Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti jahon siyosati kafedrasi



Download 1,14 Mb.
bet2/4
Sana24.01.2017
Hajmi1,14 Mb.
#1051
1   2   3   4

Xulosa qilish mumkinki, zamonaviy ko‘rinishdagi parlament institutining shakllanishish tarixiy taraqqiyot davrini boshdan kechirgan. Parlament institutining rivojlanish ildizlari qadimgi Gresiya va Rimdagi xalq yig‘inlariga borib taqaladi. Uning hozirdagi davlat hokimiyatining mustaqil qonunchilik organiga aylanishi bevosita G‘arbiy Yevropa davlatlarida o‘rta asrlarda yuz bergan Uyg‘onish va Reformatsiya jarayonlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda hokimiyat bo‘linish tamoyili va qonun ustivorligi borasida qarashlar ko‘plab olimlar asarlaridan ham aks etgan. Bugungi kunda parlamentarizm jamiyatning murakkab ijtimoiy-siyosiy va huquqiy voqeligi bo‘lib, metodologik asosiga ko‘ra quyidagi muhim jihatlarni qamrab oladi: parlamentarizm real siyosiy-huquqiy institut sifatida o‘zida yagona vakillik va qonunchilik hokimiyatini qamrab oladi.

- parlamentarizm parlament hokimiyatini kengayishiga va parlament hukumatining shakllanishiga olib keluvchi muhim hodisa sifatida e’tirof etiladi.

- paralamentarizm g‘oyaviy-nazariy konsepsiya sifatida parlament va uning jamiyatdagi rolini o‘rganuvchi ilmiy asos sifatida namoyon bo‘ladi.

Ushbu omillar zamonaviy davrda ham parlament, uning hokimiyatlar tizimidagi o‘rnini tadqiq etish ahamiyatli va muhim ekanligini isbotlaydi.


1.2. Yaqin Sharqda parlament instituti rivojlanishining asosiy tarixiy bosqichlari
Bugungi kunda demokratik qadriyatlarning jahon miqyosida yoyilishi, inson huquq va erkinliklariga munosabatning kuchayishi jahondagi ko‘plab davlatlarda ichki siyosatda boshqaruvni liberallashtirish, hokimiyat bo‘linish prinsipiga alohida e’tibor qaratishiga olib kelmoqda. BMTning global miqyosda parlamentlar borasidagi dokladiga ko‘ra, hozirda jahonda 193 ta demokratik tizimdagi davlatlar mavjud bo‘lib, ularda 190tasi bevosita qonunchilik hokimiyati - milliy parlamentiga ega1.

Jahondagi turli mintaqalar qatori Yaqin Sharqda ham parlament institutining vujudga kelishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Mintaqa zamonaviy davrda jahon siyosatida o‘zining geostrategik holati ko‘ra bevosita ichki va tashqi manfaatdor kuchlarining to‘qnashuvi muntazam kuzatiladigan makon sanaladi. Shu bois Yaqin Sharqdagi davlatlarning siyosiy tuzimi, boshqaruv shakli, parlament institutlarining faoliyati o‘rganish mintaqadagi mavjud, tarixan shakllangan an’analar, bugungi kundagi jamiyat hayotidagi barcha sohalardagi o‘zgarish va islohotlarni o‘rganish bilan bevosita bog‘liqdir.

Yaqin Sharq Janubiy-g‘arbiy Osiyo va Shimoliy-sharqiy Afrikagacha yoyilgan hudud bo‘lib, aniq chegarasi o‘rnatilmagan. Shuning uchun bu mintaqa chegarasi turli davrda, turli davlatlar tomonidan turlicha ta’lqin qilinadi. Ba’zan u “Near East”1 atamasiga sinonim tarzda ishlatiladi. Yaqin Sharq ingliz tilida “Middle East” atamasi sifatida 1900 yillar Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirollikda mashhur bo‘lgan.

Slavyan tillarida, xususan, rus tilida Blijniy Vostok, bolgar tilida Blizkaya Iztok, polyak tilida Blizki Wscod, nemis tilida Naher Osten, ammo Fransuz tilida “O‘rta Sharq” ma’nosini beruvchi Moyen Orient, ispan tilida Medio Oriente, italian tilidan Medio Oriente sifatida qo‘llaniladi.

Middle East atamasi 1850 yillarda Britaniya Hindiston Ofisida vujudga keldi va amerikalik dengiz strategi Alfred Mexen tomonidan uni birinchi bor o‘zining 1902 yil sentyabrda Britaniyaning “National Review”sida chop etilgan “Fors ko‘rfazi va xalqaro munosabatlar” nomli maqolasida qo‘llanilgan2.

Biroq ommaviy ravishda Yevropada qo‘llanilishi 1930 yillar oxirida Britaniya Qoxirada joylashgan Yaqin Sharq Boshqaruvi (Middle East Sommand)ni mintaqada o‘z harbiy qo‘shinlarini boshqarish uchun o‘rnatishi bilan bog‘liq. Shu vaqtdan boshlab “Middle East” atamasi Yevropa va AQShda keng ilmiy va rasmiy doiralarda ishlatila boshlandi.

Shu bilan birga “Middle East” atamasi birinchi bor AQSh hukumati tomonidan rasmiy ravishda Suvaysh kanali inqirozi bilan bog‘liq 1957 yilgi Eyzenxauer doktirinasida ishlatila boshlandi. O‘sha vaqtdagi Davlat kotibi Jon Foster Dullas Yaqin Sharqqa quyidagicha ta’rif beradi: “bu hudud g‘arbda Liviya va sharqda Pokiston, shimolda Suriya va Iroq, janubda Arab yarim orolini, plyus Sudan va Efiopiyani ham o‘z ichiga oladi”.

Bugungi kunda AQSh Markaziy Razvedka Agentligining 2008 yil 15 iyunida keltirilgan ma’lumotiga ko‘ra Yaqin Sharqqa quyidagi davlatlar tegishli:

Fors platformasidan Eron; Anatoliyadan Turkiya; O‘rta Yer dengizi mintaqasidan Kipr; Mesopotamiyadan Iroq; Arab yarim orolidan Quvayt, Baxrayn, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan arab amirliklari, Yaman; Livant tekistligidan Isroil, Iordaniya, Livan, Suriya; Shimoliy Afrikadan Misr; Muxtor hudud Falastin1.

Yaqin Sharqda parlament institutining vujudga kelishi va rivojlanishini umumiy asosda o‘rganish murakkab ijtimoiy-ilmiy hodisa sanaladi hamda Yaqin Sharqda parlament institutini rivojlanishini va hozirgi kundagi faoliyatini umumlashtirilgan, tizimli tartibda tadqiq etishni mushkullashtiradi:



Birinchidan, mintaqa davlatlarining boshqaruv shakli va siyosiy rejimi bir-biridan keskin farq qiladi. Misr, Suriya, Iroq (2003 yilgacha) singari mamlakatlarda davlat va hukumat tepasidagi siyosiy elitalarning uzoq vaqt hokimiyatga egalik qilishi, o‘ziga voris tayinlashga intilishi parlamentning siyosiy hayotdagi rolini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi mutloq va cheklangan monarxiyalar mavjud bo‘lib, ularda parlament instituti cheklangan va maslahat kengashi sifati faoliyat yuritadi;

Ikkinchidan, Yaqin Sharqdagi davlatlar o‘rtasidagi nizolar, siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tushkunlik va qashshoqlikning saqlanib qolinishi, diniy va etnik omilning davlatlar ichki siyosatidagi ta’siri, turli g‘ayriqonuniy ekstremistik tashkilotlarning davlat boshqaruvi va parlamentga ta’sirining mavjudligi;

Uchinchidan, Yaqin Sharqning boy energetik resusrlari1, qulay transport koridor ekanligi mintaqa davlatlariga nisbatan tashqi kuchlarning surunkali siyosiy bosimlariga, mamlakatlar ichki ishlariga aralashishlariga turtki bo‘lmoqda.

Bizningcha, tarixiy jihatdan Yaqin Sharq davlatlaridagi parlament institutlarining rivojlanishni tahlil etgan holda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:



Birinchi bosqich. XIX asr o‘rtalaridan Birinchi jahon urushiga qadar. Bu davrda asosan Yaqin Sharq davlatlari Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lib, Yevropadagi yetakchi davlat o‘rtasida mintaqa davlatlari ustidan nazorat o‘rnatish siyosati yuz berayotgan edi. Bundan tashqari ko‘pgina Yaqin Sharq davlatlari feodal va yarim feodal tuzimda edi. Bu davrda Yaqin Sharqda hukumron hisoblangan Usmoniy imperiyasida sulton vakolatlarini cheklash, Konstitutsion boshqaruvni tashkil etish borasida qarashlar shakllana boshlagan. 1976 yil 23 noyabrda Usmoniylar imperiyasida birinchi konstitutsiya davri boshlanib, 1878 yil 13 fevralda sulton Abdulhamid II tomonidan parlamentni tarqatib yuborilishi bilan barham topgan. Birinchi Konstitutsion davrida mamlakatda konstitutsiya qabul qilindi, biroq hech qanday partiyaviy tizim shakllantirilmadi. Parlamentga nisbatan faqatgina xalq ovozi sifatida qaralgan va institusional jihatdan to‘liq shakllantirilmagan.

Parlament ikki palatali ko‘rinishida bo‘lgan. Birinchi palata Vakillik palatasi ("Meclis-i Mebusan") bo‘lib, yuqori palata Senat ("Heyet-i Ayan") hisoblangan. Bundan tashqari ma’muriy birliklar qoshida parlament shaklidagi mahalliy xalq kengashlari -"Meclis-i Umumi” – tashkil etilib, ular markazdagi quyi palataga o‘z vakillarini jo‘natishgan. Quyi palata - "Meclis-i Mebusan" 115 nafar a’zodan iborat bo‘lgan. Ulardan 69 nafarini musulmonlar, 46 nafarini boshqa din vakillari tashkil etgan. Yuqori palata – “Heyet-i Ayan” a’zolari bevosita mamlakat sultoni tomonidan tayinlangan. Parlamentga saylov yilda bir morataba o‘tkazilgan1.

Bu davrda Usmoniylar boshqaruv tizimi haqiqiy vakillik tizimdan ko‘ra boshqaruvning “Konstitutsion monarxiya” shakliga yaqinroqdir2.

So‘ngra Turkiyada ikkinchi Konstitutsional davr vujudga keldi. Ikkinchi davr 1908 yil Yosh turklar inqilobi natijasidan boshlanib, 1918 yil 13 noyabrdagacha, Birinchi jahon urushi davrida Istanbulning istilo etilishi bilan yakunlandi. Sulton Abdulhamid II Konstitutsion monarxiyani qayta tiklashga majbur bo‘ldi. 1908 yil 3 iyulda parlamentni qayta chaqirdi. 275 o‘rindan iborat parlamentga turli diniy-etnik birliklardan deputatlar saylandi. Bunda turklar 142 o‘ringa, arablar 60 o‘ringa, albanlar 25 o‘ringa, greklar 23 o‘ringa, armanlar 12 o‘ringa, yaxudiylar 5 o‘ringa, bolgarlar 4 o‘ringa va serblar 3 o‘ringa ega bo‘lishgan.



Ikkinchi bosqich. Yaqin Sharqdagi davlatlar Birinchi jahon urushi natijasida g‘arb davlatlari ta’siriga tushib qolishdi. 1916 yil may oyidagi Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi mintaqa davlatlari ustidan proteksionizmni joriy etish borasida tashqi ishlar vazirlari tomonidan Sayks-Pikot Shartnomasi (SYKES-PICOT AGREEMENT) imzolandi. Mazkur shartnomaga binoan Britaniya va Fransiya Yaqin Sharqni o‘zaro bo‘lib olishdi. 1930 yillar oxirida Britaniya Qoxirada Yaqin Sharq boshqaruv shtabini joriy etdi3. Bu esa Usmoniylar imperiyasi davriga qaraganda Yaqin Sharq davlatlarida parlament instituti shakllanishini nisbatan jonlantirdi.

Uchinchi bosqich. Bu bosqich Ikkinchi jahon urushidan so‘ng bugungi kungacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, Yaqin Sharqdagi barcha davlatlar o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritadi. Natijada Konstitutsional monarxiyalar vujudga kelib, ularda parlament roli o‘sib borgan. 1953 ilgacha Misr,1957 yilgacha Tunis, 1962 yilgacha Yaman, 1971 yilgacha Liviya, Makorash, Iordaniya va Baxrayn Konstitutsion monarxiya sifatida mavjud bo‘lgan.

Konstitutsion monarxiya va respublikalarda milliy paralamentlar tashkil etilib, qonunchilik hokimiyati sifatida shakllangan. Saudiya Arabistoni, Ummon mutloq monarxiya sifatida shakllangan. Ularda parlamentarizm monarxning mutloqligi bilan xarakterlangan. Xususan, XX asrning 90 yillari oxiriga kelib, Saudiya Arabistonida parlament tipidagi, bugungi kunda 90 a’zoga ega Sho‘rolar Kengashi tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi qonunchilik ijodkorligi emas, balki monaxrga davlat va jamiyat qurilishida o‘z tavsiyalarini beruvchi maslahat organi hisoblanadi.

Livanda esa hokimiyat boshqaruvining diniy-konfessional tartibi joriy etildi. Xuddi shunday tartibotni bugungi kunda Iroqda ham kuzatish mumkin. Davlat rahbari sifatida kurd vakillari, huqukumat rahbari sifatida shia vakillari, parlament spikeri sunniy oqimdagi vakillaridan iborat.

Ikkinchi jahon urushidan to 1990 yillargacha Yaqin Sharq davlatlarida yuz bergan surunkali davlat to‘ntarishlari (Mirs, Suriya, Yaman, Eron, Iroq va b.), hokimiyat uchun kurashlar, siyosiy beqarorlik, Misr, Suriya kabi davlatlardagi konstitutsiyalarning qayta-qayta qabul qilinishi parlament faoliyatidagi asosiy to‘siqqa aylangan.



Bundan tashqari 2011 yil fevral oyida boshlangan “Arab bahori” natijasida Yaqin Sharq mintaqasidagi bir qator davlatlarda siyosiy boshqaruv tuzimi o‘zgardi, konstitutsiyalariga qo‘shimchalar kitirildi va yangi tahrirda qabul qilindi, parlament qayta shakllantirildi. Bu o‘rinda diniy omil – islomning roli, hokimiyatga ta’siri ham o‘zgardi. Diniy g‘oyalarga asoslangan partiyalarning jamiyatga ta’siri o‘sib bordi. Hozirda vaqtda mo‘’tadil islom g‘oyalariga asoslangan siyosiy partiyalarning davlat siyosiy hayoti va siyosiy strukturalarga nisbatan ishtirokiga ko‘ra ularni uchta modelga ajratish mumkin:

Birinchi model, sobiq g‘arb yo‘nalishidagi davlatlarda (Misr, Tunis) mo‘’tadil islom g‘oyalariga asoslangan partiyalar tomonidan yangi siyosiy tizimning shakllantirilishi: Misrda – Ozodlik va adolat partiyasi, Tunisda – En-Naxda partiyasi.

Ikkinchi model, monarx va mo‘’tadil islom partiyasi o‘rtasida hamkorlikning shakllanishi. Ushbu holat Marokashda vujudga kelgan va boshqa davlatlarga qaraganda bu yerda mo‘’tadil islom partiyalari kuchli ta’sirga ega bo‘ldi. Parlament saylovlarida “Adolat va taraqqiyot” partiyasi g‘alaba qozonib, partiya bosh kotibi A.Benkiran qirol tomonidan Marokash Bosh vaziri etib tayinlandi1. Bu arab dunyosida boshqaruvning yangicha shakli bo‘lib, qirol tomonidan keng ko‘lamda islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. AQShlik ekspertlar, Karnegi instituti Yaqin Sharq dasturi direktori M.Otava va institut vise-direktori M.Muashera arab monarxiyasidagi ushbu holatni boshqaruvning yangicha modeli sifatida e’tirof etishgan2.

Uchinchi model, islomiy partiyalar hukumatga nisbatan oppozision kuchga aylanib, mamlakatdagi barcha hukumatga nisbatan oppozisiya turgan partiyalarni o‘z atrofida birlashtirib, yagona - markaziy rolni o‘ynamoqda. Bunga misol qilib, Suriyani keltirish mumkin. Mamlakatda “Musulmon birodarlar” harakati B.Asad boshqaruvidan norozi bo‘lgan kuchlarni birlashtirgan va hukumatga qarshi chiqmoqda. 2012 yild Jazoirda o‘tkazilishi rejalashtirilgan parlament saylovlaridan oldin “Fuqarolik jamiyat va tinchlik uchun Islom harakati” nomi ostidagi islomiy partiya mamlakatdagi barcha oppozision guruhlar va jamoat tashkilotlarni o‘zida birlashtirishga intilmoqda Ushbu yo‘l orqali Jazoirdagi Buteflikaning harbiy diktaturasigi qarshilik ko‘rsatishda yagona markazlashgan kuchga aylanib bormoqda3.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Yaqin Sharq mintaqasida parlament institutining shakllanishi, asosan XX asrning 30-40 yillaridan boshlangan. Biroq, bu o‘rinda Usmoniylar imperiyasi davridagi Turkiya mustasno bo‘lib, o‘sha davrda mamlakatda garchi yarim feodal tartibot mavjud bo‘lishinga qaramay sulton Abdulhamid II boshqaruv davrida parlament sharkllantirilgan. Mazkur jarayonda mintaqadagi islohotlar o‘tkazish tarafdorlarining vujudga kelishi jamiyat va davlat boshqaruviga katta ta’sir o‘tkaza olgan deyish mumkin. Misrda Jaloliddin Al-Afg‘oniy, Rashid Rido, Muhammad Abdular islohotchilik harakatlari, “Yosh turklar faoliyati” shular jumlasidandir.

Boshqa mintaqalarga qaraganda Yaqin Sharqda parlament institutining shakllanishida, uning faoliyatida diniy omilning o‘sib borayotganligini kuzatish mumkin. Ko‘plab islom dini g‘oyalari asoslangan partiyalar, harakatlar mamlakat parlamentida yetakchi o‘ringa ega bo‘lishgan. Falastinda 2006 yil parlament saylovlarida “XAMAS” tashkiloti vakillari ko‘p o‘ringa ega bo‘lib hukumatni shakllantirishi, “Musulmon birodarlari” tashkilotining Misrdagi parlament va prezidentlik saylovlari o‘z nomzodini qo‘yishi, Suriyadagi markaziy oppozision kuchga aylanishi bunga misol bo‘la oladi.

Mazkur omillar Yaqin Sharq mintaqasida ma’lum ma’no hukmron elita tomonidan boshqaruvni liberallashtirish, mutloq monarxiyalarda parlament shaklidagi organlarni tashkil etishga, parlament va hukumat ishlarida ayollar ishtirokiga ham yo‘l ochib berishga olib kelmoqda hamda mintaqada parlament institutining to‘liq shakllanishi murakkab davrni boshdan kechirayotganligini ko‘rsatadi.
2-BOB. YAQIN SHARQ PARLAMENT INSTITUTI RIVOJLANISHINING YUTUQ VA MUAMMOLARI
2.1. Misr va Suriya prezidentar respublikalarida parlament shakllanishining xususiyatlari
Yaqin Sharqdagi parlament institutini tahlil etishda mintaqada nisbatan rivojlangan Misr va Suriya davlatlarining muhim ahamiyatga ega, ikki davlat 1958-62 yillarda yagona Birlashgan Arab respublikasi nomi ostida yagona davlatga birlashishgan. Shu bilan birga Misr G‘arb davlatlarining Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchilaridan biri bo‘lsa, Suriya G‘arb davlatlari bilan munosabatlarda keskinlik mavjud bo‘lgan davlat hisoblanadi.

Misrda ilk parlament instituti tarixan 1866 yilda tashkil etilgan. O‘zining 135 yillik tarix davrida 32 marataba qayta saylangan. Dastlab deputatlar soni 75tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 458tagacha soni ortgan.

1805 yilda Usmoniylar imperiyasining Misrdagi voliysi Muhammad Ali va Al-Azhar ulomolari mamlakatda yangi norozilik jarayonini boshlashadi. Buning natijasida Muhammad Ali ma’muriy boshqaruvda yangi institutlarni joriy etishga intiladi. 1824 yilda Yuqori Kengash ta’sis etiladi. U vakillik kengashi bo‘lib, aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi. Dastlab ular soni 24 bo‘lib, keyinchalik 48 taga oshiriladi. 1825 yil yanvar oyida uning huquqiy maqomi belgilab beriladi. O‘rnatilgan maqomga ko‘ra Yuqori kengash vazifasi ichki siyosatda Muhammad Ali tomonidan joriy etilayotgan olib borilayotgan masalalarni muhokama qilish iboratt bo‘ladi1.

1829 yili Yuqori kengash o‘z vazifalari Maslahat kengashi tashkil etish orqali unga topshiradi. Maslahat kengashi davlatning yuqori manchabdorlari, ulomalardan tashkil topadi. Kengash boshqa mamlakatlardagi parlament singari 156 a’zodan iborat bo‘lib, 33 tasi yuqori mansabdor shaxslar va ulomalardan, 24 tasi ma’muriy birlik vakillaridan va 99 tasi aholi tomonidan saylangan Misr dignitariesdan iborat bo‘lgan. Kengash o‘z sessiyalarini ta’lim, ma’muriy va jamoat ishlari bo‘yicha qanday tavsiyalari berishni hal etishgan. 1837 yil Muhammad Ali Davlat asosiy qonunini qabul qiladi. Asosiy qonunga binoan Maslahat kengashi Maxsus qonunchlik kengashi va Umumiy qonunchilik kengashiga ajratiladi. Shu bilan birga 7 vazirlik portfeliga ega Vazirlar kengashi tashkil etiladi1.

Britaniya tomonidan 19 asr o‘rtalarida Misrning bosib olinishi 1883 yilda yangi Asosiy qonunning qabul qilinishiga sabab bo‘ldi. Mazkur Qonun Misr parlamentini ikki palatali shakllantirilishini belgilab berdi: Qonunchilik bo‘yicha Maslahat kengashi va Bosh Assambleya.

Qonunchilik bo‘yicha Maslahat kengashi 30 a’zodan iborat bo‘lib, 6 yillik muddatga saylanadi. Deputatlardan 14 tasi, jumladan, Spiker va uning ikki o‘rinbosari tayinlanadi va 16 nafari saylanadi. Bosh Assambleya 83 a’zodan iborat bo‘lib, 46 nafari saylanadi va qolganlari hukumatning sobiq amaldorlaridan tashkil topishi belgilab berildi.

1923 yil Misr rasmiy ravishda o‘z mustaqilligini e’lon qildi, milliy konstitutsiyasini qabul qildi. Siyosiy voqelikda bu davrda mamlakatda Angliyaning nazorati o‘rnatilgan edi. 1923 yilda mamlakat Konstitutsiya qabul qilinib, unda qirollik boshqaruvi ko‘ppartiyaviyli va liberal demokratik tamoyillarga asosilanishi bayon etilgan. Ilk partiyalar yashirin jamiyatlardan iborat bo‘lib, keyinchalik siyosiy partiya sifatida o‘zlarini namayon eta boshladilar. Konstitutsiya ko‘ra Misr parlamenti ikki palatali: Senat va Vakillar palatasi sifatida tashkil etildi. Vakillar (qonunchilik palatasi)dagi barcha deputatlar besh yil muddatga saylanishi va Senat a’zolarining 3/5 qismi saylanishi qolganlari tayinlanishi belgilab berildi.

Vakillar palatasiga 1952 yilgi davlat to‘ntarishiga qadar 4 marotaba saylovlar bo‘lib o‘tgan va unda deputatlar soni oshirilib borilgan. Tashqi kuchlarning mamlakat ichkarisiga keskin aralashuvi, qirol atrofidagi konservativ kuchlar mavjudligbuning asosiy sababi edi. 1923-1952 yillarda 40 marotaba hukumatning o‘zgartirilishi buning isboti sanaladi1.

1951 yil Mirs parlamenti 1936 yil Buyuk Britaniya bilan imzolangan ingliz-misr shartnomasidan bir tomonlama chiqdi. 1952 yil “Ozod ofiserlar” harbiy vatanparvar tashkiloti Jamol Abdul Nosir boshchiligida davlat to‘ntarishini amalga oshirib, monarxiya o‘rniga respublika tizimini joriy etishdi.

1961 yil o‘rtalarida Misrda inqilobning ikkinchi davr iboshlandi. Unda 1964 yil Muvaqqat konstitutisiya qabul qilindi va mamlakat “sotsialistik demokratik davlat” deb e’lon qilindi. 1971 yilga kelib mamlakatda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unda mamlakat oliy organi sifati Xalq kengashi belgilanib, davlat rahbari sifatida Prezident huquqiy maqomi mstahkamlandi. Garchi konstitutsiya mamlkat sotsialistik tamoyillarga asoslanishi qayd etilgan bo‘lsada, 1970 yil o‘rtalaridan kapitalistik yo‘nalishda rivojlana boshlandi. Bugungi kunda Misr parlamenti ikki palatadan iborat bo‘lib, katta vakolatlar ega. 1971 yilgi konstitutsiyaga binoan parlament Hukumatni nazorat qilish, respublika prezidentini istefoga chiqarish vakolatiga ega2.

Mirs konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament ikki palatadan iborat etib belgilangan. Quyi palata – Xalq assambleyasi (Medjlis Ash-Shaab) 518ta deputatdan iborat bo‘lib, 508tasi mojaritar tizimi asosida saylanadi qolgan 10tasi prezident tomonidan tayinlanadi. Quyi palata besh yil muddatga saylanadi, 1990-2011 yillardan Fatxi Surur quyi palata spikeri vazifasini bajargan. “Arab bahori”dan oldin so‘nggi saylov 2010 yil 5 dekabrda amalga oshrilgan bo‘lib, parlamentda Xusni Muborak rahbarligidagi Milliy demokratik partiya 80%ga yaqin o‘rinlarni qo‘lga kiritgandi3. “Musulmon birodarlari” faollarining saylovda ishtirok etishi taqiqlangan edi. Yangi Vafd partiyasi saylovda ishtirok etishdan bosh tortdi. Prezident X.Muborak hokimiyatdan ketganidan so‘ng qayta demokratik saylovlar o‘tkazilishi 2012 yil may oyiga qoldirildi.



Yuqori palata - Sho‘rolar majlisi (Medjlis Ash-Shura) 264 ta a’zodan iborat bo‘lib, ular 6 yil muddatga saylanadi. Misrda parlament har to‘qqiz oyda chaqirtiriladi va favquloddagi holatlarda prezident navbatdan tashqari parlamentni chaqirishi mumkin.

Aytish mumkinki, Misrda 2011 yil boshlagan xalq noroziligi va Xusni Muborak hukmronligining barham topishi mamlakatda o‘tish davri hukumatini shakllanishiga olib keldi. Bugungi kunda mamlakat konstitutsiyasini qayta qabul qilish yoki unga tuzatishlar kiritish asosiy masalaga aylandi. 1971 yilgi konstitutsiyada prezidentlik maqomi kuchli e’tibor qaratilgan, va hokimiyat boshqa institutlari vakolatlari bilan muvozanat mavjud emasligi kuzatish mumkin1.



2011 yil 19 mart kuni Misrda konstitutsiyaga tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Unda quyidagi masalalar aks etganligini kuzatish mumkin2:

  • Misr prezidenti vakolati ikki marta ketma-ket to‘rt yilga saylanish mumkinligi bilan cheklash;

  • Prezident faqatgina Misr fuqarosi bo‘lishi lozimligi;

  • Prezident xorijlik ayol bilan oila qurmagan bo‘lishi kerakligi;

  • Prezident saylanganligidan e’tiboran 60 kun ichida Vise-prezidentni tayinlash zarurligi;

  • Prezidentlikka nomzodlarning qayd etish talablarini qisqartirish – mazkur jarayonda talabgor 15 gubernatorlikdan 30 ming fuqaro yoki parlamentdan 30 deputat imzosini yo‘g‘ish talab etiladi. Parlamentga partiyalar tomnidan taqdim etilayogan nomzodlaning avtomatik tarzda qayd etilishiga ruxsat berish.

  • Saylov jarayonlariga sudlar nazorati joriy etildi;

  • Favqulodda holatlarda qo‘llaniladigan chora-tadbirlarga o‘zgartirishlar kiritish;

Bundan tashqari Misr konstitutsiyasining 79 moddasiga binoan terrorizm tahdidiga qarshi kurash borasidagi maxsus vakolat bekor qilindi. Referendumda ovoz beruvchilarning 77%i o‘zgarishlarni yoqlab chiqdi, 22.7%i bunga qarshi chiqdi. Hozirda Misrda parlament faoliyati mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.

Suriya 1946 yil 17 aprelda o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, kuchli prezidentlik institutiga ega Yaqin Sharq mintaqasi markazida joylashgan davlat. Suriyada parlament instituti turli siyosiy o‘zgarishlar natijasida takomillashib borgan. Bu o‘z rivojlanish xususiyatiga ko‘ra bir qator davrlarni qamrab oladi:

Kongress va Konstitutsion kengash davri: 1920-1946. Suriyada parlament institutining shakllanishi Birinchi jahon urushidan keyingi davrga ya’ni 1919 yilga borib taqaladi. Dastlabki parlament xalq vakillaridan iborat Kongress shaklida bo‘lgan. Mazkur yili ilk bor mamlakatda xalq vakillaridan iborat Kongress chaqirildi. Kongress 1920 yil 8 mart kuni Suriyaning o‘z hududi doirasida mustaqil davlat deb e’lon qildi. Shuningdek, tashqi kuchlar aralashuvi, Balfur deklaratsiyasi, fransuz mandatini rad etdi va milliy konstiutsiyani yaratish borasida o‘z tashabbuslarini bildira boshladi. 1928 yillarda Suriyada g‘arb qadriyatlari ta’sirida Konstitutsion kengashi tashkil etildi. Dastlab Fransiya tomoni milliy Kengashni tashkil etilishini ma’qulamagan. Ammo mamlakatda Fransuz mandatidan narozi millatchilik natijasida Fransiyaning mamlakatdagi Oliy komissari Genri Bonsu ularning talabi asosida 1925 yilda Vakillik kengashini tashkil etishga majbur bo‘ldi. Shayx Toj Al-Din Al-Xusayni tomonidan xukumat shakllantirilib, yangi hukumat birinchi vazifasi Konstitutsion kengashni tashkil etish va yangi konstitutsiyani ishlab chiqishni amalga oshirishga intilgan. 1928 yil 10 va 24 aprelda Kengashga saylovlar o‘tkazildi. 1928 yil 9 iyunda mamlakatni 115 moddadan yangi konstitutsiyasi loyixasi ishlab chiqilib, uning muhokamasi o‘tkazildi. 1930 yil 28 mayga kelib tayyor konstitutsiya loyihasi qabul qilinishi keyingi saylovga qoldi va shu bilan Konstitutsion kengash davri nihoyasiga yetdi1. Keyinchalik 1931 yil saylov asosida Vakillik kengashi tashkil etildi. Vakillik kengashining 1933 yilda Fransiyaning mamlakatdagi boshqaruv organi Oliy Komissariat bilan shartnoma imzolashni rad etishi, Vakillik kengashini muntazam va doimiy faoliya yuritishi cheklab qo‘yildi. Bu holat Ikkinchi jahon urushi so‘nggiga qadar davom etdi2.

Beqarorlik davri: 1949-1961 yy. Asosiy xususiyat Suriyada bir qator to‘ntarish amalga oshirilishi va davlat organlirining falaj axvolga keltirilganligi bilan xarakterlanadi. Suriyada ilk bor harbiy to‘ntarish Xusni Al-Zamon tomonidan 1949 yil 30 martda amalga oshrilgan. Bu davr 1961 yilga qadar davom etgan. Unda jami besh marta davlat to‘ntarishlari uyushtirilgan. Natijada xalq vakillaridan iborat parlament roli davlat va jamiyat hayotida past darajada bo‘lgan. Bu davrdagi parlamentning yana bir jihati, asosan mamlakat yangi konstitutsiyasini ishlab chiqish borasida chaqirtilgan3.

1950 yil 5 sentyabrda Suriyada yangi konstitutsiya qabul qilinib, boshqaruvning parlamentar shakli joriy etildi. Biroq siyosiy beqarorlik tufayli mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi va konstitutsiyaga amal qilish to‘xtatildi. 1952 yil aprelda siyosiy partiyalar faoliyati ham taqiqlandi. 1953 yil referendum oqibati yangi konstitutsiya qabul qilindi.



Saylov va vakillik kengashi davri – 1961-63 yy. bu davrda Suriya Misr bilan yagona Birlashgan Arab Respublikasiga birlashib, Suriya – “Shimoliy hudud” deb nomlangan. 1958 yil 21 fevralda Suriyada Misr bilan yagona davlatga birlashish uchun referendum o‘tkazildi va Birlashgan Arab Respublikasi tashkil etildi. Bu nafaqat palament faoliyati balki mamlakatda iqtisodiy inqiroz davri ham hisoblanadi. Siyosiy yetakchilarning bu davrdagi asosiy xatosi millatni birlika chorlovchi g‘oyalarga asoslangan xalq partiyalar tugatilib, uning o‘rniga Misr va Suriyada yagona Milliy ittifoq partiyasi tashkil etilgan, uning aksariyat a’zolari shaxsiy manfaatlarini milliy manfaatlardan ustun qo‘ygan shaxslar edi. Natijada bugungi kunda arablar o‘rtasidagi birlikka to‘siq bo‘lgan milliy ayirmachilik harakatlarini vujudga keltirdi. Mazkur harakat vakillari Millat kengashini shakllantirish va unga saylovlar o‘tkazishga intildilar, biroq hukumat tomonidan 1962 yil 28 martda Kengash tarqatib yuboriladi.

Inqilob Milliy kengash davri: 1965-661 yy.: Suriyada 1963 yil 8 martda inqilob yuz berdi. Bu inqilo Arab Sotsialistik Baas partiyasi tomonidan amalga oshirilib, mamlakatni rivojlani, qayta tiklanish va taraqqiy etishidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandi. Partiyaning ushbu maqsadlari keng xalq ommasi tarafidan qo‘llab quvvatlandi.

Baas va X.Asad rejimi: 1971-2000 yy. Suriyada surunkali davlat to‘ntarishlari natijasida 1970 yil noyabr oyida Baas partiyasi harbiylarning o‘ng qanoti yetakchisi Xofiz Asad hokmiyat tepasiga keldi. Uning davri 2000 yil 10 iyunga qadar davom etdi. 1973 yilgi mamlakat konstitutsiyasiga binoan mamlakat boshqaruvida kuchli prezidentlik instituti shakllantirildi, Baas partiyasining yetakchi mavqei ta’minlandi. Mamlakat rivojlanishning sotsialistik yo‘nalishi amalga oshirila boshlandi. Konstitutsiyaning 8-moddasida Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi – Baas, “jamiyat va davlatning boshqaruvchi kuchi” deb e’tirof etilgan.

2000 yil 10 iyunda X.Asad vafot etdi. Uning vorisi B.Asad hokimiyatga keldi. Biroq B.Asad boshqaruvini qonuniylashtirish uchun konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritildi. Yosh senzi 34 yoshga tushirildi. 2000 yil 10 iyulda 97.3% saylovchilar buni qo‘llab-quvvatladi2. Bu esa bugungi kunga qadar davom etayotgan B.Asad rejimini boshlab berdi.



Zamonaviy davr: davlat boshqaruv shakli. Suriya bugungi kunda ko‘ppartiyali respublika hisoblanadi. Biroq amaldagi 1973 yil qabul qilingan Konstitutsiyaga binoan Suriyadagi barcha pariyalar mamlakatda sotsialistik tartibda shakllantirishni o‘z dasturlarida aks ettirganlar. Suriya konstitutsiyasida Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi (Baas)ning yetakchilik roli mustahkamlab berilgan.

Davlat rahbari – Prezident. Prezident Baas partiyasi bosh kotibi hisoblanadi. 1973 yilgi mamlakat konstitutsiyasining 84 moddasiga binoan prezident nomzodi Baas partiyasi tomonidan ilgari surilishi qayd etilgan1.

Prezident 7 yil muddatga saylanadi, shu bilan birga qayta saylash miqdori cheklanmagan. Preziden Vazirlar kengashini tayinlash, qonunlarni imzolash, amnisiya e’lon qilish, shuningdek,. Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish vakolatiga ega. Prezident mamlakat tashqi siyosatini olib borish va qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Bundan tashqari Suriya prezidenti albatta musulmon bo‘lishi, biroq islomni davlat dini deb belgilamasligi lozimligi belgilangan2.

Suriyada qonunchilik hokimiyati Xalq kengashi (arab. مجلس الشعب‎‎ — Medjlis ash-Shaab).deb nomlanadigan bir palatali parlament tomonidan amalga oshriladi. Parlament bir palatali, 250 deputatdan iborat bo‘lib, 4 yil muddatga saylanadi. 1970 yillardan boshlab Baas partiyasi parlamentga o‘tkazilgan saylovlarda asosiy o‘rinni egallab kelgan. 2007 yil 22 aprelda mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovlarida Bass partiyasi mutloq ko‘pchilikning 164 mandatga ega bo‘ldi. Qolgan 10 ta partiya o‘rtacha 1-8 tagacha deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishdi3.

1973 yilgi konstitutsiyaning 73 moddasiga ko‘ra Xalq kengashi quyidagi vakolatga ega4:

1) Respublika prezidenti nomzodini ko‘rsatish; 2) qonunlarni qabul qilish; 3) hukumat siyosatini muhokama etish; 4)mamlakat byudjeti va rivojlanish dasturlarini tasdiqlash; 5) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish; 6) umumiy amnisiyani tasdiqlash; 7) Kengash a’zolarining ishdan bo‘shatilishini tasdiqlash yoki rad etish; 8) hukumat yoki vazirlarga ishonch bildirishdan bosh tortish.

Ma’lumki, 2011 yil mart oyidan boshlab mamlakatda boshlangan tartibsizliklar Suriya hukumatidan yangi konstitutsiya qabul qilish, “sotsialistik davlat”, “rejali rivojlani dasturi” singari normalarni olib tashlash, asosiy partiya sifatida Baasning vakolatlarini cheklash singari me’yorlarni bekor qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. 1973 yilgi konstitutsiyaning 1-moddasida Suriya “suveren sotsialisti xalq demokratik” respublikasi deb e’lon qilingan. Shuningdek, konstitutsiyaning 8-moddasida Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi – Baas, “jamiyat va davlatning boshqaruvchi kuchi” deb e’tirof etilgan. Endilikda tartibsizlik vakillari Suriyaning haqiqiy demokratik tizimga o‘tishi borasida qator talablar bilan bilan chiqa boshlashdi. Natijada Suriya rahbariyati 2012 yil 26 fevralda nisbatan demokratik prinsipar asosida tuzilgan konstitutsiya qabul qilish borasida referendum o‘tkazishga qaror qilishdi1.

2012 yil 26 fevralda o‘tkazilgan referedumda yangi konstitutsiya loyihasini ovoz beruvchilarning 89.4%i ya’ni 7.49 mln. saylovchi qo‘llab-quvvatladi. Bu mamlakat ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohim al-Shaar bayon qilgan. Biroq, yetakchi g‘arb davlatlari namoyishchilarni tinchlantirish uchun ko‘riladigan vaqtinchalik chora deb baholab, ovoz berish sohtalashtirilganligini bayon etishgan. Hozirda yangi konstitutsiya ustidan Prezident B.Asad tomonidan tayinlangan 29 nafar mas’ullar faoliyat yuritmoqda. Unga ko‘ra konstitutsiyadagi asosiy o‘zgarishlar quyidagilarni qamrab oladi:



Birinchidan, konstitutsiyada yetakchi Baas partiyasi maqomini belgilab bergan har qanday me’yorlar olib tashlanadi. Partiyaviy plyuralizm shakllantirilishi nazarda tutildi. Diniy va etnik paratiyalarni tuzish taqiqlandi.

Ikkinchidan, Prezidentga nomzodlarning minimal yosh senzi 34-40 yosh deb belgilangan. Prezident vakolat muddati 7 yil bo‘lib, u cheklanmagan tartibda qayta saylanish huquqiga ega edi. Endilikda ikki muddatdan ortiq qayta saylash mumkin emasligi belgilab berildi. Shu bilan birga Prezident Suriya fuqarosiga uylangin bo‘lishi va kamida mamlakatda 10 yil muqim istiqomat qilgan bo‘lishi lozim;

Uchinchidan, Prezidentlikka nomzod hozirda parlamentning 25% ini tashkil etuvchi deputatlar tashabbbusi bilan kiritulishi mumkin. Ilgari nomzod faqatgina boshqaruvchi yetakchi partiya tomonidan amalga oshirilardi. Endilikda ikki yoki uch nomzod ko‘rsatilmaguncha prezidentlikka saylovlar o‘tkazilmaslik tartibi joriy etiladi;

To’rtinchidan, konstitutsiyadan ilgargi 12, 13, 21, 23, 24 va 46 moddalar butunlay olib tashlandi. Ularda asosiy e’tibor sotsializmga qaratilgan bo‘lib, “sotsialistik iqtisodiyot”, “rejali dasturlar”, “sotsialistik jamiyat”, “sotsialistik g‘oyalar asosidagi ta’lim”, “sotsialistik qadriyatlar” singari tushunchalar mavjud bo‘lib, ular o‘rnini “inson huquqlari” va unga oid me’yorlar egalladi;

Shu bilan birga yangi konstitutsiya loyihasi Suriyada kuchli prezidentlik institutini saqlab qoldi1:



  • Prezidentni hukumatni shakllantirish borasidagi vakolatlari cheklanmadi. Parlamentda ko‘p ovoz olgan partiya tomonidan hukumat tuzilishiga oid me’yorlar kiritilmadi (95-modda);

  • Prezident oliy davlat rahbari sifatida yuridiksiyadan tashqarida ekanligi qayd etildi; Bunday holatda “davlatga xiyonat” sharoiti yuz bersagina parlament tomonidan o‘z vazifasidan ozod qilinish va faqatgina Oliy Konstitutsion Sud tomonidan sud qilinishi belgilab berildi (91-modda);

  • Prezident o‘zida Oliy Konstitutsion Sud sudyasini tayinlash vakolatini saqlab qoldi. Tayinlangan sudyaning parlament tasdig‘isiz qasamyod qilish tartibi bekor qilinmadi.

Umuman olganda, Mazkur xolat hokimiyat bo‘linish tizimida parlamenti vakolatlari kuchli Prezidenlik instituti qaror topishi sharoiti cheklanganligini anglatadi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish