TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
(Burhoniddin Rabg‘uziy “Qisas ul-anbiyo”, Mirzo Ulug‘bek “To‘rt ulus tarixi”, Muhammadrizo Ogahiy
“Zubdat ut-tavorix”)da qayd etilishicha, turkiy qavmlar otasining asl ismi Tur bo‘lgan. N.Eshonqul
nasridagi yetakchi poetik pafos milliylik ekanini e’tiborga olib qaraydigan bo‘lsak, shu versiya
haqiqatga yaqinroq tuyuladi. Ta’kidlaganimizdek, N.Eshonqul adabiy-estetik qarashlarining ikkinchi
asosiy yo‘nalishlaridan yana birini milliylik, odamiylik, ijtimoiy gumanizm kabi g‘oyalar tashkil etadi.
Adibning madaniyat haqidagi fikr-mulohazalari ham alohida o‘ringa ega. Muallif “Tun panjaralari”
qissasining yozilishiga turtki bergan sabablar ichida eng birinchisi sifatida J.P.Sartrning “So‘z” qissasi
va unda yozuvchining o‘zini shafqatsiz fosh qilishi, hayotni kashf qilish uchun yashamaslik kerak,
degan xulosasi ekanini qayd etadi. “Tun panjaralari” qissasidagi qahramon – atrofdagi holat va fikr
turg‘unligidan bezgan, “o‘zini o‘z xayoliga bandi qilgan, o‘zini izlayotgan odam.”
1
Shu nuqtayi
nazardan yondashsak, asar qahramoni o‘z ko‘ngil olamini, ichki tug‘yonlarini ayovsiz fosh etuvchi
kimsadir. Yozuvchining adabiy-estetik qarashlarida ilgari surilgan masalalardan yana bittasi
yaratilayotgan asarlar har biri ijtimoiylik bilan u yoki bu darajada bog‘lanishdadir, degan fikrlarida
ko‘zga tashlanadi. N.Eshonqul o‘z asarlarida ijtimoiy mazmunni mutlaq inkor etmaydi. Bu uning
G‘arb modernistlaridan farq qiladigan muhim jihatlaridan biridir.
Xullas, yozuvchining adabiyot haqidagi asosiy kuzatishlari asosida adabiy-estetik pozitsiyasini
belgilash hamda ushbu pozitsiyaning o‘z asarlarida namoyon bo‘lish usul va tamoyillarini ochib
berish yozuvchi ijodiy laboratoriyasi va ijod psixologiyasini o‘rganishning muhim jihatlaridan biridir.
N.Eshonqul qarashlarida har bir ijodkor o‘z “men”iga ega bo‘lishi uchun tashqi omillardan tashqari
o‘z ichki olamiga – shaxsiyatini namoyon qiladigan tafakkur, tasavvur olamiga ega bo‘lmog‘i lozimligi
o‘z aksini topgan. Bunday xulosalar yozuvchining ijtimoiy-estetik qarashlari bilan uyg‘unlashib
ketgan. Xususan, hikoyalarida yozuvchining sho‘ro mafkurasi haqidagi hukm-xulosalari, odamlarni
shaxssiz kimsaga aylantirib tanazzulga duchor qilgan tuzum haqidagi to‘xtamlari aks etgan.
N.Eshonqul o‘z asarlarida insonni, uning mohiyatini anglash va ochishga harakat qilar ekan,
turli xil badiiy tasvir usullari va vositalaridan samarali foydalanishga urinadi. Jumladan, “Tun
panjaralari” asari inson qismati, boqiylikka daxldor haqiqatlar haqidagi yozuvchi munosabatlari
talqinidir. N.Eshonqul ijodida musiqa, tovush, ohang, suratlar, ranglar ramziy ma’no kasb etib,
qahramon ruhiyatini, asar mazmunini ochishga, yozuvchi konsepsiyani tushunishga, shuningdek,
ijodkor shaxsi, “men”ining, musiqa, tasviriy san’atga moyilligi kuchliligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga
badiiy asar estetik jozibasini kuchaytiradi. N.Eshonqul ijodiga xos bunday xususiyatlarning barchasi
undagi ijodiy niyat va badiiy ifodaning parallel aks etishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |