TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
nafaqat o‘z hayoti bilan, balki yuzlab insonlar hayoti bilan birga yashashga o‘rgatadi, yosh avlodni
buzg‘unchilikka emas, balki bunyodkorlikka da’vat etadi.
Muzey pedogogikasi – pedogogika, psixologiya va muzeyshunoslikning o‘zaro uyg‘unligi
natijasida shakllangan fan yo‘nalishi hisoblanadi. Dastlab muzey pedogogikasi tushunchasi XX asr
boshlarida Germaniyada shakllangan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Uni hayotga tatbiq etishda
A.Lixtvark, A.Reyxven va R.Froydental nomlari bilan bog‘liq. Avvaliga bu soha o‘quvchilar bilan
ishlashga mo‘ljallangan muzey faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida talqin etildi. 1913-yilda A.Lixtvark
birinchi marta muzeyning ma’rifiy maskan sifatidagi ahamiyati g‘oyasini shakllantirdi va tashrifchi
bilan muloqotda yangi usullarni taklif etdi. R.Frondental birinchi bo‘lib muzeylarda maktab tizimidagi
mashg‘ulotlar o‘tish metodikasini yaratdi. Shuningdek, muzey muhitida ta’lim jarayonini tashkil etish
uchun pedogog mutaxassisning zarurligini ta’kidlab, unga «muzey pedogogi» nomini berishni taklif
etdi. 1934-yilda Germaniyada «Muzey pedagogikasi» tushunchasi birinchi marta iste’molga kiritildi.
Y.K.Frizenning fikriga ko‘ra, muzey pedagogikasi – bu ma’rifiy ishlar va muzey didaktikasiga
tayanadigan, muzey vositalari bilan badiiy tarbiyaning an’anasi hisoblanadi
1
. F.Fogt fikricha esa,
muzey pedagogikasi – bu muzeylararo hamda ularning kolleksiyalari va tomoshabinlari o‘rtasidagi
vositachilik faoliyatidir
2
. A.Reyxveyn esa muzeylarda pedogogik faoliyatni rivojlantirish uchun,
asosan, ekspozitsiyalarni maktab o‘quv dasturlariga moslab tashkil etish, o‘qituvchi, o‘quvchi va
muzey orasidagi hamkorlik, maktab o‘qituvchilarini muzey ilmiy xodimlari tomonidan malakasini
oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi
3
. Insonlarning ijtimoiy xotirasi sifatida
muzey qadimgi davrlarni o‘rganish, bugungi kun haqida mulohaza yuritish va kelajakka to‘g‘ri qadam
bosish uchun imkoniyat yaratadi
4
. Muzeylar faoliyatida ta’lim-tarbiya sohasiga azaldan katta e’tibor
berilgan. Masalan, Fransiyadagi Luvr muzeyi, AQShning yirik muzeylaridan sanalgan Nyu-Yorkdagi
Metropoliten muzeyi va Rossiya muzeylarida ta’lim tizimiga katta ahamiyat berilgan. Rossiyada
ta’lim sohasidagi islohotlar muzey pedagogikasi sohasida ham bir qator tadqiqotlar bilan bog‘liq.
B.A.Stolyarov tadqiqotlarida ta’lim muassasalari bilan hamkorlik pedagogikasini tarixiy-qiyosiy,
nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etgan
5
. O‘zbekistonda ham muzeylarning eng faol hamkori ta’lim
tizimi muassasalari hisoblanib, muzeylardagi tashrifchilarning deyarli 70 foizini yoshlar tashkil etadi.
Bu raqamlar mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dunyoqarashini boyitish
va ajdodlar merosiga hurmat bilan qarash kabi xislatlarni shakllantirishda muzeylarning ham o‘ziga
xos o‘rni bor ekanligidan dalolat beradi. Xorijiy muzeylar tajribasiga nazar solsak, u yerda muzey
pedogogikasi sohasi o‘z o‘rnini allaqachon topib olganiga shohid bo‘lamiz. Ta’lim tizimi sohasi
bo‘yicha mashhur amerikalik mutaxassis Gregori Ramsey “maktab va muzey jamiyatga ajdodlar
“hududi” sifatida qaytishi kerak deb ta’kidlab, bu zamonaviy dunyo kattalar uchun bunyod etilgan
bo‘lib, unda bolalar uchun joy yo‘q”
6
- degan edi. O‘quvchilarga maktabda emas, balki aynan muzey
ekspozitsiyalarida dars o‘tilishi ko‘proq ijobiy natijalarni bermoqda. Muzey bu o‘qituvchi va
o‘quvchini ijodiy hamkorligi, u yillar davomida ular o‘rtasidagi aloqani mustahkamlab keluvchi
maskan hisoblanadi. O‘qituvchilar muzey orqali yosh avlodni borliqqa va dunyodagi voqealarga
nisbatan e’tiborli va ma’suliyatli bo‘lishga o‘rgatadi
7
. Muzeylarni ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida
YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan “Meros va dialog”, “Muzeylarni qo‘llab-qo‘vvatlashda global
hamkorlik” kabi yo‘nalishlarida hayotdagi muhim hamkor bo‘lgan muzey va u bilan bog‘liq bo‘lgan
1
Школьный музей на рубеже веков: Метод. рекомендации. М, 2001.
2
Шляхтина Л.М. У истоков музейной педагогики: О.Ф. Вальдгауер // Образователь-ная деятельность художественного музея.
Вып. 7. СПб., 2002.
3
Соколова Н.Д. Ты пришел в музей. Путеводитель по Русскому музею для младших школьников. Самара, 2003. –Б.16.
4
Ж.Х.Исмаилова. Замонавий музейшунослик асослари. Тошкент: Турон Замин Зиё, 2016. –Б- 32.
5
Ж.Х.Исмаилова. Замонавий музейшунослик асослари. Тошкент: Турон Замин Зиё, 2016. –Б. 36.
6
Бонами З.А. Музей-образование-дети. //Музейная педогогика за рубежом//. М.1977. – Б.5.
7
Роль музея в формировании ценностного отношения к историко-культурному и природному наследию региона, страны.
garnett.ru
51
Do'stlaringiz bilan baham: |