78
TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA BIOLOGIK MASALA VA
MASHQLARDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI
Raxmatov U.E., Azimov I.T. (TDPU)
Ta’lim – tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning eng muhim omillardan biri
o’quvchilar bilish faoliyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida о‘quvchilar tomonidan biologik bilimlarni egallashlarida eng samarali
usullardan biri biologik masalalardan foydalangan holda
mavzu mazmunini yoritib
berishdir. Hozirgi vaqtda har qanday fan o’qituvchisi oldida, shu jumladan, biologiya
o’quv fani o’qituvchilari oldida turgan muhim vazifa o’quvchilarga fanlardan zamon
talablariga mos ravishda bilim berish bilan birga ularning mantiqiy fikrlash,
avval
o’zlashtirgan bilimlarini yangi o’zlashtirilayotgan material bilan o’zaro bog’liqligi, sabab
- oqibatlarini anglash, taqqoslash, umumlashtirish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish
sanaladi.
Biologiya o’quv kursida masala va mashqlar juda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
bo‘lishiga
qaramasdan, bu muammo nazariy jihatdan barcha biologiya o’quv fani
o‘qituvchilariga manzur bo‘ladigan darajada hal qilinmagan.
Masala va mashqning tatbiq etishda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining turlari
hamda o‘quvchilar bilish faoliyatini asos qilib olish kerak, o‘quvchilar bilish faoliyatini
harakteri o‘qituvchining rahbarlik faoliyatiga hamda qaysi darsda qanday tipdagi masala
yoki mashqlardan foydalanish usuliga bog‘liqdir. Masalan, o‘qituvchi biror mavzu
bo‘yicha o‘quv materialini tushuntiradi va video yoki proektor yordamida shu mavzuga
oid rasmlarni ko‘rsatib boradi, o‘quvchi o‘qituvchi so‘zlarini tinglab,
idrok etadi va
rasmlarni ko‘zdan kechiradi. Agar o‘qituvchi shu mavzu mazmun va mohiyatini ochib
beradigan biror masala yoki mashqlarni o‘quvchilarga havola etsa, o‘quvchilar xotirasida
bu mavzu mazmun mohiyati uzoq vaqt saqlanib qoladi.
O‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish xarakteri o‘qib, bilib olish
jarayonida masala va mashqlarni uyg’un ravishda tatbiq etish o‘quvchilar tafakkuri va
hatti – harakatlaridagi mustaqillik hamda faollik darajasini belgilab olishdan iborat.
Biologiya o’quv kursida o‘quvchilarga asosan bilimlarni tayyor holda yoki yangi
o‘zlashtirgan bilimlarni tasdiqlovchi va aniqlashtiruvchi dalil sifatida olinadigan masala
va mashqlar o‘quvchilarni ancha mustaqil hamda kreativ xarakterdagi izlanishlarini
oshirishga imkon beradi.
O‘quvchilarning ko‘proq mustaqil fikr yuritishga qaratilgan masala va mashqlar,
o‘quvchilar tomonidan kuzatishlar olib borishga, mantiqiy fikr
yuritishga va xulosalar
chiqarish yo‘li bilan o‘quvchilar o‘zlari yangi bilimlar olishini ko‘zda tutiladi.
Masala va mashqlardan foydalanishda o‘quvchilar imkoni boricha ko‘proq mustaqil
faoliyat ko‘rsatsalar, masala - mashqlardan biologiya o‘quv fanidagi mavzularni
atroflicha tushunib olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Har bir masala yoki mashq didaktik
maqsadiga va o‘quv materialini mazmunining xususiyatlariga qarab qo‘llaniladigan
bo‘lsa, ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati yanada yuqori bo‘ladi. Natijada foydalaniladigan
masala va mashqlar mavzu mazmunini ta’limiy va ta’sirchanlik ahamiyatini kuchaytiradi.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan har qanday usul yoki innovatsion texnologiyalar
ma’lum sharoitlarda o‘quv – tarbiya jihatidan yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin
79
imkoniyati bor joyda masala va mashqlardan ko‘proq foydalanish juda o‘rinli hisob-
lanadi.
Biologiyadan foydalaniladigan masala va mashqlar qo‘llash
usuliga qarab uch
guruhga ajaratiladi:
sinfda barcha o‘quvchilar bilan birga ommaviy bajariladigan masala va mashqlar;
o‘z bilimini biologiya o’quv kursidan chuqurlashtirish uchun harakat qilayotgan va
o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan birgalikda bajariladigan masala
va mashqlar;
biologiya bilan alohida qiziqadigan o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va fakul’tativ
mashg‘ulotlarda individual ravishda qo‘llaniladigan murakkab masala va mashq-
lardir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni
shakllantirishda qо‘llaniladigan masalalar va mashqlar ixtisoslashgan
xarakterga ega
ekanligini hisobga olishlari muhim sanaladi chunki ayrim masalalar sinfdagi barcha
о‘quvchilar tomonidan bajariladi, boshqalari esa biologiyadan yaxshi о‘qiydigan,
biologiya bilan chuqur shug‘ullanishni xohlaydigan о‘quvchilarga beriladi. Shuning
uchun о‘qituvchi masala va mashqlardan foydalanish borasida о‘quvchilarning individual
xususiyatlarini, о‘zlashtirish darajalarini ham hisobga olishi
maqsadga muvofiq hisob-
lanadi. О‘qituvchi yuqoridagilarni hisobga olgan holda qachon va qayerda masala-
mashqlardan foydalanishni, uni bajarish uchun qancha vaqt ajratishni aniq bilishi kerak.
O’qituvchi yoki o’quvchi biologik masala va mashqlar yechish uchun:
o’quv material mazmunini puxta egallagan bo’lishi;
fanlararo sinxron va asinxron bog’lanishlarni amalda qo’llay olishi;
ilmiy va ommabop materiallardan mustaqil foydalanish yo’llarini bilishi;
biologiya o’quv kursining barcha bosqichlaridan masala va mashqlarning zanjirini
tuzishi hamda uzluksiz ravishda o’z ustida ishlashi lozim.
Yuqoridagi berilgan mulohazalarga asoslangan bir nechta biologik masala va
mashqlarni yechish metodikasi bilan tanishsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: