TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
qiziqarliligi va oʻziga jalb etish (45/12 %) bilan bogʻliq qadriyatlarda ham hozirgi vaqtda oʻqishga
qabul qilingan talabalarda yuqori koʻrsatkichga egaligi, ijtimoiy himoyaga, yordamga muhtoj
bolalarga gʻamxoʻrlik qilish (32/33 %) imkoniyatining mavjudligi boʻyicha esa deyarli moslik kuzatildi.
Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining
“Pedagogika” fakulteti bazasida amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlariga tajriba guruhining 41 nafar,
nazorat guruhining 3880 nafar talabalari hamda 10 nafar professor-oʻqituvchilar jalb etildi.
Aniqlashtiruvchi tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalarda qadriyatlar tizimini rivojlantirishning
tayanch darajasi oʻrganildi. Olingan natijalardan “Boʻlgʻusi hayotiy maqsadim” shkalasi boʻyicha
talabalarning yarmi oʻrtacha darajani koʻrsatishdi (TG – 59,17%, NG – 57,50%). Tashxis natijalari
ularning yetarlicha qismi hayotiy maqsadini obyektiv baholashgan, xayoliy maqsadlarni oʻylab
topishmagan. Respondent-talabalarning uchdan bir qismi past koʻrsatkichlarga ega boʻlishdi (TG –
19,17%, NG – 19,17 %). Bu esa mazkur talabalarning aniq istiqbolli maqsadni oʻz oldiga qoʻymasligi,
bugungi kun bilan yashash istagida ekanligini koʻrsatadi. Talabalarning koʻpchilik qismida “Hayotdan
mamnunlik” oʻrtacha darajani aks ettirdi (TG – 76,67%, NG – 75,00%). Bu koʻrsatkich ularning katta
qismi hayotiy faoliyatni qiziqarli, emotsionallikka boy va mazmunga ega, deb hisoblashini koʻrsatadi.
Respondentlarning juda kam qismi yaxshi natijalarga erishganman, deb hisoblashadi (TG – 7,5
%, NG – 5 %). Sinaluvchilarning yarmi oʻz yutuqlarini oʻrtacha baholashgan (50/53,33 %), biroq
koʻpchilik talabalar oʻz natijalarini past deb eʼtirof etishgan (42,5/ 41,67%).
Tajriba guruhining 23,33 %, nazorat guruhining 18,33 % talabalari kelajak uchun maqsadlarni
belgilash, istiqbolni ongli nazorat qilib boʻlmasligini eʼtirof etishgan.
Faktorli tahlil natijalari hayot mazmunining anglanganligi shkalasi boʻyicha umumiy
koʻrsatkichlarda talabalarda oʻrtacha darajada ekanligini koʻrsatdi (TG – 68 %, NG – 66,7%).
Ijtimoiy-maishiy qadriyatlar tizimida quyidagi koʻrsatkichlar aniqlandi: moddiy taʼminlanganlik
(TG – 42,5 %, NG – 40 %), ishonchli doʻstlarining borligi (TG – 17,5 %, NG – 19,17 %). Vositali
qadriyatlar – “Taʼlim”, “Tarbiyalanganlik”, “Tartiblilik”, “Ijro intizomi” boʻyicha bir xil koʻrsatkichlar
qayd etildi(TG – 50 %, NG – 51,67 %).
Pedagogika oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning koʻpchilik qismi (TG –
56,67% va NG – 57,50%)da kasbiy faoliyatga yoʻnalganlik mavjudligini koʻrsatgan holda, kattagina
koʻrsatkichga ega qismining maqsadi kundalik turmush (TG – 38,33%, NG – 40,00%) yoki diplom olish
uchun oʻqiyotganini qayd etishgani (5,00% va 2,50%). Mazkur natijalarga asoslangan holda taʼlimiy
tajriba-sinov dasturida talabalarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish
lozimligi haqidagi xulosaga kelindi. Amalga oshirilgan ilmiy tahlillar, taqdim etilgan nazariy metodik
ishlanmalar va tavsiyalarni umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini baholagan
holda quyidagi xulosalarga kelindi:
1.Talabalarda qadriyatlar tizimini rivojlantirish atrof-muhit va oʻz-oʻziga nisbatan munosabat
tavsifini aks ettiruvchi va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayonida namoyon boʻladigan, pedagogik
kompetentlikning oʻzaro aloqador aksiologik komponentlarida sifat oʻzgarishlarini hosil qilishga
yoʻnaltirilgan obyektiv jarayon boʻlib, tashqi va ichki taʼsirlarning oʻzaro aloqadorligini hisobga
olishni talab etadi.
2.Tahlil natijalari asosida kasbiy-qadriyatga yoʻnalganlik pedagogik faoliyatga doir ilmiy
bilimlarni egallash va aksiologik munosabatni shakllantirishga imkon beradigan kognitiv (kasbiy
bilimga doir qadriyatlar), pedagogik faoliyatga shaxsiy munosabat orqali aniqlashtiriladigan
emotsional
komponent
(kasbiy
munosabat
qadriyatlari)
va
pedagogik
faoliyatda aksiologik munosabatni amalga oshirishga imkon beradigan xulq-atvor komponenti
(kasbiy koʻnikmalarga doir) aniqlashtirildi.
3.Talabalarda
qadriyatlar
tizimini
rivojlantirishning
pedagoglik
kasbiga aksiologik munosabatni tarkib toptirishga doir kasbiy qadriyatlarni oʻzlashtirish, kasbiy
175
Do'stlaringiz bilan baham: |