TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
sohalari xususida kengroq tasavvur hosil qiladi. O‘zining tadqiqotlarida
1
nafaqat Qo‘qon xonligi, balki
butun yurtimiz tarixiga mustaqillikdan bir muncha vaqt ilgariroq yangicha fikr va eng muhimi
obyektiv qarashlarini kirita boshlagan H.Bobobekovning o‘rganilayotgan mavzuga doir yana bir
asari “Qo‘qon tarixi”dir
2
. Ushbu asardagi ma’lumotlar faqatgina Qo‘qon shahri doirasida
keltirilganligi sababli uni xonlikning iqtisodiy hayoti doirasida batafsil yoritilgan tadqiqot ishi sanab
bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, Qo‘qon shahri xonlikning poytaxti hamda eng yirik shaharlardan biri
bo‘lganligi sababli asardagi ma’lumotlar orqali uning iqtisodiy hayoti haqida bir qancha xulosalar
chiqarish mumkin. Qolaversa, ushbu asarda xonlikning qo‘shni davlatlar bilan amalga oshirgan savdo
yo‘llari batafsil yoritilgan. Sh.Mahmudov tomonidan amalga oshirilgan dissertatsiyada
3
asosiy
masala Qo‘qon xonligidagi boshqaruv tizimiga qaratilgan bo‘lsa-da, xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy
ahvol ham o‘rganilgan. Xususan, xonlikdagi soliq va uning turlari, turli xildagi yig‘imlar hamda
to‘lovlarni undirish yoki ushbu jarayonlarda kimlarga imtiyoz berish masalalarini mahalliy boshqaruv
tizimining faoliyati sifatida ochib berishga harakat qilgan. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki,
xonlikdagi hashar ishlarining davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri yaxshi talqin etilgan. Jumladan,
sun’iy sug‘orish inshootlarini barpo etish, eskilarini ta’mirlash, saroylar, madrasalar, masjidlar,
harbiy istehkomlar va himoya vositalarini qurish, sholi ekish, yantoq o‘rish kabi mehnat
majburiyatlarining aholiga yuklatilishi bir tomondan, xalqqa ortiqcha ish sifatida, ikkinchi tomondan,
ushbu vazifalar mamlakat obodonchiligi hamda yurt ravnaqi uchun xizmat qilishi kabi ilmiy xulosalar
keltirilgan
4
.
T.Xudoyqulovning nomzodlik dissertatsiyasida
5
xonlikning o‘rganilayotgan sohalariga doir
bir qancha ma’lumotlar keltirilgan.Muallif ushbu tadqiqot ishida xonlikning siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy sohalarini o‘rganishga harakat qilgan. Xonlik iqtisodiy hayotning asosini tashkil etuvchi
omillar: savdo-sotiq va tashqi savdodagi tovarlar aylanmasi, bozor munosabatlari, soliqlar kabi
masalalarga to‘xtab o‘tilgan. Barcha davlatlarning iqtisodiy asosini tashkil etuvchi omili bu uning
savdo munosabatlari hisoblanadi. Qo‘qon xonligining ham iqtisodiy hayotini o‘rganish jarayonida
uning savdo munosabatlariga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Xonlikdagi savdo munosabatlarini aynan
o‘rganayotgan davrda batafsil ravishda tadqiq etgan dastlabki tarixchi Z.Madrahimov hisoblanadi.
Z.Madrahimov o‘zining tadqiqotida xonlikdagi savdo munosabatlari, ichki va tashqi savdoning
xususiyatlari, savdoning mamlakat iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, qo‘shni davlatlar bilan savdo
aloqalari hamda bojxona tizimlari xususida batafsil yoritib bergan
6
. Qo‘qon xonligining iqtisodiy
hayoti xususida gap ketganda 1868-yilda Qo‘qon xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida imzolangan
savdo shartnomasi xususida to‘xtalib o‘tish lozim. Ushbu bitim natijasida Qo‘qon xonligi o‘zining
amalda tashqi siyosatda ko‘pgina huquqlaridan mahrum bo‘lishini anglatar edi. Mazkur bitim
xususida bir qancha tadqiqotchilar to‘xtalib o‘tishgan. Xususan, H.Bobobekov bitimni ilmiy tahlil
etib, “Qo‘qonning Rossiyadan savdo qaramligi, ayniqsa, Turkiston general-gubernatorligi bilan 1868-
yilda imzolangan savdo bitimida yaqqol namoyon bo‘ldi”,- deb to‘gri xulosa chiqaradi.
H.Ziyoyevning “Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash” nomli monografiyasida
ham ushbu bitimning 5ta bandi misol tariqasida keltirib, ushbu bitim iqtisodiy ahamiyatga ega
bo‘lsa-da, uning imzolanishi Qo‘qon xonligining siyosiy jihatdan ham Rossiya imperiyasiga qaram
bo‘lib qolganini ta’kidlaydi
7
. Mavzu doirasida tadqiqot olib borgan ko‘plab tarixchilarning ishlarida
1
Бобобеков Ҳ. Ўтмишда ўзбеклар саводсиз бўлганми? // Фан ва турмуш. 1989. № 5. 12 – 13 – бетлар.; O‘sha muallif . Россия Ўрта Осиёни босиб
олганми?.// Фан ва турмуш. 1989. № 8. 22 – 24 – бетлар.; O‘sha muallif . Ўрта Осиё Россияга қўшиб олинганми?. //Фан ва турмуш. 1989. № 10. 12-15
– бетлар.; O‘sha muallif . Ватанпарварлик нимадан бошланади? // Фан ва турмуш. Тошкент, 1990. № 3. 6 – 7 - бетлар.
2
Бобобеков Ҳ. Қўқон тарихи. Тошкент: Фан, 1996. 240 б.
3
Маҳмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими (1709–1876 йй.). Тарих фан. номз.... дисс.
Тошкент: ЎзР ФА Тарих институти, 2007. 160 б.
4
O‘sha asar. 110 - 125 - бетлар.
5
Худойқулов Т.Д. XIX асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаёти. Тарих фан. номз.... дисс. Тошкент, 2009. 194 б.
6
Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фан. номз.... дисс. Наманган, 2009. 188 б.
7
Зиёев Ҳ. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш (XVIII-XX аср бошлари) Тошкент: Шарқ, 1998. 206-б.
195
Do'stlaringiz bilan baham: |