Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
rivojlangan liderlik salohiyati bilan belgilanadigan pedagogik salohiyatning tashkiliy-
kommunikatsion tashkil etuvchisi yotadi. Liderlik o‘z ildizlari bilan yetakchilikka («lead» - 
«yetaklash»dan «leadership») taalluqli, shunga ko‘ra yetakchi – lider mavjud va ergashganlar – ya’ni 
unga ergashganlar mavjud. “Pedagogika” atamasining grek tilidan so‘zma-so‘z tarjimasi bizni “bola 
yetaklash”ga olib keladi va shu tariqa o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchining boshqarish vazifasini 
hamda uning yetakchilik vaziyatini ta’kidlaydi. Fanda liderlik va uning turli konsepsiyalari dastlab 
kichik guruhlarni empirik tadqiq etish asosida yuzaga kelgan. Mazkur hodisani tushunish milliy fanda 
ikki tushunchani qiyoslashga asoslangan: rahbarlar va liderlik, ular G.K.Ashin, N.I.Biryukov, 
E.B.Voronova, M.Yu.Fedorova va boshqalar ishlarining har tomonlama tahlili predmeti hisoblangan.
MDH ilmiy maktabi liderlikda rahbarlikdagi rasmiy asosga zid ravishda o‘z-o‘zidan, tabiiy, ya’ni erkin, 
norasmiy asosni ajratgan. I.P.Volkov, Yu.N.Yemelyanov, Ye.S.Kuzmin kabi olimlar guruhli 
samaradorlikning guruh a’zolarining rahbarni lider sifatida qabul qilishlari-qilmasliklariga 
bog‘liqligini aniqlaganlar. Shu tariqa, “rahbarlik” tushunchasi bilan qisman kesishib, liderlik shu bilan 
birga guruh yoki tashkilotdagi munosabatlarning o‘ziga xos shaklini ifodalaydi.
Ammo liderlikning vaziyatli yuzaga keluvchi va doim o‘zgaruvchan xususiyatidan farqli 
ravishda, rahbarlik – rasmiy va yetarlicha barqaror, ammo guruh xulqini boshqarishning doim ham 
samarali bo‘lmagan jarayoni. Samarali rahbarlik liderlik singari qo‘l ostidagilarning ma’lum 
maqsadlarga erishishlariga undab ularga ta’sir ko‘rsatadi. B.D.Parigin liderlik va rahbarlik o‘rtasidagi 
farqlarni ajratgan. 
1.
Liderlik, asosan, guruhdagi shaxslaro munosabatlarni tartibga solishni amalga oshirishga 
xizmat qiladi, bunda rahbarlik esa guruhning boshqa ijtimoiy birliklar bilan rasmiy munosabatlarini 
tashkil etadi. 
2.
Liderlikni mikromuhit sharoitlarida ta’kidlash mumkin (kichik guruhda), rahbarlik – 
makromuhitning elementi, ya’ni u ijtimoiy munosabatlar butun tizimi bilan bog‘liq. 
3.
Liderlik o‘z-o‘zidan yuzaga keladi, rahbarlik esa har qanday ijtimoiy guruhda tayinlanadi 
yoki saylanadi, ammo har qanday vaziyatda ham mazkur jarayon o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, balki 
aksincha, maqsadga muvofiq, ijtimoiy tuzilmaning turli elementlari nazorati ostida amalga oshiriladi. 
4.
Liderlik hodisasi barqaror emas, liderni tanlash ko‘pincha guruhdagi kayfiyatga bog‘liq, 
bunda rahbarlik – nisbatan barqaror hodisa. 
5.
Qo‘l ostidagilarga rahbarlik, liderlikdan farqli ravishda turli cheklashlarning nisbatan aniq 
tizimiga ega, liderda esa bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaydi. 
6.
Rahbarlik tizimida qaror qabul qilish jarayoni murakkabroq va faqatgina mazkur guruhda 
mavjud bo‘lgan ko‘pgina turli sharoitlar va mulohazalar bilan bog‘liq, bunda lider guruhli faoliyatga 
taalluqli ko‘proq bevosita qarorlarni qabul qiladi. 
7.
Liderlikni rivojlantirish uchun faoliyat sohasi – asosan, kichik guruh, rahbarlik esa kichik 
guruhni kengroq ijtimoiy tizimda “ifodalaydi”. 
Liderlik va rahbarlik o‘rtasida ahamiyatli farq mavjud: rahbarlik – rasmiy belgilangan xatti-
harakat, liderlik esa – ahamiyatli, liderning o‘zi uchun ham ahamiyatli vaziyatga bog‘liq. Ammo, 
odatda, demokratik rahbarlikning samaradorligi rahbarlik va lider vaziyatlarining mos tushishi bilan 
ta’minlanadi, bu esa maqsadni belgilash intilishini ahamiyatli oshirish imkonini beradi.
Pedagog kasbi boshqa insonlar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil etish sohasida yotib, uni 
nafaqat rasmiy rahbar, balki tashabbuskor liderga ham aylantiradi. Shu tariqa, ta’lim jarayonini 
samarali tashkil etish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasida liderlik vaziyatiga ega bo‘lish zarurdir. 
Liderlikni tushunishga nazariyalar va ilmiy yondashuvlar tahlili, pedagogik OTM talabalarining ta’lim 
jarayonida liderlik salohiyatini rivojlantirish zamonaviy o‘qituvchi oldiga qo‘yilgan vazifalarni yana-
da samarali bajarishga ko‘maklashishi va uning jamoadagi obro‘sining ifodasi va bir vaqtda 


91 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish