6.4 Malakaviy ishning asosiy himoyasini o’tkazish tartibi
bitiruv malakaviy ish ximoyasi DAK a`zolari tarkibining uchdan ikki qismi, ilmiy rahbar va talaba, shuningdek, imkon qadar taqrizchilar ishtirokida ochiq yig`ilish tarzida o’tkaziladi.
DAK kotibi har bir bitiruv malakaviy ish bo’yicha yig`ilish komissiyasiga quyidagilarni taqdim qiladi:
ish nusxasi;
ilmiy rahbar xulosasi;
taqrizchilar taqrizi;
bitiruv malakaviy ishga olingan boshka taqrizlar
talabaning reyting daftarchasi.
bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibida quyidagilar talab etiladi:
talabaning chiqish so’zida (10 minutgacha) mavzu asosnomasi keltirilishi, olib borilgan tadqiqot maqsadi va vazifalari ko’rsatilishi, foydalanilgan adabiyot va manbalar tavsifi berilishi, tadqiqot ob`ekti va predmeti aniqlanishi, tadqiqot xulosalari bayon etilishi lozim.
talabaning DAK a`zolari savollariga javoblari;
taqrizchi va boshka shaxslarning chiqishlari;
bitiruv malakaviy ishga olingan boshqa taqrizlar o’qib eshittirilishi;
talabaning yakunlovchi so’zi – ishni muhokama qilish jarayonida ko’rsatilgan kamchiliklarga javobi.
DAK yig`ilishida barcha ishtirok etuvchilar savollar berishi va ijodiy muzokarada ishtirok etishi mumkin.
YAkunlovchi ball tizimidagi baho DAK a`zolarining oddiy, ko’pchilik ovozi olingan DAK yopiq yig`ilishida, albatta, komissiya raisi yoki uning o’rinbosari ishtirokida tavsiya etiladi. Ovozlar soni teng bo’lgan taqdirda komissiya raisi yoki uning o’rinbosari ovozi hal qiluvchi xuquqqa ega. Ilmiy rahbar yoki taqrizchi o’zining fikrini bildirish huquqiga ega, biroq ular ovoz berishda ishtirok etishmaydi.
DAK bitiruv malakaviy ishni nashr qilish, tanlovlarda ishtirok etish, amaliyotda tadbiq etish bo’yicha tavsiya berish xuquqiga ega. DAK raisi (fakultet dekani va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda) ko’proq qobiliyatli talabani magistraturaga kirish uchun tavsiya berishi ham mumkin.
DAK kotibi barcha berilgan savollar, javoblar, asosiy fikrlar va komissiyaning (imtiyozli yoki imtiyozsiz) diplom berish yoki bermaslik to’g`risidagi hukmi chiqarilgan yig`ilish bayonnomasini yuritadi. Bayonnoma yig`ilishda ishtirok etgan komissiya raisi va a`zolari tomonidan imzolanadi. Xuddi shu kuni DAK yig`ilishi bayonnomasi rasmiylashtirilgandan so’ng talabaga bitiruv malakaviy ish himoyasining natijasi e`lon qilinadi.
bitiruv malakaviy ishni uzrli sabablarga ko’ra belgilangan muddatda himoya qila olmagan talaba hujjat asosida tasdiqlangach, DAKning keyingi ishlari davriga qadar o’qish muddati uzaytirilishi mumkin. Birok bu muddat ilk o’tkazilgan yakuniy attestatsiya o’tkazilgandan so’ng uch oydan kam bo’lmasligi va besh yildan ham oshmasligi lozim. Buning uchun talaba fakultet dekaniga uzrli sababni tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan ariza berishi kerak. bitiruv malakaviy ishning qayta himoyasi ikkinchi marotaba belgilanmaydi.
DAK ishi to’g`risidagi hisobot OTM Ilmiy kengashida ko’riladi va yakuniy davlat attestatsiyasi tugallangandan so’nggi ikki oy mobaynida mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish bo’yicha tavsiyalar bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etiladi. kasb ta`limi yo’nalishi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bayonnomasi OTM arxivida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |