TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/2(23
)
Toshkentdagi “Ren Kseroks”, “Lonro”, “Devenport treyding and invest menje LTD”, “Meredim Jons”
va “Kvik stop shoping” kabi firmalar shular jumlasidandir. Toshkentdagi “Lonro Motors” qо‘shma
korxonasi avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda, “Meridim Jons” esa
О‘zbekistonda paxta tolasini tayyorlashdan tortib, undan tayyor mahsulot tayyorlash loyihalarini
taklif etgan. “Barklayz Bank”, “Net vest bank”lari mamlakatda neftni qayta ishlash va yengil sanoatni
mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan ish olib bormoqda. О‘zbekiston tabiiy qazilmalarga boy
hududlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda respublika rahbariyati ushbu boyliklardan xalq
farovonligini oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish yо‘lida foydalanishni maqsad qilib qо‘ygan. 1994-
yil oktabr oyining о‘rtalarida Londondagi qimmatbaho toshlar bozori uyushmasi Navoiy shahridagi
oltinni qayta ishlash zavodi mahsulotlariga yuqori baho berganini e’lon qildi. 1994-yil iyunida Buyuk
Britaniyaning tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish bо‘yicha dunyoda yetakchi о‘rinni egallab turgan
“BAT indastriz” korporatsiyasi О‘zbekistonda tamaki ishlab chiqaradigan qо‘shma korxona ochishga
kelishib, qisqa muddatda u foydalanishga topshirildi. “О‘zbekiston havo yо‘llari” milliy
aviakompaniyasi uchuvchilari boshqarayotgan “A–310 yevroaerobusi” Toshkentdan Londonga
muntazam qatnay boshlagach, nafaqat ikki davlat о‘rtasidagi aloqalarga, balki Osiyo–Yevropa
hamkorligining rivojiga ham munosib hissa qо‘shmoqda. 1994-yil noyabrida Buyuk Britaniyaning
Manchester shahri bilan Toshkent о‘rtasida samolyot qatnovi yо‘lga qо‘yildi. Buyuk Britaniyaning
“Bat indastriz ils” korporatsiyasi 1995-yil 15- dekabrda Samarqandda yangi tamaki fabrikasini qurish
va Toshkentdagi tamaki ishlab chiqaruvchi korxonani modernizatsiyalash bо‘yicha bir qancha
ishlarni amalga oshirdi
1
. Ta’lim sohasidagi aloqalarda Buyuk Britaniya Kengashi unumli ishlar
qilmoqda. Buyuk Britaniya hukumati qoshida faoliyat kо‘rsatayogan mazkur tashkilot jahonning
90ta mamlakatida о‘z vakolatxonasiga ega. Buyuk Britaniyaning Lafbaro universitetida 2001-yil 14-
dekabrida О‘zbekiston Respublikasi taqdimoti tashkil etilib, uni О‘zbekiston Respublikasining Lon-
dondagi elchixonasi kо‘magida tashkil etdi
2
. Lafbaro universiteti Buyuk Britaniyadagi yetakchi oliy
о‘quv yurtlaridan biri sanalib, О‘zbekiston bilan о‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat
beradi. Buning isbotini mazkur oliy о‘quv yurtida ta’lim olayotgan о‘zbek talabalarining soni tobora
kо‘payib borayotganligidan ham kо‘rish mumkin. Universitet prorektori, professor Xarri Tomson
ushbu taqdimot marosimi о‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, an’analari va bugungi kuni bilan
yaqindan tanishtirishga hamda mamlakatlar о‘rtasidagi samarali muloqotlarni yana-da
rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi. Masofadan о‘qitishni rivojlantirishga yо‘naltirilgan London
iqtisodiyot maktabi bilan Butunjahon Bankining (1mln. AQSH doll.) loyihasi amalga oshirilmoqda
3
.
О‘zbekiston – Buyuk Britaniya aloqalaridagi yangi bosqichni Buyuk Britaniyaning Vestminstr
universiteti о‘rtasidagi hamkorlik asosida 2002-yil Toshkent shahrida mamlakatdagi birinchi ingliz
tilida dars о‘tadigan Xalqaro Vestminstr universitetining ochilishida kо‘rish mumkin
4
. Ushbu
universitetni о‘tgan davr mobaynida kо‘plab О‘zbekistonlik yoshlar bitirib, ular hozirda yurtimiz va
xorijiy kompaniya va firmalarda samarali faoliyat yuritib kelishmoqda. Aynan shu yо‘nalishdagi
aloqalarni mustahkamlash maqsadida 2020-yil iyunida Londondagi Vestminstr universitetida
“О‘zbekistonning milliy san’ati va taomlari” kо‘rgazmasi о‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga
dasturda “О‘zbek filmlari” namoyishi ham kо‘zda tutilgan. Albatta, ushbu tadbir va kо‘rgazmalar ikki
tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirib, uni yangi sifat bosqichiga kо‘tarishga xizmat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasining madaniy sohadagi hamkorligida Buyuk Britaniya alohida
ahamiyatga ega. О‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida 2001-yil respublika
mustaqilligining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida “Buyuk Britaniya – О‘zbekiston”
1
Президент ҳузурида қабул // Халқ сўзи. – 1995. – 15 декабрь.
2
Британия университетида Ўзбекистон тақдимоти // Ўзбекистон овози. – 2001. – 15 декабрь.
3
МИН ВУЗ // Международное сотрудничество, обмен учебными программами и взаимное признание квалификации выпускаемых
специалистов.www.unesco.kz/education/he/uzbek/uzbnat_ru.doc
4
Ўша жойда.