TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
kuzatishlar, fan kechalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, ilmiy-metodik mahsulotlar
tayyorlash, shuningdek, malaka oshirish muassasalaridagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda
masofadan malaka oshirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, uzluksiz malaka oshirish – uzluksiz ta’lim sohasidagi resurslar va
butun faoliyatni birlashtirib shaxs rivojlanishining uyg‘unligiga va kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishga erishishga yo‘naltirilgan, vaqt (muddatlari bo‘yicha) va makon (o‘qitish joyi bo‘yicha)
bilan chegaralanmagan, doimiy faoliyatdagi jarayon bo‘lib, kasbiy faoliyat bilan bog‘liq ta’limiy
ehtiyojlarni qondirish, o‘qitish jarayonining sifatini takomillashtirish, avvaldan olingan kasbiy
bilimlarni yangilash va chuqurlashtirish kabi maqsadlarni bajarishni ko‘zda tutadi. O‘qituvchilarning
uzluksiz malakasini oshirish ularning o‘z kasbiy tajribalarini tahlil qilish va baholash, shuningdek,
o‘zini-o‘zi shaxsiy rivojlantirish ehtiyojlarini faollashtirish va qo‘llab-quvvatlashga asoslanadi.
Uzluksiz malaka oshirish jarayonini tashkil etishda o‘qituvchilarning shaxs sifatida umumiy
rivojlanishini, ularning pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish faoliyati bo‘yicha
tayyorgarlik darajasini hisobga olish zarur.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan uzluksiz malaka oshirish jarayonida ta’lim muassasasi
rahbarlari va professor-o‘qituvchilarda kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarni
shakllantirish va rivojlantirishga erishish uchun mazkur jarayonda quyidagilarga alohida e’tibor
qaratish zarur
1
:
1.
Ta’lim muassasalari faoliyatiga qo‘yilayotgan yangi ijtimoiy talablarni hisobga olgan holda
o‘z faoliyatini tahlil qilish va baholash. Bunda o‘qituvchi faoliyatining maqsad va vositalari, maqsad
va natijalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni, anglashilmovchiliklarni hamda o‘zini o‘zi rivojlantirish
yo‘nalishlarini aniqlaydi va uning zaruriyatini anglaydi.
2.
Kasbiy faoliyat yo‘nalishidagi tushunchalarni va yangilikni anglashga nisbatan intilishning
o‘zgarishi. Bunda o‘qituvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalarining yangilanishi, ma’naviy va
madaniy salohiyatining rivojlanishi hamda axborotlar almashinuvi amalga oshadi, ularda kasbiy
faoliyat yo‘nalishidagi tushunchalar o‘zgaradi, shaxsiy o‘zgarishlar vujudga keladi.
Xalq ta’limi xodimlari, xususan, pedagoglarning uzluksiz ta’limini tashkil qilish, ularga
o‘zlarining kasbiy mahoratlarini mustaqil oshirib borishda metodik ko‘maklashish maqsadida
quyidagi yo‘nalishlarda qator tashkiliy ishlarni amalga oshirish taklif qilindi
2
: ayrim fanlar bo‘yicha
pedagoglarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish; xalq ta’limi xodimlari uzluksiz malakasini
oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv kurslarini tashkil etish; fanlar bo‘yicha tayanch maktablar va ularda
pedagoglar uchun harakatdagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish; “Yilning eng yaxshi fan
o‘qituvchisi” respublika tanlovini o‘tkazish.
Ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyati katta yoshdagi o‘quvchilar o‘quv ishlarining asosiy turi
hisoblanadi. Bunda o‘quv faoliyati turi sifatidagi mustaqil ishlarni o‘tkazish emas, balki ta’lim
oluvchilar tomonidan o‘zining o‘qishini tashkil etishni mustaqil amalga oshirish tushuniladi.
Bu tamoyil katta yoshdagi ta’lim oluvchi uchun o‘quv materiali bilan mustaqil ishlash va taklif
etilgan topshiriqlarni bajarish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunda zamonaviy masofaviy ta’lim kattagina
yordam ko‘rsatadi.
Ushbu tamoyilni qo‘llash ta’limni tashkil etuvchilardan oldindan tayyorgarlik ko‘rishni: o‘quv
dasturlarini tuzish, o‘quv materialini tanlash va ko‘paytirish, o‘qitadigan kompyuter dasturlarini
sotib olish va yaratishni taqozo etadi.
1
Turg‘unov S.T. va boshqalar. О‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentliligini rivojlantirish. –Toshkent.: Sano-standart, 2012 –172
b.
2
N.Raxmanqulova, M.Yuldashev, A.Baxramov, M.Ahmedov, T.Raimov, A.Ametov. Xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish kurslaridan
keyingi faoliyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash. – T.: Lesson-press, 2018. 160 b.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |