Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Key words:
folklore, morals, ethics, upbringing, proverb, child. 
Vatanimizda milliy madaniyatimizning oʻziga xosligini saqlash, oʻquvchilarni maʼnaviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalab kamol toptirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday deydi: “Eng katta boylik – bu aql-zakovat 
va ilm, eng katta meros - bu tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”
1
haqiqatan ham 
ajdodlardan avlodlarga qoladigan eng katta va o‘lmas boylik bu tarbiyadir. Shunday ekan, 
1
. Mirziyoyev. Sh Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2020y. 24-yanvar 
2
O’zbek tilining izohli lug’ati. Toshkent: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2006, (1-2-3-tomlar). 
187


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
bugungi kunning oʻquvchisi aqlli, dono, zukko bo‘lishi bilan birga maʼnaviy-axloqiy jihatdan 
tarbiyalangan boʻlishi ham kerak. Oʻz-oʻzidan maʼnaviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq holda 
maʼnaviyat, axloq, tarbiya nima degan savol paydo boʻladi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida bu 
soʻzlarga quyidagicha taʼrif berilgan.
Maʼnaviyat – moddiy hayot bilan yonma-yon yuradigan, xalq va jamiyat hayotining 
ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy hodisa.
1
Bu tushunchaga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
shunday ta’rif beradi: - “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, 
odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini 
uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me’zonidir.” Axloq - kishining tabiati
muomala xatti-harakat odobi.
2
Tarbiya - rivojlantirish, parvarish qilish, oʻstirish, oʻrgatish, ilm 
berish. Taʼlim, axloq-odob va shu kabilarni oʻrgatib, singdirib insonni voyaga yetkazish.

Bolaning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi qachondan, kimlar tomonidan, nimalar vositasida 
shakllantirib rivojlantiriladi degan savollar bugungi kun kishisi uchun qiziqarli va ahamiyatli 
boʻlgan muammolardan hisoblanadi. Har bir shaxs, avvalo, oilada undan soʻng maktabgacha 
taʼlim muassasasida, keyin maktabda, oliygohda va shu kabi keyingi bosqichlarda maʼnaviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalanib boraveradi. Negaki har bir joyning oʻziga xos odob-axloq qoidalari 
bor.
Kichik maktab yoshida oʻquvchilar oldin olgan bilimlarini ilmiy jihatdan asoslab boradi. 
Ayniqsa, bu davrda xalq ogʻzaki ijodi namunalarining keng tarqalgan janrlaridan biri 
maqollarning alohida oʻrni bor. "Maqol" atamasi arabcha - "kavlun" - gapirmoq, aytmoq 
soʻzlaridan olingan boʻlib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo‘llaniladi. Maqollar 
o‘z tabiatiga ko‘ra xalqaro janr hisoblanadi. Dunyoda o‘z maqollariga ega bo‘lmagan xalqning o‘zi 
yo‘q. Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. 
Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini ta’tib ko‘rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko‘zi 
bilan qaraydigan, sof vijdonli, oliyjanob, mehnatkash kishining biror voqea-hodisadan, biror 
kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (ko‘proq 
bolalar uchun) yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqollar xalqning aql-
idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilib 
kelinmoqda. Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq 
og‘zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Ularda mehnatkash xalqning orzu-umidlari
o‘zaro munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, o‘y- fikrlari o‘ziga xos shaklda aks 
etgan bo‘ladi. Shu sababdan ular bolalarni to‘g‘ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va 
lo‘nda bayon etishga o‘rgatadi, ularning badiiy didini oshiradi, tarixiy hodisalarning mohiyatini 
yaxshiroq, chuqurroq payqab olishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining eng 
nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so‘z boyligini oshirishga ko‘maklashuvchi vosita 
sifatida xizmat qiladi. Kuzatishlarimizdan shunday xulosaga keldikki, deyarli barcha maqollarda, 
birinchi navbatda bola tarbiyasi, odob yotar ekan. E’tibor bering: 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish