TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Asardagi tasvirlar Cho‘lponning XX asr boshlarida yaratgan tun poetik obrazini yodga
tushiradi. Zero, tun o‘ziga xos bo‘lgan barcha ko‘rguliklarni pinhon tutib turadigan qora parda.
“Barcha yovuzliklar, inson ma’naviyatiga xos kirdikorlar, inson umrining yorug‘ pallalarida
ko‘rinmaydigan jihatlari shu qora parda bilan berkitilgan. Yozuvchi uni panjara deb ataydi. Bu qissada
inson uchun o‘qilgan o‘ziga xos hukm, xulosa ”
1
.
Asardagi Hosila obrazi men, sen va muhabbat timsolida ijodkor konsepsiyasini ifodalovchi
vosita sifatida keladi. Asar bir kechaning tasviri va falsafiy talqinidan iborat. Qahramon nazdida tun
nafaqat shaytoniy xislatlarni namoyon qiluvchi hodisa, ayni paytda tunning ham o‘ziga xos gulzori,
ulug‘vorligi va go‘zalligi ham bor. Ana shu ikki jihatiga ko‘ra tun insonning o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz qolib,
his-tuyg‘ularini namoyon qilish maydoniga aylanadi. Yozuvchi tunning ayni xususiyatini qahramon
qalbida kechayotgan kechinmalar fonida birlashtiradi va butun ulug‘vorligi bilan namoyon qiladi.
O‘ttiz bir yoshli qahramon bir kechada butun hayotini qayta yashaydi. Assotsiativ tasvir etilgan asar
voqeligi jarayonida ham insoniy tuyg‘ular, ham shaytoniy vasvasalar og‘ushida to‘lg‘onadi. Yozuvchi
qalbi bir vaqtlar yuragida cho‘g‘ bo‘lib ilingan muhabbat rishtalari bilan Senga intiladi. Senga intilish
asnosida bolalik xotiralari yodga tushadi. Yozuvchi Senning dastlabki suratini yetti-sakkiz yasharlik
bola paytida his etadi. Bu bolaligida momosiga qo‘shilib ro‘za tutganda, kuni bilan och yurishga
chiday olmay oyisi bergan qaynatilgan tuxumni molxonaga kirib yashirincha yeyishlari tasvirida aks
etadi. O‘sha kezlarda molxona tirqishidan tushayotgan ignadek yorug‘ nur bola nazarida uning
qilmishini kuzatib, fosh qiluvchi qudratli kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bir tutam yorug‘ nur
asarning asosiy leytmotivini tashkil etuvchi, Sen darajasiga ko‘tarilib asarda osmon-u falakda
kezuvchi Sen bilan kundalik hayotida yonma-yon yurib yo‘ldan ozdirishga urinayotgan shayton
timsollariga munosabat tarzida aks ettiriladi. Umuman olganda, N.Eshonqulning shu turkumga
mansub asarlarining aksariyatida shayton, iblis obrazlari ko‘p uchraydi. Shayton obrazi yo‘ldan
uruvchi, gunoh ishlarga boshlovchi sifatida keladi. Qissada shayton uning dastlabki asarlarini tan
olmagan muharrir yoki bo‘lmasa unda-bunda ilk sevgilisi Hosilaning yonida pak-pakana yarashiqsiz
bo‘lib hamrohlik qilib yurgan eri timsolida ifodalanishini kuzatamiz. Eng xarakterlisi, yozuvchi
konsepsiyasi asarda xarobaga aylangan Tursoriya shahri surati orqali aks etgan g‘oyada ifodalanadi.
Kezi kelganda aytib o‘tish joizki, “Tun panjaralari” qissasi boshqa asarlarning yozilishi uchun ham
asos bo‘lib xizmat qilgan. Asar qahramoni – yozuvchini iztirobga solayotgan omillardan biri uning
o‘zligini izlashga undovchi xayoliy olami – Tursoriyadir. N.Eshonqulning “Xaroba shahar surati”
hikoyasida ham asar qahramoni doimo Tursoriya sari intiladi.
Ma’naviy xarobalik – yozuvchi
tomonidan topilgan ajoyib topilma. Tursoriya haqidagi afsona qahramon anglab etgan haqiqat.
Xaroba shahar surati, ya’ni Tursoriya yozuvchining foniy (ijtimoiy) dunyodagi ko‘ngil xarobalari.
Yozuvchi mana shu xarobalar oralab boqiylikka, ya’ni Tursoriyaga intiladi. Unda faqat shaxs
maqomiga ega bo‘lgan kishilargina boqiy dunyoda erishadi. Asardagi falsafiy mazmun foniy dunyoda
o‘zingni poklab, izlab, izlaganingga boqiy dunyoda erishasan, degan sharqona qarashda aks etgan.
Ushbu asarlardagi Tursoriya degan makon qayerdan kelib chiqqani, albatta, bir mutaxassis sifatida
bizni ham, o‘quvchilarni ham qiziqtiradi. Bu borada bizda uchta versiya mavjud. Birinchi versiya,
yozuvchi tug‘ilib-o‘sgan qishloq – Tersota nomi bilan bog‘liq. Yozuvchi ongidagi o‘z qishlog‘i obrazi,
shahar va ijtimoiy hayotning qing‘irliklaridan holi bolaligi o‘tgan makon Tursoriya idealiga asos
bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchi versiya, turkiy “tur” va forscha “sar” (bosh) so‘zlarining qo‘shilishi
orqali yasalgan qo‘shma so‘z bo‘lib, aql (aql boshda bo‘ladi-da!) maqomida turmoq, dunyo
qing‘irliklariga aql ko‘zi bilan qaramoqni bildirishi ham ehtimol. Oxirgi versiya esa bir muncha ijtimoiy
mazmunga ega. Ya’ni yozuvchi bu makon atamasi bilan “turk” yoki “turkiylik” “sari” (tomonga)
degan ijtimoiy jihatdan ideal g‘oyani ilgari surgan bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Tarixiy-badiiy asarlar
1
Эшонқул Н. Мендан “Мен”гача . – Тошкент: Akademnashr, 2014. – Б. 113.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |