi va bugungi holatini tahlil etishda bir qator umumiy jihatlarni kuzatish mumkin:

Birinchidan, ikki davlat tarixan Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lib, XX asr boshlariga qadar yarim feodal holatida bo‘lishgan. Mamlakatda zamonaviy parlament institutining shakllanishi esa Birinchi jahon urushidan keyingi davrga borib taqaladi va mazkur jarayonda g‘arb tajribasining kuchli ta’sir ko‘rsatganligin kuzatish mumkin;

Ikkinchidan, Misrda parlament instituti shakllanishini Suriyaga qaraganda oldinroq shakllangan.

V. Eronda parlament institutining shakllanishi tarixan ikki bosqichni qamrab oladi:

Birinchi bosqich 1906-1979 yy. Mazkur yillarda jami 23 marta parlamentlarga saylovlar o‘tkazilgan va mamlakat Konstitutsion monarxiya tizimida bo‘lgan. Parlament institutining dastlabki davridan barchaga teng saylov huqiqi berilgan va mulk senzi bekor qilingan. Parlament ikki palatali iborat bo‘lgan.

Ikkinchi bosqich 1979-hozirgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davrda parlament kuchli diniy va davlat hokimiyati – Rahbar instituti, prezident instituti va islom boshqaruv konsepsiyasi bilan birgalikda rivolanib bordi. Mamlakatda bir palatali parlament tashkil etilgan. Har bir davlat organi faoliyati diniy ulomalar tomonidan muntazam nazorat etilishi bilan harakterlanadi. Shuningdek, mazkur siyosiy voqelikdan kelib chiqqan holda parlament saylovlarida konservatizm va reformatizm ruhidagi partiyalar shakllangan. Bu esa Eronnning Yaqin Sharq mintaqasidagi boshqa davlatlarga qaraganda o‘ziga xos parlament instituti shakllanganini bildiradi.

VI. Yaqin Sharq mintaqasidagi arab monarxiyalardagi parlament faoliyatini tadqiq etgan holda, ularni funksional, strukturaviy va siyosiy partiyalar ishtiroki jihatidan quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Funksional jihadan: a) sof maslahat organi sifatida faoliyat yurituvchi parlamentlar (Saudiya Arabistoni) va b) cheklangan vakolatga ya’ni muayyan qonunchilik huquqiga ega parlamentlar (Ummon, Qatar, Iordaniya, Baxrayn, Kuvayt);

  2. Strukturaviy jihatdan: a) bir palatali (Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt) va b) ikki palatali parlamentlar (Ummon, Iordaniya, Baxrayn );

  3. Siyosiy partiyalar ishtirokiga ko‘ra: a) parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalar mutloqa ishtirok etmaydigan parlamentlar (Saudiya Arabistoni), b) ko‘p partiyaviylik asosda tashkil etiladigan parlamentlar (Iordaniya, Baxrayn) va v) partiyalar tomonidan emas, asosan monarx va saylovlarda mustaqil, ko‘ngilli guruhlar tomonidan tuziladigan parlamentlar (Ummon, Qatar, Kuvayt). Bunday holatda saylovlardan so‘ng mazkur guruhlar tarqatib yuboriladi.

VII. Yaqin Sharq monarxiyalarining barchasida parlament instituti maqomidan qat’iy nazar shakllangan bo‘lib, vakolati cheklanganligi, maslahat organi sifatida faoliyat yuritishi bilan umumiy jihatlarga ega. Arab olamida 2011 yilda yuz bergan “Arab bahori” monarxiyalariga va parlament tizimiga kuchli ta’sir o‘tkazdi. Mazkur ta’sirni uch yo‘nalishda kuzatish mumkin:

Birinchidan yo‘nalish, davlat boshqaruvini liberallashtirish borasida. Mutloq monarxiyalarda mamlakat konstitutsiyalariga tuzatishlar kiritish orqali Konstitutsion monarxiyalarga aylanishi. Parlament vakolatlarining oshirilishi, qonun ijodkorlik huquqi berilishi, tarkibining kengaytirilishi va hukumat ustidan nazorat funksiyasining shakllantirilishi. Siyosiy partiyalarga rolining qayta ko‘rib chiqilishi;

Ikkinchi yo‘nalish, gender tenglik va inson huquqlari borasida. Davlat boshqaruvida ayollar ishtirokining ta’minlanishi to‘g‘risida farmonlarning e’lon qilinishi, elektorat ko‘lamining kengaytirilishi, parlamentda qirol tomonidan tayinlanadigan a’zolarning saylov tartibiga o‘tkazilishi;

Uchinchi yo‘nalish, iqtisodiy va ijtimoiy himoyaning kuchaytirilishi borasida. Arab monarxiyalari hukumatga qarshi norozilikning oldini olish hamda farovonlikni ta’minlash maqsadida mamlakatda iqtisodiy yordamlar, ajratmalar va ijtimoiy himoya masalalarini aholi foydasiga qayta ko‘rib chiqmoqdalar.

VIII. Yaqin Sharq mintaqasi bevosita Markaziy Osiyoga tutash mintaqa bo‘lib, e’tiqod jihatdan mintaqamiz singari u yerda ham musulmonlar demografik qatlamning katta qismini tashkil etadi. Shu jihatdan Yaqin Sharqdagi siyosiy jarayonlar yuz berayotgan voqeliklar O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi va davlatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning “o‘zbek modeli” puxta va keng mushohada qilingan strategiya ekanligini isbotlab berdi:

Birinchidan, Yaqin Sharq davlatlardagi parlamentlar faoliyati biz uchun muhim tajriba hisoblanishi mumkin. Nafaqat muvafaqqiyatli jihatlarini, balki parlamentning roli va uning vakolatlarini cheklash davlat baqarorligiga salbiy ta’sirini o‘rganish imkoniyatini oshiradi;

Ikkinchidan, Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqeliklar jamiyatni demokratlashtirish va boshqaruvni liberallashtirish taraqqiyot asosi ekanligini, mazkur jarayonlar O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ilgari surilganidek, bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l amalga oshirilishi maqsadga muvofiq ekanligini isbotladi.

Uchinchidan, xalq davlatning birdan-bir manbai ekanligi, ularning davlat boshqaruviga keng ishtirokni ta’minlash, bu o‘rinda parlamentning mustahkam huquqiy maqomini shakllantirish dolzarb ahamiyatga ega. Bundan tashqari davlat bosh islohotchi sifatida o‘zini namoyon eta olishi va kuchli ijtimoiy islohotlarni muntazam amalga oshirish mexanizmini shakllantirish zarur ekanligini ko‘rsatdi.

To‘rtinchidan, so‘nggi siyosiy voqeliklar Yaqin Sharq davlatlari va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va parlamentlararo aloqalarni kengaytirish imkoniyatini oshirishi mumkin. Zamonaviy davrda O‘zbekiston va Yaqin Sharq davlatlari parlamentlari o‘rtasida aloqlalar kengayib, “parlament diplomatiyasi” atamasining fanga kirib kelishiga turki berdi. Bu xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish imkoniyatini beradi. Bunga misol tariqasida Saudiya Arabistoni podshohligi Sho‘ro Kengashi raisi Abdulla Al ash-Shayx boshchiligidagi parlament delegatsiyasi 2012 yil 24 aprelda O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurishini keltirish mumkin

Umuman olganda, bugungi kunda Yaqin Sharq davlatlarida amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvini liberallashtirish, aholining kengroq ishtirokini amalga oshirish va iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikni ta’minlash borasida islohotlar siyosiy elitalar tomonidan hokimiyatni saqlab qolishning oqilona yechimi sifatida baholansada, ushbu islohotlar kelgusida mazkur davlatlarda parlament instituti rivojida katta ahamiyat kasb etishi mumkin.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Rahbariy adabiyotlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari


  1. Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. –Т.1. –Т.: Ўзбекистон, 1996. –364 б.

  2. Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. –Т.2. –Т.: Ўзбекистон, 1996. –380 б.

  3. Каримов И.А. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. –Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. –528 б.

  4. Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. –Т.9. –Т.: Ўзбекистон, 2001. –432 б.

  5. Каримов И.А.. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. –Т.10. –Т.: Ўзбекистон, 2002. –432 б.

  6. Каримов И.А. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. –Т.11. – Т.: ЎЗбекистон, 2003. – 320 б.

  7. Каримов И.А.. Тинчлик ва хафсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. –Т.12 –Т.: Ўзбекистон, 2004. –400 б.

  8. Каримов И.А.. Ўзбек халқи ҳеч қачон ҳеч кимга қарам бўлмайди. –Т.13. –Т.: Ўзбекистон, 2005. –264 б.

  9. Каримов И.А. Жамиятимизни эркинлиштириш, ислоҳатларни чуқурлаштириш, маънавиятимизни юксалтириш ва халқимизнинг ҳаёт даражасини ошириш – барча ишларимизнинг мезони ва мақсадидир. –Т.15. –Т.: Ўзбекистон, 2005. –320 б.

  10. Каримов И.А. Ватанимизнинг босқичма-босқич ва барқарор ривожланишини таъминлаш – бизнинг олий мақсадимиз. –Т.17. –Т.: Ўзбекистон, 2005. –264 б.

  11. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. –Т.:Ўзбекистон, 1997. –326.б.

  12. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.:Маънавият, 2008. –176 б.

  13. Каримов И.А. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисида сўзланган нутқ. // «Халқ сўзи». 2010 йил 22 сентябрь.

  14. Мамлакатимизда демократик ислоҳатларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон РеспубликаситОлий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлиси даги маъразуси. // Халқ сўзи, 2010 йил 13 ноябрь.

  15. Мамлакатимизни модернизация қилиш йўлини изчил давом эттириш – тараққиётимизнинг муҳим омили. Президент Ислом Каримовнинг ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 18 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси.// Халқ сўзи, 2010 йил 8 декабрь.


2. Me’yoriy – huquqiy hujjatlar


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2009. –40 b.

  2. “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni. // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T. –2002. –№4-5. – 60-modda

  3. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni. // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T. –2002. –№12. – 215-modda

  4. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni. // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T. –2002. –№12. – 213-modda

  5. “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni. 2007 yil 11 aprel // O‘zbiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi. –T. –2007. –№4. – 161 modda.

  6. Eron Islom Respublikasi Konstitutsiyasi // Iran's 1906 Constitution. Constitution and Its Supplement. // http://fis-iran.org/en/resources/legaldoc/iranconstitution - 04.09.2011.

  7. Iordaniya qirolligi konstitutsiyasi / Constitution of Jordanian // http://www.constitutionnet.org/files/changes_to_the_jordanian_constitution_arabic.pdf

  8. Kuvayt konstitutsiyasi / Kuwaiti Constitution (11th of November, 1962) // http://www.pm.gov.kw/constitution.asp

  9. Misr Arab Respublikasi Konstitutsiyasi / The Constitution Of The Arab Republic Of Egypt, 1971 (as Amended to 2007) // http://www.cabinet.gov.eg/AboutEgypt/ConstitutionalDeclaration_e.pdf

  10. Qatar konstitutsiyasi /Permanent Constitution of the State of Qatar. // http://english.mofa.gov.qa/details.cfm?id=80 - 8 February 2010

  11. Saudiya Arabistoni Podshohligi konstitutsiyasi / The Basic Law Of Government. Saudi Arabia – Constitution // http://www.shura.gov.sa/wps/wcm/connect/ShuraEn/internet/Laws+and+Regulations/The+Basic+Law+Of+Government/

  12. Suriya Respublikasi konstitutsiyasi / The Constitution of Syria // www.mideastinfo.com/documents/Syria_Constitution.htm - 06.02.2011

  13. Ummon Sultonligi konstitutsiyasi / The Basic Statute of the State. - Sultani Decree no.(101/96): Promulgating the Basic Statute of the State // http://www.statecouncil.om/kentico/default.aspx?lang=en-us


3. Kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar,

darsliklar va monografiyalar


  1. Ахмедов Д.Қ., С.М.Хидиров., Маликова Г.Р., Чўлиев А.B., Хотамов У.Ж.,.Асадов Ш.Ғ. Ахмедов А.Д. Хорижий мамлакатлар Конститутсиявий (давлати) ҳуқуқи. Ўқув қўлланма. – Т.: ТДЮИ нашриёти , 2006. –375 б.

  2. Бойдадаев М. Ўзбекистон Республикасида давлат бошқаруви тизими шаклланиши ва ривожланишининг ҳуқуқий асослари. –Т.: Академия, 1999. –184 б.

  3. Bорисов А.B. Роль ислама во внутренней и внешней политике Египта (XX век). –M., 2009. –376 с.

  4. Bромхед П. Эволюция Bританской конституции. –М., 2008. – 348 с.

  5. Гиясов Б., Камилжанов А., Мустапова Х. Международные отношения и Дипломатия на современном этапе - T.: ТашГИВ, 2009. – 318 б.

  6. Дюги Л. Конституционное право. –М., 2008. –436 с.

  7. Ёвкочев Ш.А. Исламский фактор в политической системе современного Египта. –Т.: Ташкентский исламский университет, 2008. –252 с.

  8. Жумаев Р . Ўзбекистонда: сиёсий ислоҳотлар жараёнлари. –Т.: Академия, 2010. – 286 б.

  9. История Ирана. XX век. –М.: Ин-т востоковедения РАН: Крафт+, 2004. –411 с.

  10. Лазерев В.В., Липень С.В. Теория государства и права . –М., 1998. –341с.

  11. Мижуев П.Г. Парламентаризм и представительная форма правления в главных странах современной Европы. – СПб.: Юристъ, 2006. –461 с.

  12. Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. – М.: Политиздат, 1955 . –368 с.

  13. Парламентаризм: хорижий мамлакатлар тажрибаси / Тузувчилар: И.Комилов, Ф.Bакаева, А.Абдуллаев, Р.М.Алимовнинг умумий таҳрири остида. –Т.: Шарқ, 2004. –362 б.

  14. Парламентское право России / Под редакцией И.М. Степанова. – М.: Юристъ, 2000. –385 с.

  15. Проблемы общей теории права и государства / Под общей ред. В.С. Нерсесянца. – М.: Юридическая литература, 1999. – 423 с.

  16. Романов Р.М. Парламентаризм: теория, история и современность – М.: Мирос, 2002. –408 с.

  17. Руссо Ж.Ж. Об общественном договоре. Трактаты. –М.:КАНОН-пресс, 1998. –416 с.

  18. Саидов А.Х. Межпарламентские организации мира: справочник. – М., 2004. –347 с.

  19. Сапронова М.А. Государственный строй и конституции арабских республик. –М., 2003. –168 с.

  20. Ўзбекистон Респуbликаси Парламент ҳуқуқи: Ўқув қўлланма/ Масъул муҳаррир: проф. А.Тулаганов. –Т.: ТДЮИ нашриёти, 2006. –276 б.

  21. Уэйд Е., Филлипс Г. Конституционное право. –М., 2003. –370 с.

  22. Чиркин В.Е. Конституционное право зарубежных стран. –М.: Юрист, 2001. –354 с.

  23. Ғофуров С.М., Хайдаров А.А., Тўлаганова Н.Ў. Сиёсатшунослик асослари. –Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006. –240 б.

  24. Шарапов С, Каримова Н, Шарапов А, Внутренняя и внешняя политика зарубежных стран востока и запада. – Т.: Фан, 2006. – 404 с.

  25. Cordesman A.H., Burke A.A. Saudi Arabia Enters The 21st Century: III. Politics and internal stability - Final Review / Center for Strategic and International Studies. –Washington, 2002. –332 р.

  26. Habibi М., Jafari Р., Jones-Nerzic R., Keys D., Smith D. History of Europe and the Middle East. –Oxford, 2010. –428 р.

  27. Ottaway M., Muacher M. Arab Monarchies. Chance for Reform. Yet Unmet / / The Carnegie Papers. Middle East / December 2011 / Carnegie Eudow ment for International Peace. –Washington DC., 2011. – 97 p.


4. Avtoreferatlar


  1. Абдисатторов А.А. Форс кўрфази араб давлатлари ташқи сиёсатида “ислом омили”нинг сиёсий таҳлили. с.ф.н. олиш учун диссер.автореферати. –Т.: ТошДШИ, 2005. –26 б.

  2. Абдуллаев Н.А. Региональная политика Сирийской Арабской Республики в свете ближневосточного урегулирования. Автореф. дисс. …канд. полит. наук. – Т.: ТашГИВ, 2000. –28 с.

  3. Жўраев Н. Ўзбекистонда янгиланишлар концепциясининг яратилиши, эволюцияси ва амалиётда қўлланилиши. Сиёсий фанлар доктори илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация. Афтореферат. – Т., 2001. –28 б.

  4. Муҳамадсидиқов М.М. Саудия Арабистонининг Қизил денгиз минтақасида хавфсизликни таъминлашсиёсатининг хусусиятлари. С.ф.н. олиш учун диссер.автореферати. –Т.:ТошДШИ, 2005. –27 б.

  5. Таха Фаргали Абдел Хаким. Процессы становления и развития современных египетско-узбекских отношений. Автореф. дисс. …канд. полит. наук.–Т.: ТашГИВ, 2002. –27 с.


5. Davriy nashrlar


  1. Богданова Н.А. Парламентское право в системе конституционного права // Парламентские процедуры: проблемы России и зарубежный опыт. – М., 2003. –С. 23-32.

  2. Веденеев Ю.А. Политическая демократия и электорально-правовая культура граждан // Государство и право. 1997. №2. С. 33 – 38.

  3. Горылев А.И. Правовая природа современного парламентаризма // Вестник Нижегородского университета им. Н.И. Лобачевского. –2002. –Выпуск 1(5). –С.99-108.

  4. Ёвқочев Ш.А. Трансформация внешнеполитической стратегии США в свете «твиттерных революций» на Ближнем Востоке // XXI асрда жаҳон сиёсати архитектурасидаги ўзгаришлар: Soft Power концепциясини татбиқ этиш ва Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг ташқи сиёсатга оид меъёрларини қўллаш амалиёти: Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги миқёсидаги иккинчи анъанавий-амалий конференция материаллари тўплами (Тошкент, 16 декабрь 2011 й.) / Масъул муҳаррирлар: Ш.А.Ёвқочев, Б.Э.Очилов. –Т.: ТошДШИ, 2011. –8-11.

  5. Жўраев Қ.Р. Парламентлараро алоқаларнинг замонавий халқаро муносабатлар тизимида тутган ўрни // Ўзбекистонда парламент институтининг ривожи ва истиқболлари: сиёсий, ҳуқуқий ва ташкилий жиҳатлари: илмий-амалий конференция материаллари тўплами: Тошкент, 15 апрель 2010. / масъул муҳаррирлар: Ш.А.Ёвқочев, Б.Э.Очилов. –Т.:ТошДШИ, 2010. –Б.21-30.

  6. Очилов Б.Э. Политико-правовой анализ стоновления двухпалатного парламента в Узбекистане // Ўзбекистонда парламент институтининг ривожи ва истиқболлари: сиёсий, ҳуқуқий ва ташкилий жиҳатлари: илмий-амалий конференция материаллари тўплами: Тошкент, 15 апрель 2010. / масъул муҳаррирлар: Ш.А.Ёвқочев, Б.Э.Очилов. –Т.:ТошДШИ, 2010. –Б.49-57.

  7. Очилов Б.Э. Халқаро ҳуқуқнинг асосий принциплари ва Ўзбекистон Республикаси Конституцияси: Soft Power концепциясини қўллаш нуқтаи-назаридан таҳлил // XXI асрда жаҳон сиёсати архитектурасидаги ўзгаришлар: Soft Power концепциясини татбиқ этиш ва Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг ташқи сиёсатга оид меъёрларини қўллаш амалиёти: Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги миқёсидаги иккинчи анъанавий-амалий конференция материаллари тўплами (Тошкент, 16 декабрь 2011 й.) / Масъул муҳаррирлар: Ш.А.Ёвқочев, Б.Э.Очилов. –Т.: ТошДШИ, 2011. –17-24.

  8. Халилов Э. Жамиятни демократлаштириш ва янгилашнинг ҳуқуқий негизи // Фуқаролик жамияти. –2006. –№1(5). –Б.16-24.

  9. Яшин И.Г. «Братья-мусульмане» как оппозиционная сила в Египте после парламентских выборов 2005 г. // Египет, Ближний Восток и глобальный мир. –М., 2006. –С.29-34.

  10. International: Back to first principles; Iran's election.// The Economist. –London. –Mar 22, 2008. –Vol.386. –№8572. –Р.70-71.

  11. Kapiszewski A. Saudi Arabia: Steps Toward Democratization or Reconfiguration of Authoritarianism? // Journal of African and Asian Studies. –Krakow, 2006. –№41(5-6). –P.459-482.


6. Internet manbalari


  1. Agarwal H. Qatar elections to be held in 2013 / http://www.bbc.co.uk/news /world-middle-east-15537725 // http://arabiangazette.com/qatar-hold-elections-2013/ - 1 November 2011

  2. Bahrain king enacts parliamentary reforms // http://www.aljazeera.com /news/middleeast/2012/05/201253171926431856.html - 03 May 2012

  3. Era Constituent Council – 1928.// http://parliament.sy/forms/cms/ viewPage.php?id=124&mid=155&cid=190 – May, 2010

  4. First Constitutional Era (Ottoman Empire) //http://www.todayszaman.com /newsDetail_getNewsById.action?load=detay&link=130544

  5. Ghazian H. The Ninth Parliamentary Elections in Iran: Challenges and Perspectives // Heinrich Boll Stiftung / http://www.boell.de/downloads/ worldwide/Ghazian_The_Ninth_Parliamentary_ Elections_in_Iran.pdf

  6. Iran starts registering candidates for March parliamentary elections; reformists stay out // http://www.washingtonpost.com/world/middle-east/iran-starts-registering-candidates-for-march-parliamentary-elections-reformists-stay-out/2011/12/24/gIQA9f82EP_story.html - 24 December 2011.

  7. Nisman D. Algeria Recipe for Revolution. The Bouteflica Regime’s refusal to address the suffering it the Algerian people will ultimately result in the dowfall of North Africa’s last dictatorship. // http://www.middle-east-online.com/English/?id=50142 – 08.01.2012

  8. Robert F.W. First Women Win Seats in Kuwait Parliament // http://www.nytimes.com/2009/05/18/world/middleeast/18kuwait.html?_r=1&ref=middleeast - May 17, 2009

  9. State_system_function of Kuwait // http://www.kuwait-info.com/a_state_system/state_system_function.asp - 15.09.2011

  10. The Egyptian Parliament. / Konrad Adenauer Stiftung, Research Paper. –Berlin, 2008. –81 р. http://www.kas.de/wf/doc/kas_456-54-2-30.pdf

  11. The National Council of the Revolution, 1965-1966 // http://parliament.sy/forms/cms/viewPage.php?id=127&mid=155&cid=193


ILOVA
Ilova 1. Xarita
Yaqin Sharq mintaqasi xaritasi


Manba: http://diplomacyandpower.com/wordpress/wp-content/uploads/2011/05/me-map.png
Ilova 2. Xarita

Yaqin Sharq mintaqasidagi arab monarxiyalari




Manba: http://diplomacyandpower.com/wordpress/wp-content/uploads/2011/05/gcc-map.png

Ilova 2. Sxema
Eron Islom Respublikasi siyosiy tizimi


Manba: http://positivity.files.wordpress.com/2009/05/iran_gov_power_structure-svg.png?w=600


1 Ўзбекистон Республикаси Парламент ҳуқуқи: Ўқув қўлланма/ Масъул муҳаррир: проф. А.Тулаганов. –Т.: ТДЮИ нашриёти, 2006. –Б.21-22.

2 Global Parliamentary Report. The changing nature of parliamentary representation./ This publication results from the partnership between UNDP and IPU. / United Nations Development Programme. – Denmark, 2012. –P.10.

3 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. – Jild 8. –T.: O’zbekiston, 2000. –Б.83.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish