6.1 Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi
Mutaxassislar tayyorlaydigan tayanch kafedralar tashkil etiladigan malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazishdan maqsad – ishning DAK oldidagi himoyaga qay darajada tayyor ekanligini nazorat qilishdan iborat. Malakaviy ishning dastlabki himoya tartibi tayanch kafedra tomonidan aniqlanadi. Xuddi shunday, u kechiktirilmasdan, DAK oldidagi himoyadan 3 xafta oldin o’tkaziladi.
Dastlabki himoyada talaba bitiruv malakaviy ishni to’liq (biroq muqovalanishi shart emas) varianti hamda o’zining ilmiy-izlanish va amaliy faoliyatining ko’rgazmali natijalari va ma`ruzalari ilova qilingan qo’shimcha materiallarni taqdim etadi.
Agar talabaning ma`ruzasi va bitiruv malakaviy ishning tayyorgarlik sifati kafedra mudiri va professor-o’qituvchilari tomonidan past baholansa, bunda kafedra yig`ilishida ishtirok etayotgan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda uning himoya muddatini keyingi yilga o’tkazish to’g`risida qaror qabul qilish mumkin.
Kafedradagi dastlabki ximoyadan so’ng fakultet dekani talabani himoya qilishga ruxsat etilishi to’g`risida buyruq tayyorlaydi.
bitiruv malakaviy ish kafedradagi dastlabki himoya jarayonida talaba tomonidan qabul qilingan kamchilik va tavsiyalar hisobga olingan holda oxirgi marta qayta ishlangandan so’ng ilmiy rahbar 9-ilovada ko’rsatilgan shaklda unga alohida yakuniy xulosa tayyorlaydi. Ilmiy rahbar xulosasida tanlangan mavzuning dolzarbligi; bitiruv malakaviy ish mazmuni qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishligi; uning ilmiy-amaliy axamiyati; talaba mustaqil faoliyat yuritishining namoyon bo’lish darajasi; foydalanilgan manbalarning ko’pligi; talabaning adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmasining mavjudligi; statistik materiallarni hisoblash, tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni diagramma va jadval shaklida tayyorlash; ilmiy izlanish jarayonida qo’llanish uchun tanlangan metodlarni asoslash; mustaqil ravishda ilmiy va amaliy xulosalar tayyorlash ko’nikmasi; tadqiqot natijalari, shuningdek, chiqarilgan xulosa va tavsiyalarning qiymati; ilmiy-ma`lumotlar qismining to’g`ri rasmiylashtirilganligi; ish rasmiylashtirilishining sifati va madaniy darajasi, matnning xatosiz yozilishi va undagi mantiq masalasi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
bitiruv malakaviy ish kasbiy tayyorgarlik darajasining yakuniy baholanishi – bu uning Davlat ta`lim standarti talabalariga mos kelishi hamda ilmiy rahbarning DAK oldidagi himoyaga ruxsat etilishi to’g`risidagi xulosasi hisoblanadi. Ilmiy rahbar bitiruv malakaviy ishning yozilishi va rasmiylashtirilishi bo’yicha talaba mehnati natijalarini faqat sifat ko’rsatkichida (miqdor - ball ko’rsatkichida emas) baholash huquqiga ega.
bitiruv malakaviy ishning dastlabki himoyasi o’tkazilgandan so’ng hamda DAK kotibasining taqrizidan keyin himoyaga 3 kun qolganda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
1) malakaviy ish kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar tomonidan tasdiqlangan, muqovalangan nusxasi;
2) malakaviy ish hamda uning takdimot materiallari agar kompyuterda yozilgan bo’lsa, ularning elektron versiyasi tushirilgan disketa;
3) bitiruv malakaviy ishga yozilgan ilmiy rahbar yakuniy xulosasi;
4) ikkita opponentning taqrizi;
5) malakaviy ishga taalluqli bo’lgan boshqa hujjatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |