TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
davrda, Yevropada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoit mintaqa xalqlari qatori
inglizlarning ham Sharq mamlakatlari bilan aloqa о‘rnatishini taqozo etdi. Zero, buyuk Amir Temur
vujudga keltirgan ulkan saltanat nafaqat Osiyoning, balki Yevropaning ham diqqat markazida
turardi. Oradan qariyb olti asr о‘tib, ikki mintaqa xalqlarining avlodlari yana bir-biri bilan о‘zaro
aloqalarni tikladi. Ikki mintaqa о‘rtasida siyosiy, madaniy hamkorlik yо‘lga qо‘yildi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya о‘zining iqtisodiy salohiyati va jahonga
mashhur firma va kompaniyalar faoliyati bilan ajralib turadi. Buyuk Britaniya О‘zbekiston
mustaqilligini 1991-yil 31-dekabrda tan olgan va 1992-yil 18-fevralda diplomatik munosabatlar
о‘rnatildi
1
. О‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya о‘rtasidagi hamkorlik 1993-yil 22-25-noyabrda
О‘zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning Buyuk Britaniyaga qilgan tashrifi chog‘ida
imzolangan “Savdo-iqtisodiy hamkorlik tо‘g‘risida”, “Kapital qо‘yilmalar sarflanishini
rag‘batlantirish va о‘zaro himoya qilish haqida” hamda “Ikki yoqlama soliq solinishiga yо‘l
qо‘ymaslik tо‘g‘risida”gi shartnomalarga asoslanadi
2
. Hamkorlikning izchil davom etayotganligini
2016-yil dekabr oyida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Alan Dunkanning О‘zbekistonga rasmiy
tashrifida kо‘rish mumkin. Tashqi ishlar vaziri Alan Dunkan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalarning bugungi ahvoli tahlil etildi va istiqbol
rejalar kelishib olindi. Markaziy Osiyodagi yirik davlat - О‘zbekiston bilan kо‘p sohalarda manfaatli
hamkorlikni rivojlantirishdan rasmiy Londan ham juda manfaatdor ekanligini Alan Dunkan alohida
ta’kidlab о‘tdi. 2017-yil holatiga ko‘ra ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni
rivojlantirishga 22ta huquqiy shartnomalar asos bо‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy
aloqalarda yildan yilga о‘sish bо‘lganligini kо‘rish mumkin. 2009-yil yakunlariga kо‘ra ikki
tomonlama savdo – tovar aylanmasi 37,3 mln. AQSH dollarini tashkil etgan
3
. Bu kо‘rsatgich Buyuk
Britaniyaning О‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi bо‘yicha
2-о‘rinda turishini anglatadi
4
. Buyuk Britaniya raqamli iqtisodiyot hamda sun’iy intellektni
rivojlantirish va amaliyotga tadbiq etish bо‘yicha jahondagi eng ilg‘or davlatlardan biri hisoblanadi.
Buyuk Britaniyaning ushbu sohadagi yutuqlari bilan tanishish maqsadida 2019-yil 29-31-oktabr
kunlari “О‘zbekistonda hukumatning raqamli transformatsiyasi: Buyuk Britaniya tajribasi”
mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlot va raqamli
iqtisodiyot bо‘yicha mutaxassislar V.Pak va K.Muhamadxanovalarlar ishtirok etib, ushbu yо‘nalishda
amalga oshirilgan oxirgi tadqiqotlar va yutuqlar bilan о‘rtoqlashdilar. Hozirgi davrda jahonning
kо‘plab davlatlari, jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Fransiya, AQSH kabi rivojlangan davlatlarda
ham raqamli iqtisodiyot hamda sun’iy intellekt borasida katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
О‘zbekiston ham aynan shu yо‘nalishni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, davlat siyosati
darajasiga kо‘tardi. О‘zbekiston Respublikasida 2020-yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili”
deb e’lon qilingani ham buning dalilidir. О‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga paxta tolasi,
qimmatbaho toshlar, qora metallar, volfram va ulardan yasalgan buyumlar eksport qilinsa, Buyuk
Britaniyadan mexanik va elektr asbob-uskunalar, qand-shakar va qandolat mahsulotlari, plastmassa
va undan yasalgan buyumlar mineral yoqilg‘i, farmatsevtika mahsulotlari, shu jumladan, dori-
darmon, qog‘oz va karton, mebel, optik priborlar va apparatlar, tamaki, sut mahsulotlari, kimyoviy
birikmalar, noorganik kimyo mahsulotlari import qilinadi
5
. Hozirgi paytda Buyuk Britaniyaning
dunyoga mashhur bir qancha firmalari va banklari respublikada faoliyat kо‘rsatmoqda.
1
Давлатлар ва халқаро ташкилотлар. (Маъсул муҳаррир ф.ф.д. Қ.Н. Назаров). Тошкент, “Академия”, 2005. – Б. 163.
2
Ғуломов Х.Г. Холлиев А.Г. Международные связи Республики Узбекистан с Великобританией и США(1991-2001гг). Ташкент,
“Университет”, 2002. – Б. 23.
3
Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий алоқлар, инвестициялар ва савдо вазирлиги жорий архиви. Европа Иттифоқи билан
савдо-иқтисодий, инвестиция ҳолати ҳақида маълумот. – Б. 3;
4
Ўзбекистон Республикаси билан ўзаро савдо-товар айланмаси бўйича Европа Иттифоқи давлатлари ичида 2009 йил
якунларига кўра Германия 1- ўринни эгаллади.
5
Давлатлар ва халқаро ташкилотлар. (Маъсул муҳаррир ф.ф.д. Қ.Н. Назаров). Тошкент, “Академия”, 2005. – Б. 164.
191
Do'stlaringiz bilan baham: |