TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
236
innervatsiyasiga ko‗rsatgan patologik ta‘siri natijasida dizartrik bola nutqida
murakkab kamchiliklarga sabab bo‗ladi. Bu muammo o‗z o‗rnida yana qator
muammolar yigindisini (nutqiy, psixologik, ijtimoiy, intellektual va hakazo...) hosil
etmokdaki, ular o‗z o‗rnida ushbu to‗siqlar yechimini bir emas balki, bir qancha
aspektlar holatini ijobiy rivojlantirilishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda bolalar serebral falajllanishiga ega bo‗lgan bolalar soni ortib
bormoqda. Xususan, L.O.Badalyanning ma‘lumotlariga ko‗ra, har 1000 ta dunyo
yuzini ko‗rgan go‗daklarning 1,7-1,9 nafari ushbu xastalik bilan tug‗iladilar, K.A-
Semyonovaning nisbatan keyingi ma‘lumotlariga qaraganda ularning soni har 1000
tada 2-3 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikka duchor bo‗lgan insonlarning soni
ortib borayotganligi hamda mavzuning chuqur yoritilmaganligini xisobga olgan holda
ushbu bolalarga pedagogik-psixologik yordam ko‗rsatishni takomillashtirish vazifasi
aktual muammolar doirasini hosil qilmoqda.
Nutq kamchiligiga ega bo‗lgan bolalarning psixologiyasini ilmiy – nazariy va
metodologik asoslarini ishlab chiqishda L.S.Vigotskiyning xizmatlari katta. Psixik
rivojlanishning umumiy qonuniyatlari ham L.S.Vsigotkiy tomonidan ta‘riflab
berilgan. Olimning ta‘kidlashicha, normal va anomal bola bir xil qonuniyatlar
bo‗yicha rivojlanadi. Bular quyidagilar:
1.
Integratsiya.
2.
Psixik jarayonlarning bir tekkisda rivojlanmasligi.
3.
Moslashuvchanlik[3].
Sharq mutaffakiri buyuk olim, tabib bobomiz Ibn Sino aytganlaridek
pedagogikada bilishda qaysi metod yoki metodikalardan foydalanilmasin ulardan
ko‗zlanadigan asosiy maqsad bolada haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil va mantiqiy
fikrlash qobilyatini rivojlantirish nazariyani amaliyot bilan tatbiq qilishni bila olishi
lozimdir. Ko‗pchilik bolalarda diqqat e‘tiborning o‗zgaruvchanligi, ixtiyoriy
diqqatning pastligi harakatlarning rejalashtirishdagi qiyinchiliklar kuzatildi. Bolalarda
ixtiyoriy diqqatning past darajada rivojlanganligi ham uchrab turadi yani bunda
bolalar yo‗l-yo‗riqlarni aniq emas tushunarsiz idrok etadilar uzun – yuluq idrok
etishlari; berilayotgan topshiriqlarga diqqatlarini jamlashga uni bajarishga birdan
kirisha olmay qiynaldilar. Diqqatning yana bir salbiy jihatlaridan biri bu
parishonxotirlikdir.
Dizartirya quyidagi belgilarga ega:
-
Nutqiy artikulyatsiya motorikasi va nutqiy nafas bilan bog‘liq b o‗lgan
tovushlar talaffuzi;
-
Ovoz bilan bog‘liq muammolar;
-
Ham unli ham undosh tovushlarda kamchiliklar kuzatiladi;
-
Artikulyatsiya praksisining yetarli emasligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |