Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
davomida kuzatish, anketa soʻrovlari, suhbat, pedagogik eksperiment kabi ilmiy-tadqiqot 
metodlaridan foydalandik. Anketa soʻrovlarida jami 22 nafar boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishtirok 
etdilar. Ularga quyidagi anketa savollarini tarqatdik: 
1. Integratsiya tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi? 2. Taʼlim jarayonini integratsiyalashga 
munosabatingiz qanday? 3. Sizningcha, quyidagi fanlardan qaysilarini oʻzaro bogʻlab oʻqitish 
mumkin? 4. Boshlangʻich sinfda qaysi sinfdan boshlab integratsiyalashgan darslarni tashkil etish 
mumkin? 5. Integratsiyalashgan darslarning yutuqlari nimadan iborat? 6. Boshlangʻich sinflarda 
integratsiyalashgan darslar samaradorligini oshirish uchun nima qilish kerak deb oʻylaysiz? 
Soʻrov natijalari tahlili koʻrsatishicha, boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan 14 nafari (63,6 %) 
integratsiya tushunchasining asl mohiyati haqida maʼlumotga egalar. 6 nafar (27,2 %) oʻqituvchi 
umumiy holda fikr bildirdilar, qolgan 2 nafar (9 %) oʻqituvchi esa hech qanday maʼlumotga ega 
emasliklarini taʼkidladilar. 
Oʻqituvchilar bilan suhbat jarayonida taʼlim jarayonini integratsiyalash haqida qisqagina 
tushuntirish ishlarini olib bordik va umumiy maʼlumotlar berdik. Shundan soʻng boshlangʻich 
sinflarda integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga oʻqituvchilarning munosabatlarini bilishga 
qiziqdik. Anketa soʻrovlarida ishtirok etgan 22 nafar oʻqituvchidan 20 nafari (91 %) boshlangʻich 
taʼlim jarayonida darslarni bir-biriga bogʻlab oʻqitish taʼlim samaradorligini oshirishga va oʻquvchilar 
dunyoqarashini rivojlantirishga yordam berishini taʼkidlab, uni amaliyotda keng qoʻllash tarafdori 
ekanliklarini aytib oʻtdilar. Faqat 2 nafar (9 %) oʻqituvchini integratsiyalashgan taʼlimni qoʻllash 
borasida muammolar va metodik imkoniyatlar kam ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Fanlararo 
aloqadorlik borasida koʻpchilik oʻqituvchilar (12 nafar-54,5 %) oʻqish va ona tili darslarini, (5 nafar – 
22,7 %) oʻqituvchilar tabiiy fanlar va oʻqish darslarini integratsiyalashgan holda tashkil etish 
mumkinligini koʻrsatib oʻtdilar. Soʻrovda ishtirok etgan oʻqituvchilarning barchasi boshlangʻich 
sinflardan boshlaboq integratsiyalashgan darslarni tashkil etish tarafdori ekanliklarini aytib oʻtdilar 
va bunday darslar oʻquvchilar tafakkurini oʻstirishga yordam berishini (8 nafar, 36,4 %), taʼlim 
samaradorligini oshirishga xizmat qilishini (4 nafar, 18 %), tabiat va jamiyat oʻrtasidagi aloqadorlikni 
toʻgʻri anglashga (3 nafar, 13,6 %), har bir fan ichidagi vertikal aloqadorlikni yoʻlga qoʻyishga xizmat 
qilishini (6 nafar, 27,2 %) taʼkidladilar. Soʻrovda ishtirok etgan oʻqituvchilar integratsion taʼlimni 
yoʻlga qoʻyish uchun oʻqituvchilarni metodik jihatdan tayyorlash (10 nafar, 45 %), metodik 
qoʻllanmalar nashr ettirish (17 nafar, 77,3 %) va bu sohadagi tajribalarni ommalashtirish lozimligi 
haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar. Pedagogik faoliyat tajribasiga bogʻliq holda oʻqituvchining 
oʻquv fanlararo aloqadorlik vazifalarini tushunishi ham oʻzgaradi. Soʻrovnoma natijalari asosida shu 
narsa maʼlum boʻldiki, 15-20 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar taʼlim jarayonida oʻquv 
fanlararo aloqadorlikni taʼminlashga harakat qilishlarini namoyon qildilar. Shu bilan bir qatorda 
oʻquv fanlararo aloqadorlikdan foydalanishda oʻqituvchilarning psixologik va nazariy 
tayyorgarliklarini kuchaytirish zarurligi aniqlandi. Izlanishlarimiz asosida boshlangʻich sinf 
oʻquvchilarining fanlararo aloqadorlikni anglash mezonlarini quyidagicha belgiladik: 
-
ijodiy fikrlaydi; mustaqil mushohada yurita oladi; oʻquv fanlararo aloqadorlik mohiyatini 
puxta oʻzlashtirgan; muayyan mavzu haqida fikr yurita oladi va tasavvur qilish koʻnikmasini 
egallagan. 
-
Tajriba-sinov ishlari uchun tanlab olingan guruhlarda oʻquvchilarning dunyoqarashlari 
kengligi va fanlararo aloqadorlikni anglash darajalarini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat 
oʻtkazdik. Suhbat davomida ularning javoblarini quyidagicha baholadik: 
-
yuqori daraja: ijodiy fikrlovchi, mustaqil mushohada yurituvchi, oʻquv fanlararo aloqadorlik 
mohiyatini puxta oʻzlashtirgan, muayyan mavzu haqida fikr yuritish, uni tasavvur qilish koʻnikmasini 
egallagan oʻquvchilar baholandi. 


178 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish