6.1. Bitiruv malakaviy ishining bajarilishini tashkil etish
Bitiruv malakaviy ishining bajarilish muddati o‘quv rejasiga asosan belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishini yozishdan avval malakaviy amaliyot o‘tkazilib, ushbu davrda amaliyot bazasi hisoblanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarida olib borilayotgan buxgalteriya hisobi, tahlil va audit jarayonlari o‘rganilib, bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun kerakli materiallar to‘planadi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy rahbari talaba bilan birgalikda bitiruv malakaviy ishi yuzasidan topshiriqlarni va ularni bajarish bo‘yicha kalendar jadvalini ishlab chiqadi va uni o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar. Bitiruv malakaviy ishini bajarish yuzasidan tuzilgan mazkur topshiriq kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanib, kafedra majlisi tomonidan muhokama qilinadi hamda ushbu masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.X
Ilmiy rahbar bilan bitiruv malakaviy ishini bajaruvchi talabaning uchrashuvi har xafta kafedrada yoki rahbarning talabani amaliyot o‘tayotgan joyiga borganida (kamida bir haftada 1 marta) amalga oshiriladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarayotgan talaba ilmiy rahbar va kafedra mudiri tasdiqlagan topshiriq va uni bajarish bo‘yicha tuzilgan kalendar rejaga qat’iy rioya etishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishda rejalashtirilayotgan asosiy natijalar
Ilmiy tadqiqot olib borishda faolligini namoyon etish
Mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini ifodalash
O’z bilimiga baho berish va ko’p xajmdagi axborot muhitida o’zini yo’qotmaslik
Tadqiqotlar, tajribalar va tahlillarni mustaqil o’tkazish
Sabab-oqibat aloqalarini aniqlash
Har xil sohalar bilimlarini jalb qilgan holda muammolarni echimini topish
Mustaqil qaror qabul qilish va faoliyati natijalari bo’yicha mas`uliyatni uz zimmasiga olish
Gurux bilan ishlash ko’nikmalarini olish
Yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun javob berish
Ilmiy izlanish faoliyati natijalarini tahlil qilib, o’z yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash, vujudga kelgan qiyinchiliklar sabablarini topish, xatolarni tuzatish yo’llarini aniqlash
Mustaqil faoliyat olib borish huquqidan foydalangan holda o’z fikrlari va muloxazalarini himoya qilish
Izlanish natijalarining variantlari va ularning sodir bo’lish ehtimollarini bashorat qilish
Jamoa bo’lib muhokama qilishda o’z nuqtai nazarini baholash hamda himoya qilish Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi
Bitiruv malakaviy ishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
sarvaraq (4-ilova);
mundarija (5-ilova);
kirish;
asosiy qismning bob va bo’limlari;
xulosa;
foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati (6-ilova);
ilovalar.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi, shuningdek, ma`lumotlar beradigan sahifa ostidagi izoh, qisqartmalar ro’yxati, notanish va tushunilishi qiyin bo’lgan tayanch so’zlar lug`ati ham kirishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning mundarijasida varaqlar tartib raqamlari bilan ko’rsatilgan kirish, barcha bob va bo’limlar, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalarning sarlavhalari keltiriladi. Mundarija sarvaraqdan keyin joylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishning kirish kismi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
mavzuning dolzarbligi (mavzu asosnomasi);
muammoning o’rganilganlik darajasi;
tadqiqot maqsadi;
tadqiqot vazifalari;
tadqiqot ob`ekti va predmeti (voqealarning ijtimoiy psixologik, pedagogik, etnik, milliy, hududiy va jinsiy ketma-ketlikda sodir bo’lishiga asoslangan doiralari)
kutiladigan natija;
tadqiqot metodlari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati;
foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlili;
ishning tarkibiy tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda ko’rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi.
foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlilini tuzishda qo’yilgan muammoni o’rganish uchun ular nimaga e`tibor berishlari kerakligini aniqlash, shuningdek, ularning muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e`tibor qaratish lozim. Buning uchun foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlili sifatida oddiy keltirilgan me`yoriy-huquqiy dalolatnomalar, ularning mualliflari va ishlarini almashtirish mumkin emasligini unutmaslik lozim.
foydalanilgan manba va adabiyotlar tahlili mavzusi yoki ko’rgazmali tamoyil bo’yicha tuzilishi, talabaning (ya`ni, uning o’qigan materiallariga shaxsiy munosabati) bahosini o’z ichiga olishi, muammoning qayta ishlanganlik darajasini ko’rsatishi, to’liq o’rganilmagan masalalarni aniqlashi lozim. Kirish bitiruv malakaviy ish umumiy hajmining 10 -15 foizini tashkil etishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy qismida tadqiqot uchun tanlangan mavzuning nazariy jihatlarini yorituvchi bob va bo’limlardan tashkil topishi, mavzu xususiyati mos tarzda mashinashunoslik va mashinasozlik fanlari, ixtisoslik fanlari mazmuni, tadqiqot metodi va texnikalarini kirituvchi mazmun, kutiladigan natijalarning bayon etilishi, xulosalarning shakllantirilishi va amaliy tavsiyalar berilishi lozim.
Zarurat tug`ilganda bitiruv malakaviy ishda talaba tomonidan taklif etilayotgan tavsiyalarning tatbiq etilishidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari beriladi.
Asosiy qismni nazariy va metodik qismlar tashkil etib, bunda tashkil etuvchi bob va bo’limlarning mazmuni bitiruv malakaviy ish mavzuiga to’liq mos kelishi va uni to’la ochib berishi darkor. bob va bo’limlar talabaning qisqa, mantiqan to’g`ri va dalillar keltirib to’plagan, tizimlashtirgan hamda tahlil qilgan materiallarini bayon etish qobiliyatini namoyish etishi lozim.
Nazariy qismni tashkil etuvchi bo’limlar:
o’rganilayotgan muammoning nazariy-metodik asoslari;
o’rganilayotgan muammoning qaysidir muayyan o’quv muassasasida aniqlanishi va tahlil qilinishi;
muammoni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqish;
malakaviy ishning bajarilishini ta`minlovchi texnik ta`minot;
malakaviy ishning iqtisodiy qiymati;
ixtisoslik fanlaridan mavzuga mos nazariy materiallar;
bitiruv malakaviy ishning xuquqiy ta`minoti kabi masalalarni o’z ichiga olishi lozim;
tadqiqot ob`ektining funktsiyalari, vazifalari, sohasi;
tashkiliy tuzilma, boshqaruv tizimi, uning tashqi va ichki aloqalarining o’ziga xosligi;
tadqiqot ob`ektining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari;
texnik echim va xisob kitob ishlari;
texnik chizmachilik va loyihalash asoslari;
tadqiqot ob`ektida mavjud kamchilik va muammolar;
muqobil vazifalarni nazariy va amaliy hal etishning umumiy usullari va h.
Kasb ta`limi (Servis) ta`lim yo’nalishlari talbalarining bitiruv malakaviy ishlarida nazariy qismida dizayn va konstruktsiyalash qismlari kiritilishi tavsiya etiladi. Bunda :
konstruktsiyalanayotgan buyum uchun talablarni aniqlash;
kostyum stilistikasi va konstruktiv –dekorativ echimni asoslash;
asos konstruktsiyasini qurish uchun kerakli o’lchovlar;
asos konstruktsiyasini hisoblash va qurish;
konstruktsiyalanayotgan buyumni texnik modellashtirish;
ishchi xujjatlarni tuzish;
konstruktsiyalanayotgan buyum uzelini tikish uchun asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash;
buyumga ishlov berish texnologik kartasi;
material tanlash va asoslash.
bitiruv malakaviy ishning nazariy qismida ko’rgazmali va raqamlar bilan ko’rsatilgan materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ko’rgazmali materiallar (jadval, diagramma, gistogramma, rasm, chizma, surat va fotohujjatlar)ni namoyish qilish shakllarini tanlash asosan tadqiqot mavzusining tavsifi va maqsadiga bog`liqdir. Biroq bunda bitiruv malakaviy ishning asosiy qismiga joylashtiriluvchi barcha ko’rgazmali materiallar yuqori darajadagi yangi foydali ma`lumotlarni berishi zarurligini hisobga olish lozim. Masalan, matnda keltirilgan jadvalning asosiy qismi tahliliy tavsifga ega bo’lishi, raqamli ko’rsatkichlarni tahlil qilish va qayta ishlash natijalari hisoblanishi lozim. Dastlabki statistik ma`lumotlarni o’z ichiga olgan jadvallar ishning alohida ilova qismida keltirilishi talab etiladi.
Asosiy qismning nazariy bo’limi yakuniga hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha ma`lumotlar kiritish tavsiya etiladi. Bunda: kasb ta`lim yo’nalishlari va mehnat ta`limi yo’nalishlari bevosita texnika elementlarni va asbob uskunalar, jihoz hamda moslamalar, elektr jixozlari bilan ishlaganliklari uchun hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha tegishli ma`lumotlar bitiruv malakaviy ishda bayon qilinishi lozim.
Bunda bitiruv malakaviy ishi mavzusiga mos ravishda mehnat muxofazasi, texnik va hayot faoliyati xavfsizligi masalalari to’g`risida ma`lumotlar yoritib beriladi:
hayot faoliyati xavfsizligi nazariyasi, ishlab chiqarish korxonalaridagi zararli va xavfli holatlar, sanoat sohasida havfsizlik psixologiyasi va uni tahlil qilish tizimlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |