Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
katta ilohiy haqiqatlarni anglash yo‘lida kechinmalar kechirayotgan, ruhan poklanayotgan yoki o‘zini 
anglashga harakat qilayotgan shaxsdir.
Adib dunyoqarashidagi eng xarakterli jihat G‘arb va Sharq falsafasi alal-oqibat bitta g‘oyada 
birlashadi, degan xulosada namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham uning asarlarida Sharq-u G‘arb 
qarashlari uyg‘unlashib, birikib ketadi. Adibning “Tun panjaralari” qissasi ham shu g‘oya bilan 
sug‘orilgan. Yozuvchining “Maymun yetaklagan odam” kitobiga so‘z boshi yozgan Xurshid 
Do‘stmuhammad “tun, xaroba, zulmat, tobut, o‘lik, og‘riq sifatlari umumlashib, N. Eshonqul badiiy 
tafakkuri o‘q chizig‘ini tashkil etadi”, deb yozadi. Adabiyotshunos D.Xoldorov ham ayni fikrning 
tasdig‘i sifatida adib uslubida rang bilan bog‘liq ramzlar muhim rol o‘ynashini, qora rang yozuvchi 
asarlarining sarlavhalariga ham chiqqanini e’tirof etadi
1

“Tun panjaralari” qissasida aks etgan voqelik ham qora tun fonida metaforiklashtirilgan. 
Filol.f.d. U.Jo‘raqulov keyingi yillar o‘zbek nasridagi metaforiklik haqida quyidagilarni yozadi: 
“Bunday asarlarda yozuvchi tomonidan tanlangan biror mavzu hamda voqea bir butun istiora 
tizimiga aylantiriladi. Syujet va obraz umumlashma (tipologik) mohiyat kasb etadi. Asar 
kompozitsiyasi o‘rnini istiora qolipi (metaforik model) egallaydi. Natijada asar makon-zamon 
qamrovi ulkanlashadi. Ma’no ko‘lami kengayadi”
2

Qissada yozuvchi voqelikni, aniqrog‘i “men”ning qalb kechinmalarini tun manzaralari orqali 
ifoda etadi. Tun qahramonning faoliyat maydoni. Asarni shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin: 
dastlab, qahramonning qoq tunda bitayotgan maktubi; ikkinchisi, ayni shu maktub bitish 
jarayonidagi ruhiy holati. 
Ayni chog‘da bu tipdagi asarlarda inson ruhiyatini turli xil badiiy detallar (nutqiy, xatti-
harakat, imo-ishora va h.k.), dialog va monologlar, kechinmalar va boshqa tasviriy vositalar orqali 
aks ettirish samarali natija beradi. Insonning ichki, ya’ni botiniy olamini ko‘rsatishda, ziddiyatli 
holatlarni tasvirlashda ichki monolog katta rol o‘ynaydi. 
“Tun panjaralari” qissasida inson mohiyatining namoyon bo‘lishi “men”ning ongida 
kechayotgan o‘y-fikrlar orqali epifaniya asosida, ya’ni muallif ishtirokisiz ochiladi. Ma’lumki, inson 
ongida kechayotgan o‘y-fikrlar, xayollar betizgindir, shu boisdan, bu qissada aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan an’anaviy syujet yo‘nalishi yo‘q. Bu N.Eshonqul moderncha uslubiga xos 
xususiyatlardan biri sanaladi. 
Qissada ramziy ifodalar serob. Tadqiqotchi F.Radjapova mazkur qissa tahlili asosida 
N.Eshonqul o‘z ijod manerasiga ko‘ra ramziylikka moyil adib ekanini ta’kidlaydi. O‘z tahlillarini: “Tun 
panjaralari” qissasi ramzlar, poetik ko‘chimlar nisbatan keng qo‘llanilgan, hayotning turfa 
manzaralari falsafiy-badiiy talqin etilgan asardir”
3
, degan xulosa bilan yakunlaydi. 
“Men”ning fikriy faoliyati, asosan, tunda boshlanadi. Buning sababi nimada? Tun nimaning 
ramzi? Qissani o‘qigan o‘quvchida haqli ravishda shunday savollar tug‘iladi. 
Aslida tun – qorong‘ulik, zulmat, g‘aflat, shuningdek, sokinlik, osoyishtalik ramzi hamdir. Shu 
sababdan asar qahramoni faqat sokin tundagina baxt-baxtiqarolik, poklik-tubanlik, vijdon-
vijdonsizlik, umid-tushkunlik, orzu va armon, g‘ussa va quvonch, yalqovlik va shijoat, xullas, odam 
va uning taqdir bitigi to‘g‘risida o‘y suradi. Qahramon “men”i ongida kechayotgan fikriy 
mushohadalar orqali yozuvchi inson ruhiy olamini, o‘ziga xosligi va murakkabligini tasvirlaydi. Inson 
– murakkab bir tilsim ekanligi ushbu qissada o‘z aksini topgan. 
Inson qalbi va umrining muayyan qismi hisoblangan “tun” metaforasi orqali asl mohiyat sari 
qadam tashlaydi. 
1
Холдоров Д. Ижод моҳияти – услуб хосияти. – Тошкент: Turon zamin ziyo, 2017. – Б. 60. 
2
Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп. – Тошкент: Ғ.Ғулом, 2015. – Б. 260.
3
Раджапова Ф. Истиқлол даври ўзбек қиссачилигида услуб ва поэтик тил: Филол. фанлари бўйича фалсафа доктори (Ph D) дисс. 
автореферати – Т ., 2018. – Б. 17. 


200 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish