Ключевые слова
: коррозия металлов, эррозия, защита протектора и
электрозащита.
CORROSION OF METALS AND METHODS OF PROTECTION
Farmonova Sh.B. - researcher at Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
Today, metals are the most important structural material and work in
different conditions (air, water, underground). When working with metals, there are many
substances that break them down. In such cutting, metals can be partially or completely eroded,
i.e. corroded. Waste metals due to corrosion amount to several million tons per year. The article
describes the corrosion process, its harmful aspects and methods of protection.
Key words:
metal corrosion, erosion, tread protection and electrical protection.
Ma’lumki, metallarning juda ko‘pchiligi tabiatda kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan
holda bo‘ladi va ularning bu holati eng barqaror holat hisoblanadi. Metallurgiya jarayonlarida
metallar ana shu birikmalaridan ajratib olinadi va bunda metallarning barqaror holati buziladi,
ammo metallar qulay sharoit kelganda barqaror holatini tiklaydi, ya’ni kislorod va boshqa
elementlar bilan birikadi. Korroziyaning sodir bo‘lish jarayoni ana shundan iborat.
Metallar korroziyasi – metallarning atrofidagi muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy
taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi
moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining
reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar
bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi.
Kimyoviy metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning
177
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv muhitda sodir boʻladi.
Elektrokimyoviy metallar korroziyasi metallarning elektr toki o‘tkazadigan suyuq muhitda —
elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi.
Metallar korroziyasi yemirilish xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy,
kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya
1
natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan
barcha metallarning 1—1,5 %i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar
koʻriladi (mis, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi).
Neft va gaz sanoati tizimida ishlatiladigan quvurlar, quvur armaturalari, nasoslar,
rezervuarlar, temiryo‘l sisternalari va boshqa metall qurilmalar, metalldan yasalgan uskunalar,
konstruksiyalar va boshqa buyumlar, asosan, uglerodli va kam legirlangan po‘latlardan
tayyorlanadi. Bu metall qurilmalar foydalanish jarayonida tashqi muhit (elektrolitlar, atmosfera
havosi va boshqalar) bilan o‘zaro kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlar natijasida
korroziyalanib, oksid va gidroksidlarni hosil qiladi. Shunga ko‘ra metallar korroziyasi deganda,
ularning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan kimyoviy yoki elektrokimyoviy jarayonlar
natijasida sekinlik bilan yemirilishi tushuniladi. Umuman, korroziya so‘zi (termini) lotincha
«corrosio» so‘zidan olingan bo‘lib, metallning zanglashini, parchalanishini va yemirilishni
anglatadi. Metallarning korroziyalanishini sodir etuvchi sharoit korroziya yoki agressiv muhit
deyiladi. Metallar mexanik jarayonlar natijasida ham (silliqlash, ishqalanish) yemirilishi mumkin.
Lekin bular errozik yemirilish bo‘lib, metallarning korroziyalanishini anglatmaydi. Korroziya bilan
erroziyaning birgalikda bo‘lishi fretting korroziya deb ataladi. Kimyo sanoatining ko‘pgina
texnologik jarayonlarida, asosan, elektrolit eritmalar qo‘llanilishi sababli, elektrokimyoviy
korroziya keng tarqalgan. Metallar korroziyasining xalq xo‘jaligidagi ziyoni xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlarida ishlatiladigan asbob-uskunalar, jihozlar va texnologik qurilmalar, asosan,
metallardan tayyorlangan bo‘ladi. Bajariladigan texnologik jarayonlarning turiga va sharoitiga
ko‘ra, ulardan bittasining massasi bir necha yuz tonnani tashkil qiladi. Masalan, neft-gaz bilan
ta’minlash tizimida ishlatiladigan namunaviy po‘lat rezervuarlarning massasi 500 tonnagacha
bo‘ladi. Foydalanish jarayonida ichki va tashqi yuzalar korroziya faolligi yuqori bo‘lgan muhitlar
(yer tarkibida namlik, tuzlar, H2S, SO2 bo‘lgan neft-gaz oqimi) ta’sirida bo‘ladi va
korroziyalanadi. Hosil bo‘lgan korroziya jarohatlari qurilmalarning tezda ishdan chiqishiga olib
keladi. Ularni ta’mirlash yoki yangilash uchun katta miqdordagi pul va metall sarfi kerak bo‘ladi.
Umuman, metallar korroziyasi xalq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi. Buni quyida keltirilgan
ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkin.
1. Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida ishlab chiqariladigan po‘lat
qotishmalarining oltidan bir qismi korroziya natijasida ishdan chiqqan metall qurilmalarni,
asbob-uskunalarni hamda ularning ehtiyot qismlarini almashtirish uchun sarflanadi. Bu
ko‘rsatkichni dunyo miqyosida ko‘radigan bo‘lsak, u bir necha million tonnani tashkil etadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, bir nechta metall erituvchi zavodlarning yil davomida ishlab chiqargan
po‘lat qotishmalari bekorga sarflanadi.
2. XX asrning oxiriga qadar insoniyat tomonidan 35 mlrd tonnadan ortiq po‘lat
qotishmalari eritib olingan. Hozirgi kunda ularning dunyodagi umumiy ko‘rsatkichi 14 mlrd
bo‘lib, qolgan qismi esa korroziya mahsulotlari ko‘rinishida biosferaga tarqalgan. Korroziyadan
ko‘rilgan zarar ikki xarajatning yig‘indisidan tashkil topadi, ya’ni bevosita va bilvosita
xarajatlardan. Bu xarajatlarni neft va gaz quvurlari tizimida ko‘rsak, bevosita xarajatlarga quvur
metalining narxi, quvur va uning yordamchi qurilmalarini qurish uchun sarflanadigan mablag‘lar
kiradi. Bilvosita xarajatlarga esa korroziya natijasida quvurlarda sodir bo‘lgan avariyalarni
1
N. R. Yusupbekov, Õ. S. Nurmuxamedov, Z. G. Zokirov. Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari. — Ò.: «Sharq»,
2003.
178
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
ta’mirlash davomida, ulardan foydalanayotgan korxonalarning ishlamay turgan paytdagi pul
xarajatlari, avariyalarni bartaraf etish uchun sarflanadigan metall va pul xarajatlari hamda
to‘kilgan yoki atmosferaga tarqalgan mahsulotlar hisobiga atrof-muhit komponentlarining
bulg‘alanishi natijasida sodir bo‘ladigan salbiy oqibatlarning qiymatlari kiradi.
Metallarning korroziyalanishi uzluksiz davom etadi va katta zarar yetkazadi. Temirning
korroziyalanish tufayli bevosita isroflari yiliga suyuqlantirib olinadigan temirning 10 %ga yaqinini
tashkil etishi hisoblab chiqilgan. Korroziyalanish natijasida metall buyumlar o‘zining qimmatli
texnikaviy xossalarini yo‘qotadi. Shuning uchun metall va qotishmalarni korroziyalanishdan
muhofaza qilish usullari katta ahamiyatga ega. Ular nihoyatda turli-tumandir. Ulardan ba’zilarini
aytib o‘tamiz.
Metallarning himoya sirt qoplamalari. Ular metalldan (rux, qalay, xrom va boshqa
metallar bilan qoplash) va metallmasdan (lok, bo‘yoq, emal va boshqa moddalar bilan qoplash)
qilinishi mumkin. Bu qoplamlar metallni tashqi muhitdan ajratib turadi. Masalan, tomga
yopiladigan tunuka rux bilan qoplanadi: ruxlangan tunukadan turmushda va sanoatda
ishlatiladigan ko‘pgina buyumlar tayyorlanadi. Rux qatlami temirni korroziyalashdan saqlaydi,
rux temirga qaraganda ancha aktiv metall bo‘lsa ham, (metallarning standart elektrod
potensiallar qatoriga, u oksid pardasi bilan qoplangandir. Himoya qatlam buzilganda
(tirnalganda, tom teshilganda va h.k.)) namlik ishtirokida galvanik juft Zn/Fe vujudga keladi.
Unda temir katod (musbat qutb), rux — anod (manfiy qutb) bo‘ladi. Elektronlar ruxdan temirga
o‘tadi va kislorod molekulalari bilan bog‘lanadi (kislorodli qutbsizlanish), rux esa eriydi; lekin rux
qatlamining hammasi yemirilib bo‘lguncha temir himoyalanganicha qoladi, bu esa ancha uzoq
vaqtda sodir bo‘ladi. Temir buyumlar sirtini nikel, xrom bilan qoplash korroziyalanishdan
muhofaza qilishdan tashqari buyumlarning tashqi ko‘rinishini chiroyli qiladi.
Antikorrozion xossalarga ega bo‘lgan qotishmalar yaratish. Po‘lat tarkibiga 12 %ga qadar
xrom kiritish yo‘li bilan korroziyabardosh zanglamaydigan po‘lat olinadi. Nikel, kobalt va mis
qo‘shish po‘latning antikorrozion xossalarini kuchaytiradi, chunki qotishmaning passivlashishga
moyilligi ko‘payadi. Antikorrozion xossali qotishmalar yaratish — korroziya tufayli bo‘ladigan
isroflarga qarshi kurashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Protektor himoya va elektr himoya. Protektor himoya elektrolit muhitida (dengiz suvi,
yerosti suvlari, tuproq suvlari va h.k.) bo‘ladigan konstruksiya (yerosti quvuri, kema korpusi)
muhofaza qilinadigan hollarda qo‘llaniladi. Bunday himoyaning mohiyati shundan iboratki,
konstruksiya protektor* — muhofaza qilinadigan konstruksiya metaliga qaraganda aktivroq
metallga ulanadi. Po‘lat buyumlarni muhofaza qilishda protektor sifatida odatda magniy,
aluminiy, rux va ularning qotishmalaridan foydalaniladi. Korroziyalanish jarayonida protektor
anod bo‘lib xizmat qiladi va yemiriladi, bu bilan konstruksiyani yemirilishdan saqlab qoladi.
Protektorlar yemirilgan sari ularni yangisi bilan almashtirib boriladi.
1
Elektr himoya ham shu prinsipga asoslangan. Elektrolit muhitida turgan konstruksiya
bunda ham boshqa metallga (odatda, temir bo‘lagi, rels va sh. o‘.), lekin tashqi tok manbayi
orqali ulanadi. Bunda himoyalanadigan konstruksiya katodga, metall — tok manbayining
anodiga ulanadi. Tok manbayi anoddan elektronlami oladi, anod (muhofaza qiluvchi metall)
yemiriladi, katodda esa oksidlovchining qaytarilishi sodir bo‘ladi. Elektr himoyaning protektor
himoyadan afzalligi bor: uning ta’sir radiusi 2000 m ga yaqin, protektor himoyaniki esa — 50 m
atrofida bo‘ladi. Elektrokimyoviy himoyalash usuli kemasozlik, samolyotsozlikda, bug‘ qozonlari,
truboprovodlar va boshqalarda qo‘llaniladi.
1
K. Kamalov, S. Sh. Xabibullayev. Korroziyadan himoya qilish. O‘quv qo‘llanma. — Ò.: ÒDÒU, 2006.
3
U. M. Mardonov, M. N. Murodov. Korroziyaga qarshi himoya. O‘quv qo‘llanma. — Buxoro: Buxoro oziq-ovqat va yengil
sanoat texnologiya instituti, 2004.
4
L. V. Korovina, Sh. K. Agzamov. Ashyolarning kimyoviy qarshiligi va korroziyadan himoya. O‘quv qo‘llanma. — Ò., 2004.
179
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Muhit tarkibini o‘zgartirish. Metall buyumlarning korroziyalanishini sekinlashtirish uchun
elektrolitga korroziyani sekinlatuvchi moddalar yoki ingibitorlar deyiladigan moddalar (ko‘pincha
organik) qo‘shiladi. Ular metallni kislota yemirishidan saqlash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Keyingi yillarda uchuvchan ingibitorlar (boshqacha aytganda, atmosfera ingibitorlari)
ishlab chiqildi. Ular qog‘ozga shimdiriladi va metall buyumlar shu qog‘oz bilan o‘raladi.
Ingibitorlarning bug‘i metall sirtiga adsorbilanadi va unda himoya pardasini hosil qiladi.
Ingibitorlar bug‘ qozonlarini quyqadan kimyoviy tozalashda, ishlov berilgan buyumlar
sirtidan kuyindini yo‘qotishda, shuningdek, xlorid kislotani po‘lat idishda saqlash va tashishda
ko‘p ishlatiladi. Anorganik ingibitorlar qatoriga nitritlar, xromatlar, fosfatlar, silikatlar kiradi.
Ingibitorlarning ta’sir etish mexanizmi ko‘pchilik kimyogarlarning tadqiqot mavzusidir.
Termik usul buyumni havo yoki suv bug‘i muhitida qizdirishdan iborat. Bunda buyum
sirtida qalinligi 3 mkm parda hosil bo‘ladi. Metallning tarkibi va oksidlash rejimiga qarab, parda
har xil tusda bo‘lishi mumkin. Buyum 80 % o‘yuvchi natriy va 20 % natriy nitrat aralashmasida
250-350° C gacha qizdirilsa, qora tusli, 55 % natriy nitrit bilan 45 % natriy nitrat aralashmasida
qizdirilganda esa ko‘k tusli parda hosil bo‘ladi. Po‘lat buyum sirtida qora tusli himoya-bezak
pardasi hosil qilish uchun u 450-470° C gacha qizdirilib, zig‘ir moyiga botiriladi. Termik usul
kesuvchi asboblarni va ba’zi mayda detallarni oksidlash uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |