Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   269
Ключевые слова:
литературно-эстетические взгляды, произведение, деталь, образ, 
синкретизм, субъективность, символ, трагедия, сюжет, рассказ. 
 
SYNTHESIS OF ARTISTIC PERCEPTION AND CRITICAL THINKING IN WRITER'S WORK 
 
Burхаnova F.А. - Teacher of Tashkent State Pedagogical University 
Annotation. 
The article describes the processes of updating the literature of the period of 
independence on the example of the creative work of the talented writer Nazar Eshankul. The 
writer's literary and aesthetic views alternate with cycles and stories created by himself, in which 
poetic innovations, figurative content and stylistic identity are analyzed in a comparative aspect, 
and scientific and theoretical conclusions are made. 
Keywords:
literary-aesthetic views, work, detail, image, syncretism, subjectivity, symbol, 
tragedy, story. 
Istiqlol davri adabiyoti sinkretiklik, hur fikrlilik, subyektivlik, eksperimentallik kabi turfa shakl-
u shamoyil kasb etmoqda. Avvalo, bu avlod ijodida mafkuraviy tazyiq izlari yaqqol sezilmaydi, milliy 
doiradagi muammolar nisbatan ochiq-oydin bayon etiladi; ikkinchidan, o‘tgan tuzumga xos illatlar 
ularning asarlarida erkin va atroflicha ijtimoiy-badiiy tahlil etiladi, unga nisbatan aniq konseptual 
munosabat bildiriladi; uchinchidan, bu avlod asarlarida poetik eksperimentlar qilish imkoniyati keng 
va ular bu imkoniyatdan etarli darajada foydalanadilar; to‘rtinchidan, Yevropa, Amerika va Lotin 
Amerikasi adabiyotiga xos badiiy tendensiyalarga moyillik bu avlod estetik dunyoqarashining 
yetakchi xossalaridan hisoblanadi; beshinchidan, ushbu avlodga mansub ijodkorlar jahon adabiyoti 


197 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
va nazariyasi muammolari, dunyo adabiyotida mavjud adabiy oqim va metodlardan yaxshi xabardor. 
Xabardorgina bo‘lib qolmay, bu haqda erkin fikr yurita oladilar.
Bu avlod, xususan, N.Eshonqul poetik idroki, adabiy-estetik qarashlari mana shunday ijodiy 
prinsiplar asosida shakllangan. Ularning bosh maqsadlari, bizning fikrimizcha, adabiy muhitni 
yangilash, ijodiy prinsiplarni qayta shakllantirish, jahon adabiyotidagi eng ilg‘or tendensiyalarni 
milliy adabiyotga sintezlashda namoyon bo‘ladi. Albatta, bunda turli badiiy eksperimentlar, ifoda 
usullaridagi yangilanishlar bilan birga adabiy-tanqidiy ishlarning ham muhim o‘rni bor. Tadqiqotimiz 
obyekti bo‘lgan N.Eshonqul asarlarida badiiy ijod jarayonidagi estetik tamoyillar, poetik 
eksperimentlarning tanqidiy asarlarda izchil aks etganiga guvoh bo‘lamiz. 
Zamonaviy jahon va o‘zbek adabiyotida ro‘y bergan biron muhim hodisa yo‘qki, u N.Eshonqul 
e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsin. Turli hajm va shakldagi badiiy esselar, maqolalar, taqriz, suhbat, 
adabiy bahslarda N.Eshonqul badiiy idroki va tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. 
2014-yilda yozuvchining “Mendan “men”gacha” nomli adabiy-tanqidiy asarlar to‘plami nashr etildi. 
Kitobdan N.Eshonqulning qariyb o‘ttiz yillik tajribalari, adabiyot haqidagi fikr-mulohazalari o‘rin 
olgan. Kitobning qamrov doirasi o‘ta keng. Unda Sharq va G‘arb klassiklari, o‘zbek nasri va 
she’riyatining zabardast vakillari ijodi muhim ijodiy fenomen – ijodkor “men”i doirasida talqin-u 
tahlil etilgan. Kitobning “MEN”ni izlab...” nomli dastlabki qismida adibning ijodkor shaxsi mohiyatini 
belgilovchi, o‘zligini namoyon etuvchi yadrosi – “men”lik olami haqida fikr yuritiladi. Ushbu 
asarda, eng avvalo, ijodkor kim, uning o‘zligi qanday namoyon bo‘ladi, ijodkorning yaratuvchanlik 
salohiyati nimalarda ko‘rinadi, degan savollarga javob izlanadi. Uning shaxs darajasiga ko‘tarilishi 
yoki shaxssizlik doirasida qolib ketishining sabablari-yu omillari nimada tarzidagi aniq va shafqatsiz 
savollar qo‘yiladi. “Men”i va “mensizlik” ijod jarayonida qanday namoyon bo‘ladi kabi masalalar 
adabiy materiallar asosida tahlil etiladi. Asl “men” – ijodkor “men”dir. U boshqalar ilg‘amagan, 
anglamagan moddiy va ma’naviy, tashqi va botiniy holatlarni anglaydi. Faqat anglash, idroklash 
bilangina cheklanmaydi, o‘z ijod namunalarida qayta kashf etadi. “Men ijoddan holi narsalarni 
yaratuvchilik deb atashlariga qarshiman. Ijod yo‘q joyda yaratgan ham, yaratuvchilik ham bo‘lmaydi. 
Ijodiy zavq olish so‘ngan daqiqadan turg‘unlik boshlanadi, ijodiy zavq tugagan jamiyat tanazzulga 
yuz tutadi. Ijod – buyuklikni va Parvardigor qudratini anglash hissi”
1
. Ko‘rinadiki, N.Eshonqul haqiqiy 
ma’nodagi ijodkor ijod bilan tirikligiga urg‘u bermoqda. Ijodkor shaxs o‘z hayotini ijod qilgan 
daqiqalarinigina yashaydi. Umrining qolgan vaqtlarida oddiy odamlardan farq qilmaydi. Lekin shuni 
unutmaslik lozimki, badiiy ijod jarayoni uch muhim bosqichni qamrab oladi. Bularning birinchisi – 
asar yozilguncha bo‘lgan tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda yozuvchi badiiy asar uchun mo‘ljallangan 
voqea-hodisalar, hayotiy shaxsiyatlar, detallar, joy, vaqt va h.k.larni saralaydi. Yon daftarida qayd 
etilgan dalillar, jumla, ibora, so‘zlarni asar kompozitsiyasining qaysi o‘rniga joylashtirish haqida fikr 
yuritadi. Xayolida, tafakkurida asarda kechadigan “sahna” dekoratsiyasini tayyor holga keltiradi. 
Ikkinchi bosqich yozish jarayoni bo‘lib, bu ijodiy jarayon uchun o‘ta muhim bosqich hisoblanadi. 
Tafakkurida yetilgan badiiy komponentlarni yozuvchi aynan shu bosqichda moddiylashtiradi. Xayoliy 
manzaralar, obrazlar, voqealarni jonlantiradi. Bir asar uslubiy tizimiga solib, o‘quvchiga ma’qul 
keladigan darajada badiiy ifodalashga urinadi. Uchinchi va so‘nggi bosqich – bu ijodiy o‘qish 
bosqichidir. Bu bosqichda yozuvchi bir yo‘la ikki vazifani bajarishiga to‘g‘ri keladi: muallif va o‘quvchi 
vazifasini. Agar bu bosqichda yozuvchi o‘quvchi darajasiga tushib fikrlamasa, o‘z asariga nisbatan 
tanqidiy, obyektiv yondashishi qiyin kechadi. O‘quvchi nigohi bilan qarar ekan o‘z kamchiliklarini 
ko‘radi. Bu jarayonda butun boshli jumlalar, so‘zlar, personajlar, hatto bir butun motivlar-u badiiy 
manzaralardan ham voz kechishga to‘g‘ri kelishi ehtimoldan holi emas. Demak, ijodkorda ijodning 
uch bosqichi doimiy tarzda davom etib turadi. Ijod kayfiyatidagi yozuvchi olam va odamlarni ijodkor 
1
Эшонқул Н. Мендан “Мен”гача. – Тошкент: Akademnashr, 2014. – Б.7 – Б.19. 


198 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish