ТВОРЧЕСКИЙ ПОДХОД К СЕМЕЙНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ В РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ И
ДУХОВНОЙ СИЛЫ СТУДЕНТОВ И МОЛОДЕЖИ
Суюнов Ш.Ж. – магистр Термезского государственного университета
Аннотация.
С древних времен в истории педагогической мысли было много
определений и взглядов на понятия «мораль», «семейное воспитание» и «идеальный
человек». Идея совершенного человека, критерии совершенства анализируются. В
нынешних условиях глобализации, разных стилей жизни, усиления конкуренции между
разными идеями, борьбы за человеческое сознание мы должны перейти к этапу изучения
того, как прививать «мораль», «духовность» и «добродетели» в умы и сердца молодого
поколения. , Потому что это стало требованием жизни.
Ключевые слова:
студенты, семья, национальность, духовность, потенциал,
отсутствие контроля, воспитание, ребенок.
THE CREATIVE APPROACH TO FAMILY EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF NATIONAL AND
SPIRITUAL POWER OF STUDENTS AND THE YOUTH
Suyunov Sh.J. – Master student of Termez State University
Annotation.
There have been many definitions and views on the concepts of "morality",
"family upbringing", and "perfect man" in the history of pedagogical thought since ancient
times. The idea of the perfect man, the criteria of perfection are analyzed. In the current context
of globalization, different lifestyles, increasing competition between different ideas, the struggle
for human consciousness, we must move to the stage of studying how to inculcate "morality",
"spirituality" and "virtues" in the minds and hearts of the younger generation.Because it has
become a requirement of life.
Key words:
students, family, nationality, spirituality, potential, lack of control, upbringing,
child.
Har yili maktablarimizga 500 000 mingdan ortiq jajji o‘quvchilar qabul qilinadi. Bu orqali
ular nafaqat maktabga, balki hayotga kirib keladilar. Ularning qalblari daftarlari kabi toza. Taʼlim
yozgan chizgi va satrlarni baholashi uchun ularning daftarlarini ochib ko‘rish kifoya. Lekin
184
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
ularning qalblarida tarbiya qalamining yozuvlarini bir zumda ko‘rib bo‘lmaydi. Tarbiya degan
qadimiy so‘zga sharqona va zamonaviy yondashar ekanmiz, uni, albatta, oila atalmish muqaddas
makon bilan bog‘laymiz. Zero, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov
taʼkidlaganidek, “Har qaysi millatning o‘ziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda,
hech shubhasiz, oilaning o‘rni va taʼsiri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari,
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi”.
Oilada tarbiya orqali farzandga dunyoqarash, xulq-atvor meʼyorlari va ko‘plab sifatlar
singdiriladi. Zotan, milliy-maʼnaviy qiyofa o‘quvchi-yoshlarda oilada shakllanadi. Biroq hozirgi
kunda barcha oilalarda ham farzand tarbiyasiga jiddiy yondashilmoqda deb ayta olmaymiz. Baʼzi
ota-onalar o‘zlarining tarbiyaga oid burchlarini to‘la-to‘kis bajarmaslikka yo‘l qo‘yishayotgani
uchramoqda. Respublikamiz Konstitutsiyasining 64-moddasida, Oila Kodeksining 73-moddasida
bu borada aniq majburiyatlar belgilangan bo‘lsa-da, har yili bir necha yuzlab ota-onalarning bu
borada maʼmuriy javobgarga aylanayotgani achchiq haqiqat. O‘zining boquvchilik vazifasigagina
eʼtibor qaratib, tarbiyachilik vazifasini unutib qo‘yayotgan ota-onalarning borligi biz pedagoglar
masʼuliyatini yanada oshiradi.
Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Denov tumanlaridagi 4tadan umumtaʼlim
maktabi o‘quvchi-yoshlarining tarbiyalanganlik darajasi, maʼnaviy salohiyati va oilalarning
maktab bilan hamkorligi darajasi qiyosiy o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tadqiqot uchun
tanlangan 8ta umumtaʼlim maktabida 386 nafar tarbiyasida og‘ish mavjud bo‘lgan o‘quvchi-
yoshlar borligi, ularning 68 %i yuqori sinf (9-11) o‘quvchilari ekanligi aniqlandi.
Аyni shu 263 nafar o‘smir oilasidagi holat o‘rganilganda, quyidagilar aniqlandi (ota-onalar
umumiy soni 526 nafar deb hisobga olinganda):
– 87 nafar, yaʼni 16 % ota-ona migratsiyada (rasmiy va norasmiy);
– 45 nafar, yaʼni 8 % ota-ona vafot etgan;
– 63 nafar, yaʼni 12 % ota yoki ona turmushdan ajralgan;
– 208 nafar, yaʼni 39 % ota-ona muntazam ish joyiga ega emas (ishsiz) va shu sababli bu
voyaga yetmaganlar mehnatga jalb etilgan;
– 223 nafar, yaʼni 42 % ota-ona savdo-sotiq xodimi bo‘lib, uyda farzand tarbiyasi uchun
ko‘pincha boshqa oila aʼzolari masʼul.
– 32 nafar, yaʼni 6 % ota-onalar farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi va notinch oila
tarkibiga kiradi.
Tadqiqot jarayonidagi 263 nafar o‘smirning 7 nafari chet davlatga chiqib ketganligi, 14
nafari muntazam dars qoldirishi, 11 nafari IIB profilaktik ro‘yxati, jumladan, barcha maktab ichki
nazoratiga olingani, so‘nggi 2 yilda ular ishtirokida 6ta huquqbuzarlik va jinoyatlar (o‘g‘rilik,
mayda bezorilik, tan jarohati yetkazish) sodir etilganligi, 8 nafar ota-onaga O‘zbekiston
Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi bilan maʼmuriy
javobgarlik belgilanganini keltirib o‘tmoqchimiz.
Bu holat boshqa taʼlim muassasalarida uchramaydi deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Har
bir taʼlim muassasasining odob-axloq qoidalari va o‘rnatilgan tartiblarini qasddan buzib
keladigan o‘quvchilari topiladi. Bu borada taʼlim muassasalarining mas’ul xodimlari ularga
mazkur holatlarda oila ko‘magi yetishmasligini taʼkidlashadi.
Tarbiya – har kunlik ish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barkamol
avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining taʼlim
muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 175-
son Qarori o‘quvchi-yoshlar tarbiyasiga shaxsan javobgarlikni har bir masʼul tashkilotga
yuklagan. Biroq umumtaʼlim maktabiga hamkorlik qiluvchi oilani topish bizning tadqiqot obyekti
sifatida olingan o‘smirlar bilan og‘ir ekanligining guvohi bo‘ldik. Chunki umumtaʼlim maktabida
tashkil etilgan to‘garaklarga mazkur o‘smirlarning barchasi biriktirilgan bo‘lsa-da, ularning 48
185
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
nafarigina (18%) to‘garaklarga o‘z ixtiyori bilan kelishi aniqlandi. Ota-onalarning bu borada ham
o‘rni yo‘qligi, farzandining taʼlim-tarbiyasi bilan bog‘liq ota-onalar yig‘ilishlarga qatnashish
darajasi 33% (88 nafar) ekani ochiqlandi.
Yuqoridagilarni tahlil etib, o‘quvchi-yoshlarning oila tarbiyasi bilan bog‘liq quyidagi
muammolari
sababli
milliy-maʼnaviy
salohiyat
rivojidagi
yo‘qotishlarni
boshdan
kechirayotganimizni aytish mumkin.
Birinchidan, qondirilmagan ehtiyojlar. Huquqbuzarlikni sodir etishga, odatda, oila
tomonidan boladagi ehtiyojlarning g‘ayrioddiyligi emas, oddiy ehtiyojlarni qonuniy yo‘l bilan
qondirishga qodir bo‘lmasligi yoki xohlamasligi turtki beradi.
Ikkinchidan, psixofiziologik izdan chiqishlar. Аyrim voyaga yetmagan huquqbuzarlarda,
tug‘ma yoki boshdan kechirilgan jarohatlanish yoki kasalliklar oqibatida, markaziy asab
tizimining organik shikastlanishlari namoyon bo‘ladi. Shunga qaramay, o‘quvchi-yoshlar
tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning sababi psixofiziologik izdan chiqishlarning o‘zida
emas, balki tarbiyalash jarayonida ana shu omillarni mensimaslikdadir.
Uchinchidan, pedagogik qarovsizlik. Аgar ota-onaning qonunga xilof xatti-harakatlari, o‘z
vazifalarini bajarmasligi yoki pedagogik bilimlari yetishmasligi sababli bola o‘z oilasida tegishli
g‘amxo‘rlik, tarbiyalanishdan mahrum bo‘lsa, bunday bola tengdoshlaridan jismoniy, aqliy
rivojlanishda, iroda fazilatlari, madaniyati yuksalishida orqada qolishi, muvaffaqiyatli o‘qish,
jamoada muloqot yuritish, o‘ziga o‘zi xizmat qilishi uchun zarur bo‘lgan asosiy bilim va
ko‘nikmalarni orttirmay qolishi mumkin. Bunday bolalar stigmatizatsiyadan – kamsitishdan
aziyat chekadilar, shunchaki qonun-qoidalarni bilmasliklari yoki o‘zlarini to‘g‘ri tuta olmasliklari,
o‘z ehtiyojlarini boshqacha yo‘l bilan qondira olmasliklari sababli, intizomni buzishlari, qonunga
zid harakatlarni sodir etishlari mumkin.
To‘rtinchidan, noto‘g‘ri, xato tasavvurlar va eʼtiqodlar. O‘smir bolaligida o‘z ota-onasi yoki
tengdoshlarining taʼsirida o‘zlashtirgan borliqqa, axloq meʼyorlariga qarama-qarshi va maʼlum
guruhlarda tarqalgan xato, irratsional tasavvurlar qonun buzishlarga olib kelishi mumkin.
Beshinchidan, hal qilinmagan shaxsiy muammolar, oilaviy va shaxslararo nizolar. Bunday
muammolar hal qilinmaganligi oqibatida o‘smir nizolashuvda o‘z manfaatlarini himoya qilish, o‘z
shaxsining ahamiyatini o‘zining va boshqalarning oldida namoyon etish, o‘ziga eʼtibor qaratish,
bu muammolarni hal qilish uchun mablag‘ (masalan, naqd pul, qimmatbaho buyumlar) olish,
tajovuzni boshqa shaxslar yoki predmetlarga o‘tkazish uchun qonunga xilof harakatlarni sodir
qilishi mumkin.
Oila hayoti ko‘p qirrali jarayon. Ota-ona oila tebratar ekanlar, farzandlarini moddiy va
maʼnaviy jihatdan taʼminlashga, ularning milliy-maʼnaviy salohiyatini rivojlantirishga eʼtibor
berishlari lozim. Oilaviy anʼanalar, milliy urf-odatlar, etnik tadbirlar orqali o‘quvchi-yoshlarda
milliy o‘zlikni anglash kurtaklari vujudga keladi. O‘zbekona ruh bilan tarbiya topgan, oilasidan
bor mehr va tarbiyani olgan o‘quvchi-yoshlarimiz aslo qing‘ir yo‘lga kirmaydilar.
Hozirda o‘quvchi-yoshlarning milliy-maʼnaviy salohiyati masalasi har qachongidan-da
muhim va o‘zgacha asoslarga ega. Xo‘sh, milliy-maʼnaviy salohiyat nima o‘zi? Uni qanday
tushunmoq kerak? Pedagogik adabiyotlarni tadqiq etish jarayonida olingan maʼlumotlarni
umumlashtirib, unga quyidagicha taʼrif bermoqchimiz: “Milliy-maʼnaviy salohiyat – turli etnos,
xalq, millatga xos umumiy milliy xususiyatlar (negizlar) asosida tarixan shakllanadigan, ularning
turmush tarzi, tili, urf-odat va anʼanalari, qadriyatlariga xos va mos bo‘lgan umumiy milliy-
maʼnaviy xususiyatlar, fazilatlar majmuasining rivojlanganlik darajasi, ichki imkoniyatlari to‘la
namoyon bo‘lmagan kuch-quvvatidir”.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimizki, maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy
hamkorligini takomillashtirish, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini ayni shu maqsadlarga
yo‘naltirish bugun har qachongidan-da dolzarb. Milliy-maʼnaviy tarbiya jarayonida har bir ota-
186
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
onaning vazifasi mustaqil O‘zbekiston har bir o‘zbekistonlik maktab o‘quvchisidan kutayotgan
ijobiy fazilatlar majmuasini o‘z farzandida shakllantirishdan iboratdir. “Аvvalambor qayerda
ishlashidan qatʼi nazar, kim bo‘lishidan qatʼi nazar, agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada
halollik, munosabat, tarbiyaga alohida eʼtibor berilmasa, hech qachon natija bo‘lmaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |