TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
228
jarayonlar va mamlakatdagi yangi axborot texnologiyalari haqida yetarli ma‘lumotga
ega emas. Boshlang‗ich sinf о‗qituvchilarining kasbiy va umumiy layoqatlarini
shakllantirish muammosi ijtimoiy о‗zgarishlarning zamonaviy bosqichi, inson
faoliyati intellektuali, jamiyat tomonidan hal qilinadigan iqtisodiy, siyosiy va axloqiy
muammolarning keskinligi bilan bog‗liq. Boshlang‗ich sinf о‗qituvchilarining kasbiy
layoqatliligi inqirozining asosiy sabablari:
- jamoatchilik ongidagi jadal о‗zgarishlar, qadriyatlarning о‗zgarishi, ijtimoiy
taraqqiyotning ustuvor yо‗nalishlari va о‗qituvchilar kasbiy ongining inersiya
hodisasiga asoslanganligi о‗rtasidagi tafovut. Ularning aksariyati an‘anaviy
qadriyatlar va munosabatlarga yо‗naltirilgan, bu esa о‗z navbatida kasbiy raqobatni,
shaxsiy mas‘uliyatni va fikrlashda avtoritarizmni rad etishga olib keladi;
- kо‗pchilik о‗qituvchilar uchun jahon pedagogik tajribasining eng yaxshi
namunalari bilan tanishish, jahon pedagoglar jamoasining yutuqlaridan amaliyotda
foydalanish mumkin emasligi;
- о‗qituvchilar ta‘limining an‘anaviy tizimining yuqori inertligi(shu jumladan,
kasb -hunar ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
tizimi, kattalar uchun qо‗shimcha kasb -hunar ta‘limi tizimi). Bularning barchasi
о‗qituvchilar ongining ichki yorilishiga, kasbiy va shaxsiy о‗z-о‗zini aniqlash
vaziyatida о‗qituvchilarning psixologik noqulayligi, bezovtaligi, sarosimaga
tushishiga olib keladi.
Jamiyatdagi integratsiya jarayonlari respublika oliy ta‘lim sohasi xodimlariga
о‗qituvchilarning, xususan, boshlang‗ich sinf о‗qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi
sifatini oshirish muammosini keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan, uning
professional faoliyatini amalga oshirish uchun kelajakda boshlang‗ich sinf
о‗qituvchisi davlat tilini mukammal egallashi va kasbiy malakaning asosiy darajasiga
ega bо‗lishi kerakligini ta‘kidlash kerak.
―Layoqat‖ pedagogik atamasining kelib chiqishi haqida kamida ikkita nuqtayi
nazar mavjud. Birinchisiga kо‗ra,
u ingliz tilidan о‗zlashtirishni anglatadi.
competence-qobiliyat, layoqat, lotin competencs, compenits-ma‘lum bir sohada
qobiliyatli, bilimdon degan ma‘noni anglatadi; о‗z bilimlari bilan biror narsani qilish
yoki hal qilish, biror narsani hukm qilish huquqiga ega. Ilmiy aylanishda "layoqat"
atamasi 1960-70-larda belgilangan ma‘noda kiritildi. N. Xomskiy grammatika
doirasida "kommunikativ layoqat" tushunchalarini qо‗llagan, tillarni о‗qitish
nazariyasida D. Xeyms turli xil til qobiliyatlarini о‗rgangan.
1970-90 - yillarda bu atama tilni о‗rganish nazariyasi va amaliyotida keng
qо‗llanilgan, mutaxassislarni tayyorlashda layoqatli yondashuv nazariy ilmiy
tekshirishlar doirasidan tashqariga chiqdi va ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini
rivojlantirish uchun asosiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |