6.5 Malakaviy ishni baholash mezonlari
Bitiruv malakaviy ishni asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uni ishlab chiqishning murakkabligi;
ko’rilayotgan masala bo’yicha mahalliy va xorijiy manba va maxsus adabiyotlardan to’la foylanilganligi;
tadqiqot ob`ekti bo’yicha daliliy ma`lumotlarni to’liq va sifatli to’planganligi;
qo’yilgan masalani hal qilishda metod va vositalardan foydalanishning tasdiqlanganligi;
olingan natijalarni tahlil qilib, sharhlay olinganligi;
xulosa, taklif, tavsiyalarning ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyati hamda ularni isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkoniyatlari;
materialni aniq va to’g`ri, xatosiz bayon etilganligi, ishni sifatli rasmiylashtirilganligi, mazkur «Metodik tavsiyanoma» talablari hisobga olinganligi;
bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy masalalar bo’yicha munozara yurita olinganligi, DAK a`zolarining savollari va taqrizchilar kamchiliklariga berilgan javoblarning to’g`ri va chuqur ifodalanganligi.
Agar ish mavzui ilmiy asoslanib, o’zida nazariy, uslubiy yoki amaliy qiziqishni uyg`ota olsa, qo’yilgan masalani hal qilishda muallif tomonidan maqbul tahlil qilish usullari, zamonaviy metod va vositalarni qo’llash mumkinligi tasdiqlansa, shuningdek, u kasb-hunar ta`limining ilmiy-nazariy, uslubiy yoki amaliy masalalariga yordam bersagina, bitiruv malakaviy ish «a`lo» bahoga loyiq deb topiladi. «A`lo» baxolangan ishning tarkibiy tuzilishi aniq, mantikan to’g`ri va qo’yilgan maqsadga muvofiq bo’lishi lozim. Xulosa qismda anik, qo’yilgan masalani xal qilishda xissa qo’shadigan har tomonlama asoslangan xulosalar keltirilishi lozim. CHunki bu uning kelajakdagi istiqbolini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ish adabiy tilda yozilishi, to’g`riligi puxta tekshirilgan, unda berilgan ma`lumotlar amaldagi Davlat ta`lim standartiga va mazkur metodik tavsiyanomaga mos bo’lishi, chizma, rasm, jadval va turli xil ko’rgazmali materiallar shaklidagi ilovalarni o’z ichiga olishi lozim.
Talabaning chiqish so’zi qisqa va izchil tarzda asosiy xolatlar yoritilgan, shuningdek, DAK a`zolari savollariga aniq va isbatlangan javoblar berilgan shartlardagina, unga «a`lo» baho qo’yiladi.
Agar bitiruv malakaviy ish yuqorida keltirilgan talablarga to’liq javob bermagan hollarda, u ko’proq past ball bilan baholanadi.
Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta`limi” fakulteti bitiruvchi barcha mutaxassisliklar uchun bitiruv malakaviy ishlarini baholashning mezonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |