заведующая кафедрой Кашкадарьинского областного регионального
центра переподготовки и повышения квалификации работников народного образования,
доктор философии по педагогическим наукам(PhD)
Аннотация.
В данной статье широко освещается непрерывное повышение
квалификации учителей, организационные аспекты активизации и поддержки потребности
саморазвития, формирования и развития личных качеств профессоров-преподавателей,
имеющих профессиональное значение в процессе непрерывного повышения квалификации.
Ключевые слова:
непрерывное повышение квалификации, смешанное обучение
(Blended Learning) и технология обучения на протяжении жизни (life-long learning, LLL),
самостоятельное повышение квалификации, профессиональная компетентность и
профессиональная способность учителя, общая и профессиональная культура.
CONTINUOUS EDUCATION IN PUBLIC EDUCATION PERSONNEL AND ITS ORGANIZATIONAL SIDES
Shodiyeva M. - Kashkadarya regional CRPEPDQ, PhD
Annotation:
In this article it is widely enlightened organizational sides of activating and
supporting teachers’ needs for regular qualification development and their self-development,
53
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
forming and increasing personal qualities playing important professional role for professor-teachers
in the continuous qualification development process.
Keywords:
continuous qualification development, Blended Learning and life-long learning, LLL
technologies, self- development of qualification, professional competence and skill of the teacher.
Dunyoda ta’lim tizimini axborotlashtirish sharoitida qayta tayyorlash va malaka oshirish
jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga motivatsiyani oshirish, masofadan o‘qitishning
psixologik-androgogik jihatlarini aniqlashtirish kabi vazifalarni hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga muvofiq kurslarning o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, ularni innovatsion
yondashuv asosida takomillashtirish, pedagogik shart-sharoitlar yaratish hamda o‘qitishning sifat va
samaradorligini oshirishda aralash ta’lim (Blended Learning) va hayot davomidagi ta’lim (life-long
learning, LLL) texnologiyalarini qo‘llash dolzarb hisoblanadi.
Mazkur vazifalarni davriy malaka oshirish kurslari bilan birgalikda, mustaqil ta’lim orqali
uzluksiz malaka oshirish shakllarini joriy qilish asosida bajarish mumkin. Bunda o‘z navbatida
“masofaviy malaka oshirish” tushunchasidan “kasbiy faoliyat davomida uzluksiz masofaviy malaka
oshirish” tushunchasiga o‘tish lozimligi ko‘rinadi
1
.
Mavjud holatning tahlili shuni ko‘rsatdiki, pedagogning maktabda va keyinchalik oliy o‘quv
yurtida olgan bilim, ko‘nikma va malakalari, shuningdek, hatto malaka oshirish davrida egallagan
ko‘nikma va malakalari ham kasbiy hamda umummadaniy bilimlilik darajasini yangilash va
kengaytirishni to‘la qoplay olmaydi. Bu esa uzluksiz malaka oshirish ehtiyojini yuzaga keltiradi.
Katta yoshdagi insonlarga nisbatan uzluksiz ta’lim deganda “ham umumiy va maxsus o‘quv
muassasalarining istalgan turi, ham shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida bilim va
malakalarini takomillashtirish va unga ega bo‘lishdagi tizimlashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan
faoliyatni tushunmoq zarur.
Quyidagilar uzluksiz ta’lim konsepsiyasini amalga oshirishning umumiy tamoyillarini
shakllantirishga imkon yaratuvchi muayyan bir vazifani bajarilishi tushuniladi
2
:
1.
Maqsadga yo‘naltirilganlik, u, asosan, uslubiy xususiyatga ega bo‘lsa-da, insonning tabiiy
rivojlanishini differensiyalash va uning rivojlanishi bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati uchun
zarur bo‘lib, uzluksiz ta’lim mazmuni asosini tashkil etuvchi uzluksiz ta’lim tizimi chegaralarini
asoslashga xizmat qiladi.
2.
Ta’limga individual yondashuv har bir insonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda nafaqat alohida yondashuv va ta’lim uslublari, balki ta’lim mazmunining individualligini talab
etadi.
3.
Uzluksiz ta’lim alohida shaxsga nisbatan qo‘llaniladi va unga individual ta’lim
trayektoriyasini tanlash imkoniyatining berilishini ko‘zda tutadi.
4.
Uzluksiz ta’lim konsepsiyasini amaliy jihatdan amalga oshirishning tizimliligi uzluksiz ta’lim
tizimini yaratish, tashkiliy tamoyillar va uning tuzilishida tizimiy yondashuv asosini anglatadi.
5.
Uzluksiz malaka oshirish jarayonlari – xalq ta’limi xodimlarini o‘z sohasi bo‘yicha fan va
texnologiya yutuqlari, yangiliklari bilan muntazam tanishtirib borish asosida kasbiy va pedagogik
mahoratini, o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion
metodlaridan foydalanish bo‘yicha ularning kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini tizimli
rivojlantirib borish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv
kurslari, sayyor malaka oshirish, o‘quv seminarlari, seminar-treninglar, ochiq darslar, o‘zaro dars
1
Ibraymov A.Y. Umumta’lim maktabi fizika о‘qituvchilari masofaviy malaka oshirishlarining ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish.
Pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori diss. –T, 2017. – 163 b.
2
Jо‘rayev R., Yuldashev M., Rahmonqulova N., Bahromov A., Zokirov A. Pedagog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish mexanizmini
takomillashtirish. О‘quv-metodik qо‘llanma. –Toshkent.: Adabiyot uchqunlari, 2014, –160 b.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |