FORMING THE OCCUPATIONAL COMPETENCE OF THE STUDENTS FROM ECONOMICAL DISIPLINE
BY USING INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES
Suropov B. - Lecturer at Karshi Engineering and Economics Institute, PhD of pedagogical
sciences
Annotation.
This article indicates the process of forming the occupational competence of the
students from economical direction by using information and communication technologies.
Keywords:
programmable arrangements of the computer, automation, sites of the specialists,
the model of the preparing the students of occupational competence, electronic informational-
educational resource.
56
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Dunyo ta’lim tizimida elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanib, fanlarning metodik
ta’minotini takomillashtirish, talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish,
mashg‘ulotlarda multimedia, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda va
ommaviy foydalanish tadqiq qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish,
iqtisodiyotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida rivojlantirish, boshqaruv
jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, faoliyat sohalari bo‘yicha talabalarga
innovatsion bilim, kasbiy ko‘nikma va malakalarni doimiy takomillashtirib borish ustuvor vazifa
sifatida belgilangan. Jumladan, oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash sifatini
keskin oshirish, xalqaro standartlar darajasiga mos raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida
olib borilayotgan ishlar ta’lim va fan sohasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. 2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar
strategiyasi”da “uzluksiz ta’lim tizimini yana-da takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar
tayyorlash siyosatini davom ettirish; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini
joriy etish asosida OTM faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” ustuvor vazifa sifatida
belgilanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta’lim tizimida talabalarning kasbiy kompetentligini yuqori darajada shakllantirilishi,
bo‘lajak iqtisodchining kasbiy faoliyatini samarali ta’minlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning
uchun oliy ta’lim tizimi iqtisodiyot yo‘nalishlari talabalariga “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion
texnologiyalar va tizimlar” fanini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish, ta’lim jarayonida ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish yuksak
malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash zarurdir. Shuni hisobga olib, oliy ta’lim iqtisodiyot
yo‘nalishlari talabalarida axborot kompetentligini shakllantirish uchun yuqori sifatli va kasbiy oliy
ma’lumot olish zaruriy shart hisoblanadi.
Mazkur tadqiqotimizda, iqtisodiyot yo‘nalishi talabasining kasbiy kompetentligini
shakllantirish uchun axborot texnologiyalari vositalaridan unumli foydalanish, axborotlarni
boshqarish malakalarini egallash, axborotlashgan jamiyatda moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni chuqur
anglash – samarali, muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkoniyatiga egalik darajasi ekanligi anglab
yetildi.
Kasbiy kompetentlik – bu ma’lum bir faoliyat sohasida berilgan vazifalarni samarali bajarish
uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va tajriba (kompetensiya)larning yig‘indisidir. Shuningdek, kasbiy
kompetentlik nafaqat berilgan vazifalarni samarali bajarish qobiliyatini, balki zamonaviy sharoitlarda
bilim va tajribani shakllantirish va undan o‘z o‘rnida foydalanish qobiliyatini ham anglatadi.
Kasbiy kompetentlikni shakllantirish jarayoni uzluksiz jarayon bo‘lib, u umumta’lim
maktabidan boshlanib, kasbiy faoliyatni amalga oshirishgacha davom etadi
1
. Ana shu uzluksiz ta’lim
jarayonida iqtisodiyot yo‘nalishlari talabalarining axborot texnologiyalari sohasidagi nafaqat bazaviy
bilimlarining yetarliligi, balki, axborot tushunchasi, axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash
jarayonlarining umumiy tavsifini talab qiluvchi: axborot jarayonlarini amalga oshiruvchi texnik
vositalar, tizimli dasturiy ta’minot, Office dasturlari, Web-dasturlash asoslari, mutaxassislikka
yo‘naltirilgan dasturlarni chuqur o‘rganish, shuningdek, ushbu olingan bilimlarni amalda qo‘llash
qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur hisoblanadi. Shuningdek, iqtisodiyot yo‘nalishlarida ta’lim beruvchi
o‘qituvchilar Microsoft Office dasturlari: MS Excel, MS Access, obyektga yo‘naltirilgan dasturlar: S++
Builder, PHP My Admin, MySQL, Oracle, Cisco Packet Tracer, internetning interaktiv xizmatlari:
soliq.uz, my.soliq.uz, my.gov.uz, iqtisodiy masalalarni yechishni avtomatlashtirishga xizmat
qiladigan 1UZ, 1C, eStat 3.0., iABS-bank va boshqa dasturlardan foydalanishni bilishi, ta’lim
1
Каюмова Н.А. Ахборотлашган таълим муҳитида информатика ўқитувчисининг касбий компитентлигини шакллантириш. Физика,
математика ва информатика илмий-услубий журнали.: Т. - 2017. 85-92 б.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |