TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
ushbu savdo bitimining tahlil etilishi aynan yuqoridagi ilmiy xulosalarga tayangan holda keltirilgan.
Z.Madrahimov esa o‘z tadqiqot ishida mazkur bitim natijasida xonlikda xorijlik savdogarlarning
erkinligi cheklanganligi, xususan, oldinlari anchayin bozori chaqqon hisoblangan, ayniqsa, hind
savdogarlari endilikda turli xil to‘siqqa uchray boshlaganlarini, bundan maqsad esa rus mollari
sotuvining sun’iy ravishda ko‘payishiga erishish edi, deb ta’kidlaydi
1
. Bizga ma'lumki, O‘rta Osiyo
xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga asosiy sabablaridan biri o‘sha davrdagi
siyosiy qarama-qarshiliklar bo‘lsa, keyingi sabab sifatida ko‘riladigan lekin asosiy maqsad qilib
qaralgan omil ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi. Ya’ni, o‘sha davrda Rossiya imperiyasi
rivojlanish jihatidan Yevropaning rivojlangan davlatlaridan (Angliya, Fransiya, Germaniya) sanoat,
ishlab chiqarish va iqtisodiyot jihatidan ortda qolib ketadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Yevropa
bozorlari talablariga javob bermay qoladi. Shunday vaziyatda iqtisodiy jihatdan o‘zlaridan ancha
ortda bo‘lgan O‘rta Osiyo bozorida ushbu mahsulotlarni sotish ayni muddao edi. Yuqoridagi fikrlarni
isboti sifatida O‘zbekistonning yangi tarixi birinchi kitobida shunday deyiladi, - “O‘rta Osiyoning
arzon xom ashyo manbayi va rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozor bo‘lishini 1826-yildayoq
general-mayor Verigin imperator Nikolay I (1825-1856)ga yo‘llagan taqdimnomasida bayon qilgan
edi. Verigin Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mollar mamlakat ichkarisida ham zo‘r-bazo‘r
sotilayotgani va sifati past bo‘lgani uchun Yevropa bozorlarida sira raqobatga dosh berolmasligini
ko‘rsatib, O‘rta Osiyo bu jihatdan rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozorga aylanishi mumkinligini
bayon qilgan edi. Bu fikrni senator graf K.K.Palen rivojlantirib shunday degan edi: “Turkistonni istilo
qilishning siyosiy sabablarini hisobga olmagan taqdirda ham bu o‘lka Rossiya tarafidan bosib
olinishining dastlabki kunlaridanoq Rossiya uchun ikki jihatdan qiziqish uyg‘otgan edi: 1. Moliyaviy
siyosat jihatidan davlat daromadi manbayi va ichki ishlab chiqarish mahsulotlari uchun yangi bozor.
2. Mustamlakachilik siyosati nuqtayi nazaridan markaziy guberniyalardagi ortiqcha aholini ko‘chirish
uchun yangi hudud sifatida diqqatga loyiq edi”
2
. Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo
xonliklarining bosib olinishi hamda mustamlakachilik siyosati masalalarini o‘rganilayotgan
davrgacha bo‘lgan tarixshunosligini tahlil etgan G‘.Ahmadjonov mazkur masala doirasidan o‘zining
monografiyasida bir qancha asosli fikrlarni keltiradi. Ushbu asarda bir qancha tadqiqot ishlari tahlil
qilingan bo‘lib, ularning ayrimlarida Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib
olinishi birinchi galda Angliya-Rossiya o‘rtasidagi siyosiy vaziyatga bog‘lanib talqin qilinganligi
ta’kidlanadi. Lekin muallif ushbu talqinlar mavjud davr tuzumi ta’siri ostida vujudga kelganligini
ta’kidlab, iqtisodiy omillar dastlabki sabab sifatida ko‘rsatilgan bir qancha tadqiqotlarni ham sanab
o‘tgan
3
. To‘g‘ri, Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi natijasida
davlatning iqtisodiy hayotida bir muncha o‘sishlar kuzatildi. Bir qancha ishlab chiqarish korxonalari
qurilib, ishlab chiqarish sur’atlari keskin o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi. Lekin, ushbu jarayonlar keyinchalik
xalq va davlatni og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulga solgani barchamizga yaxshi ma’lum.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayoti xususida mustaqillik
davrida bir qancha tadqiqot ishlari amalga oshirilganiga qaramasdan ushbu masala yuzasidan bir
qancha o‘z yechimini kutayotgan muammolar borligini ta’kidlash kerak. Xususan, xonlikning
nisbatan rivojlanmagan davrida (XVIII asr ikkinchi yarmigacha) iqtisodiy munosabatlar, savdo-sotiq,
har bir hukmdorning iqtisodiy siyosati, boj va bojxona ishlari muammolarini yana-da chuqurroq,
yangi materiallar asosida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Yana shuni ta’kidlash muhimki,
Qo‘qon xonligining qo‘shni (Xiva, Buxoro) xonliklar, Turkiya, Eron kabi davlatlar bilan olib borgan
tashqi savdo aloqalariga oid tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish dolzarb masalalardan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |