TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
muassasalarning madaniy siyosatni singdirishda mustahkam rivojlanish hamda xalqaro madaniy
dialog va ijtimoiy birlikni shakllantirishda yangi qarashlarni rivojlantirishga katta e’tibor berilgan
1
.
Bugun muzey pedogogikasining oldida turgan vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib, tashrifchilarni muzey
maskanidagi namoyish qilinayotgan voqea va hodisalarni his etishga, eshitishga, mulohaza qilishga
va saboq olishga o‘rgatadi. Muzey o‘quvchilarga nafaqat turli hodisa va voqealarning sabablari va
tartiblari haqida bilimlarni berish, balki uni xotirada saqlash bilan bir qatorda, savollarga mustaqil
ravishda javob topishga o‘rgatadi
2
. Hozirgi kunda o‘quvchilarga ta’lim berish o‘qituvchidan o‘z ustida
izlanishlar olib borishni va pedagogik mahoratini shakllantirishni talab qiladi. Bu esa o‘qituvchidan
pedagogik qobiliyatining yuqori darajada bo‘lishini so‘raydi. O‘qituvchi mavzuning maqsadiga qarab,
ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o‘z o‘rnida foydalaniladi. O‘qitish usullari har
ikkala faoliyatning o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish yo‘llarini o‘z ichiga oladi. Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bog‘liq.
Metodlar o‘quvchilarning yoshiga, ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi:
O‘qitishning bosma matn ustida ishlash metodi. Demak, o‘qituvchi o‘qitishning bosma matn
ustida ishlash metodining vosita va usulini aniqlab olishi lozim bo‘ladi. Metodning vositasi
quyidagicha bo‘lishi mumkin: darslik, xrestomatiya, qo‘shimcha adabiyotlar. Ushbu vositalar
o‘qituvchining darsga maqsadning qanday darajada qo‘yilganligini ko‘rsatib beradi. Usullar
quyidagicha bo‘lishi mumkin: hujjatlarni tahlil qilish, asosiy tushunchalarni yozib olish, murakkab
tushunchalar ustida ishlash, ma’lumotlarni umumlashtirish. Bu usullar ta’lim va muzey pedagogikasi
hamkorligida muhim degan fikrdamiz.
O‘qitishning og‘zaki metodi. O‘qitishning og‘zaki metodi O‘qitishning ko‘rgazmali metodi.
Ko‘rsatmalilik deganda, avvalo, o‘qitish va tarixiy bilimlarni o‘rganishning ko‘rsatmali usuli,
o‘qituvchi bayonining manbai va uning ko‘rsatmali bo‘lishi, uning o‘quvchilardagi aniq, tayyor
obrazlarga suyana bilishi, o‘quv vositasi materialini bayon qilish vaqtida ko‘rsatmali qurollardan
foydalanish va ko‘rsatmali qurollar vositasida o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda
ularning o‘rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va hodisalarni aynan o‘zini yoki ularning tasvirlarini
ko‘rish yordamida o‘rganishlari tushuniladi
3
. Ta’lim muassasasida ham, muzey ekspozitsiyasida ham
ko‘rsatmali metod asosida o‘quvchilarda bugungi kun va o‘tmish to‘g‘risida yorqin va aniq tasavvur
hosil bo‘ladi, o‘quvchilarning eshitish faoliyatiga ko‘rish va sezish organlarining faoliyati ham
qo‘shiladi. Shu bilan ularning bilimi yana-da chuqurlashadi, mustahkamlanadi. Avvalo, ko‘rsatmali
qurol o‘quvchilarning bilim olishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchining bayoni har
qancha to‘liq bo‘lganda ham, o‘quvchilarning voqealar to‘g‘risidagi tasavvurlari to‘la bo‘lmaydi.
Shuningdek, bezaklardan foydalanmay turib, o‘rganilayotgan davrning manzarasini ham to‘la, aniq
va chuqur tasavvur qilib bo‘lmaydi. Muzey ekspozitsiyasida qo‘yilgan har bir eksponat ko‘rsatmalilik
darajasi bilan o‘quvchi ongida yaxshi saqlanadi. Ko‘rsatmali metod vositalar orqali usulga
yondashadi. Predmet ko‘rsatmalilik, tasviriy ko‘rsatmalar, shartli ko‘rsatmali qurollar, texnika
vositalar. Ko‘rsatmali metod yuqoridagi vositalar asosida usulni qo‘llay oladi. Ular quyidagilar:
suratlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni to‘ldirish, ma’lumot almashish, xaritalarni to‘ldirish, filmlar
ko‘rish, ovozli ma’lumotlar eshitish, munozara tashkil qilish. Ko‘rsatmali metod ko‘magida
o‘quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirishga, ularni nazariy xulosalash va umumlashtirishga,
yakunlarini, ijtimoiy rivojlanishning obyektiv qonuniyatlarini, o‘zaro aloqalarni yaxshiroq tushunib
olishlariga yordam beradi, shuningdek, o‘quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi
bo‘lib ham xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarining o‘quv faoliyatida “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish
1
МФГС «Управление музеем – XXI век» по проведению регионального тематического тренинга ЮНЕСКО/ИКОМ и первой
экспертной встречи «Роль музеев в образовании и развитии культурно-познавательного туризма» (18-22 октября 2011, Киев,
Украина)
2
Moziydan sado (Илмий-амалий, маънавий-маърифий журнал) 1.(61).2014. –Б.19.
3
Сагдиев А., Фузаилова Г., Хасанов М. Тарих ўқитиш методикаси. - Т., 2008. –Б.73.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |