Toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Download 69,65 Kb.
bet1/14
Sana08.06.2022
Hajmi69,65 Kb.
#643881
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
shohsanam kurs iwi may


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

TARIX FAKULTETI





TA’LIM MENEJMENTI KAFEDRASI





Ro‘yxatga olindi № __________




Ro‘yxatga olindi № __________

“______” ___________2022 y.




“______” ___________2022 y.

TA’LIM MENEJMENTI ” KAFEDRASI


TA’LIM MENEJMENTINI O’QITISH METODIKASI” FANIDAN


KURS ISHI
MAVZU: BITIRUV MALAKAVIY ISHLARNING HIMOYASI,ULARNI SAQLASH VA FOYDALANISH TARTIBI
Bajardi: Oripova Shohsanam qizi MM-301 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: P.f.f.d, (PHD) v.b. dotsent

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022 y.






Kurs ishi taqrizga qaytarilgan sana
“____” _______2022 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2022 y.

Baho “_____” _________



___________


(Imzo)
___________
(Imzo)
___________
(Imzo)

Komissiya a'zolari:
__________________

__________________


__________________




Toshkent 2022




MUNDARIJA
KIRISH ........................................................................................................3
I BOB. Bitiruv malakaviy ishning bajarilishini tashkil etish
1.1 Bitiruv malakaviy ishini olib borish rejasi va undan kutiladigan natijalar tahlili………………………………………….………………………………...…6
1.2 Bitiruv malakaviy ishining mazmuni va tarkibiy qismlari …………………………………………………. ..................................................14
II BOB. Bitiruv malakaviy ishining himoyasi
2.1 Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirish qoidalari ………………………………………..………………………..…………….……21
2.2 Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish,ularni saqlash va foydalanish tartibi ……………………………………………………………………..…………..…27
XULOSA........................................................................................................33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR......................................................35


KIRISH
Bitiruv malakaviy ish talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi talabalarning barcha blok fanlari bo’yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llashdan iboratdir. Talaba uzluksiz ta`lim turlari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi, mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur bilishi va bilimlarni amalda qo’llay olishi kerak.

Bitiruv malakaviy ishning vazifasi olib borilgan tadqiqot mavzusi bo’yicha olingan umumiy axborotni mustahkamlashni, manbalardan to’plangan ilmiy va amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi.

Bitiruv malakaviy ishning muallifi ilmiy tadqiqotni mustaqil olib borishi, ta`limiy muammolarni topishi va ularni hal qilishning umumiy metod va qoidalarini amalda qo’llay bilishi, tahlil qila olishi, natijaning samardorligini ko’rsata bilishi kerak.

Bitiruv malakaviy ishning vazifalari sifatida mutaxassislik va biror ixtisos bo’yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash, mustaqil holda ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolarni echish, tanlangan mavzu bo’yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, xodisalar va muammolar mohiyatini ochish, mavjud materiallarni tizimlashtirish, taxlil qilish va qayta ishlash, uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim sifati va samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.

Bitiruv malakaviy ishning yozilishi, tayyorlanishi va ochiq himoya qilinishi talabaning mutaxassisligi bo’yicha tanlagan mavzusi negizida nechog`lik mustaqil tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo’lganligini aniqlab beradi. 4.1 Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik

Bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik jarayoni talabaga tanlangan mavzuning o’rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar, monografiya va o’quv qo’llanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan boshlanadi.

Manba va adabiyotlar bilan ishlash jarayonida tadqiq etilayotgan u yoki bu muammoga taalluqli bo’lgan dalil va voqealarni yozib olish tavsiya etiladi.

YOzib olingan ma`lumotlar ko’pchilik hollarda materialni qayta ishlash va guruhlashda qiyinchilik tug`dirmasligi uchun bitta varaqqa joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma`lumotlar chiqqan manba va adabiyotlarning qaeridan yozib olinganligini aniq ko’rsatish talab etiladi.

Manba va adabiyotlar o’rganilib bo’lgach esa, bitiruv malakaviy ishning to’liq rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan, zarur hollarda esa ilmiy maslahatchi bilan kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi varianti asosiy manba va adabiyotlar bilan ishlab bo’lgach tuziladi va u ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga aylanadi, unga kiritiladigan o’zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishni o’z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o’z mustaqil ishini tashkil etish qobilyatiga bevosita bog`liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba bitiruv malakaviy ish rejasini tuzishdan boshlaydi. Reja asosida boblar va paragraflar bajarilish ketma-ketligi va muddatlari ko’rsatiladi.

Bitiruv malakaviy ish “Oliy ta`lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishini tayyorlash tartibi haqida Nizom” asosida tayyorlanadi. O’quv yili uchun yakuniy attestatsiya sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni baholash mezonlari kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va oliy ta`lim muassasasi Ilmiy metodik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ta`lim muassasasining bitiruvchilarni tayyorlovchi kafedralar tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini, shuningdek, zamonaviy fan, texnika, texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi tahliliy, ilmiy-tadqiqiy yoki amaliy yo’nalishida bo’lishi mumkin.

Bo’lajak muxandis-pedagoglarning bitiruv malakaviy ishlari bo’yicha muammo echimi yuzasidan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va olingan natijalarga ishlov berish, umumlashtirish va tahlil qilish kabilar ifoda etilishi lozim.

Bitiruv malakaviy ishida bakalavr umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha bilimlar qo’llanilishini talab qiladigan tugallangan kasbiy pedagogik topshiriqni echadi.

Bu ishda bakalavr:


  • echilayotgan topshiriq bo’yicha muammo holatining sharhi va bu masalaning tahlilini beradi;


- kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, topshiriqni echish talqinlarini ko’rib chiqadi va oqilona yo’lni aniqlaydi;

- oqilona yo’lning hisob-kitobi, pedagogik va metodik echimini beradi;


  • topshiriq echimi bo’yicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni iqtisodiyotning mos sohalarida qo’llash imkoniyatini aniqlaydi.


Talabaga bitiruv malakaviy ish topshirig`i uchinchi kursda o’qish davomida beriladi. Ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni talaba o’zlashtirib borgani sari to’rtinchi kurs va pedagogik amaliyot davomida mazkur standartda bajarish uchun ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi.

Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish bo’yicha oliy ta`lim muassasasida rektor buyrug`i bilan Davlat attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.

Har kalendar yilida oliy ta`lim muassasasi rektorining taklifi asosida Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining buyrug`i bilan ushbu ta`lim muassasasida ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning etakchi mutaxassislari tarkibidan Davlat attestatsiya komissiyasi raislari tayinlanadilar.

Davlat attestatsiya komissiyalari, mutaxassis tayyorlovchi tayanch oliy ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari tarkibidan, shuningdek, mazkur soha kadrlarini iste`molchilari bo’lgan ta`lim muassasalarning yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta`lim muassasalarning etakchi professor-o’qituvchi va ilmiy xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimidagi muvofiq sohalar olimlaridan shakllantiriladi.

Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish bo’yicha Davlat attestatsiya komissiyasining tarkibi oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan himoya boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.


Bitiruvchi talabalarni bitiruv malakaviy ishini dastlabki himoya 
qilish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Dastlabki himoyani birinchi bosqichida talaba tomonidan quyida-
gi ma’lumotlarni dastlabki himoya komissiya a’zolariga taqdim etadi. 
Jumladan: 
− ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlangan bitiruv malakaviy ishi 
rejasi;  
− bitiruv malakaviy ishining kirish qismi (mavzuni dolzarbligi, 
o‘rganilganlik darajasi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish 
ob’ekti, ishning predmeti va ma’lumot bazasi) aks ettiriladi; 
− bitiruv malakaviy ishining 1 – bobini har bir paragrafi bo‘yicha 
mavzuning nazariy-huquqiy asoslari bayon etiladi; 
− bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida foydalaniladigan 
adabiyotlar ro‘yxati taqdim etadilar. 
Dastlabki himoyaning ikkinchi bosqichida talaba tomonidan quyi-
dagi ma’lumotlar taqdim etiladi: 
− talabani bitiruv oldi amaliyoti davrida amaliyot bazasining bar-
cha ma’lumotlari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishining tahlil etilganlik 
darajasi asosida ishning 2-bobi dastlabki himoya komissiyasi a’zo-
lariga bayon etiladi; 
− bitiruv malakaviy ishining 3-bobi (ishning 2-bobi ya’ni, tahliliy 
qismidan kelib chiqib, mavzuni takomillashtirishga qaratiladi ) taqdim 
etiladi; 
− bitiruv malakaviy ishining xulosa qismi ko‘rsatib beriladi.  



Download 69,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish