Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   269
 
Annotation. 
This article reveals the essence of professional reflex in the pedagogical activity 
of primary school teachers. The results of the research on the concept of" reflection " and 
professional skills of the teacher were also analyzed. In addition, based on the results of the 
experiment-test, reasonable conclusions were made. 
Keywords: 
reflection, professional skill, reflexive process, retrospective reflection, 
perspective reflection, pedagogical activity. 
 
Jahonda ayni vaqtda xalqaro ilgʻor tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarida boʻlajak 
oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirishning amaliy texnologik tizimi va pedagogik 
jarayonlarini takomillashtirish; pedagogik mahoratni rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish; 
kasbiy refleksiya, oʻz-oʻzini faollashtirish, nostandart pedagogik yechimlar, pedagogik mahorat 


180 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
boʻyicha tanlovlar hamda koʻp darajali taʼlim tizimlarida pedagogik mahoratni rivojlantirish dolzarb 
muammo sifatida eʼtirof etilmoqda.
 
“2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar 
strategiyasi”da “pedagog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish” oliy 
taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish boʻyicha eng muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida 
belgilandi. 
Uygʻonish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 
Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abulqosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Saʼdiy Sheroziy, Alisher 
Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ilmiy meroslari 
oʻqituvchiga xos boʻlgan xususiyatlarni shakllantirishda muhim manba sifatida eʼtirof etilgan. 
N.N.Azizxodjayeva, B.R.Adizov, S.Bazarova, U.Sh.Begimqulov, R.H.Djurayev, Sh.Q.Mardonov, 
O.Musurmonova, N.A.Muslimov, U.N.Nishonaliyev, N.Ortiqov, B.X.Rahimov, Oʻ.Q.Tolipov, 
D.Sharipova, Sh.S.Sharipov, Sh.Shodmonova, N.Gʻ.Egamberdiyeva va boshqalar boʻlajak 
oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib 
borgan. 
Pedagogning innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir. 
Refleksiya pedagogning oʻz ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olishi deb qaraladi (oʻz fikri 
va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin). 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki anʼanasi mavjudligi 
aytiladi: 
-obyektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib keladigan ongning reflektiv 
tahlili; 
-shaxslararo muloqot maʼnosini tushunish refleksiyasi. 
Bu bilan bogʻliq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar: 
-oʻz-oʻzini va boshqalarni tushunish; 
-oʻz-oʻziga va boshqalarga baho berish; 
-oʻz-oʻzini va boshqalarni izohli tahlil qilish. 
Refleksiya (lotincha Reflexio-ortga qaytish ) subyektning oʻz (ichki) psixik tuygʻu va holatlarini 
bilish jarayoni sifatida qaraladi. 
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning oʻz ongidagi oʻzgarishlarni 
fikrlash jarayoni deb yoziladi. 
Psixologik lugʻatda shunday izoh beriladi: 

Refleksiya — faqat subyektning oʻz-oʻzini bilishi va 
tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuygʻusi va bilish (kognitiv) 
tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi. 
V.A.Lefevr taʼkidlagan ediki, inson oʻzining xatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi, 
tadqiq qiluvchi boʻlib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ularning xatti-harakatlarini oʻrganuvchi 
mavqeyini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bogʻlaydi. Bunday oʻzaro aloqalarda 
refleksiya oʻzida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash va baholash 
hamda muammolarni eslash, yenga olish va hal qilishlarni birlashtiradi. 
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi: retrospektiv; prospektiv. 
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu “sodir etilgan faoliyat tarixining 
retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir”. Prospektiv refleksiya — bu faoliyatning amalga 
oshishiga boʻlgan talabning hukm surish dinamikasi. 
S.Y.Stepanov, I.N.Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi. 
V.V.Davidov oʻz tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. I.S.Ladenko analitik 
va sintetik refleksiyani farqlaydi. Demak, pedagogning innovatsion faoliyati tuzilmasi motivatsion, 


181 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish