TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
etuvchini tadqiq etish muhim hisoblanadi. «Pedagogik salohiyat» atamasi ko‘pincha pedagogning
tarbiyaviy va ta’limiy imkoniyatlarini, uning ta’lim oluvchilarga ta’sir etish qobiliyatini aks ettirish
uchun foydalaniladi. Shuningdek san’atning pedagogik salohiyatini (L.V.Pron), madaniyat
(O.M.Pozdnyakova), xalq badiiy ijodi (L.V.Sinitsina), axborot-kommunikatsion texnologiyalari
(O.V.Ursova),
psixologik-pedagogik
fanlar
(I.P.Konovalova),
o‘quv-metodik
majmualari
(Y.V.Ganicheva), talabalik ijtimoiy ko‘ngillilik (V.V.Mitrofanenko), kommunikativ madaniyat
(E.V.Semuxina), OTM muhiti (I.V. Manjeley), OTM gazetasi (S.O.Babikova), OAV (L.A.Shestakova)
ajratadilar.
Ko‘rsatilgan ishlar bizning tadqiqot ishimizning amaliy qismini ishlab chiqishga o‘z hissalarini
qo‘shdilar. Pedagogik salohiyat o‘qituvchining salohiyatini kasbiy amalga oshirishning unga kasbi
tomonidan qo‘yiladigan eng to‘liq talablarga mosligi sifatida ta’riflanadi.
Pedagog shaxsining amalga oshirilgan imkoniyatlarining o‘z kasbi talablariga mosligi shaxsning
yuqori kasbiy yutuqlarga erishishiga olib keladi.
O‘qituvchining pedagogik salohiyati yosh mutaxassisning kasbiy moslashuvi ko‘rsatkichlaridan
biri sifatida tushuniladi.
Pedagogik salohiyatni
biz o‘qituvchining o‘z imkoniyatlaridan foydalanib
noan’anaviy vaziyatlarda yangi kasbiy xulq va faoliyat shakllarini ishlab chiqish hamda uzluksiz kasbiy
o‘sishni ta’minlash imkonini belgilovchi uning tavsifi sifatida tushunamiz.
Mazkur yashirin taxmin etilgan imkoniyatni dolzarb qobiliyatda amalga oshirish uchun
salohiyatni maqsadga muvofiq rivojlantirish zarur. Insonning yashirin imkoniyatlariga bag‘ishlangan
psixologik-pedagogik tadqiqotlar tahlili rivojlangan
pedagogik salohiyatni
mavjud hayotiy
ustanovkalar va stereotiplar doirasidan chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hamda nostandart
pedagogik vaziyatlarda tashabbus bilan yuzaga keladigan xulq sifatida ifodalash imkonini berdi va
bunda uchta omil o‘zaro birlashadi:
a) talabaning shaxsiy, ma’naviy, ijodiy, intellektual va boshqa salohiyati bilan ifodalangan
uning imkoniyatlari;
b) mazkur imkoniyatlarga javob beruvchi va talabaning o‘z-o‘zini amalga oshirishiga
ko‘maklashuvchi muhit;
v) talabaning o‘z imkoniyatlarini “shu yerda va shu onda” amalga oshirishga tayyorligi.
Shaxs salohiyatining boyligi va ko‘p qirraliligi olimlarni uning tuzilishini tizimlashtirish va
tartibga solishga undadi. Bizga Y.M.Reznik tomonidan ifodalangan insonning shaxsiy salohiyatining
modeli yetarlicha to‘liq tuyulib, unda komponentlar ajratilgan (axborot-bilishga oid, ma’naviy-
axloqiy,
reproduktiv,
kasbiy-malakaviy,
tashkiliy-kommunikatsion).
Uning
metodologik
yondashuvga asoslanib, biz rivojlangan pedagogik salohiyat va uning komponentlariga o‘z
ta’rifimizni ishlab chiqdik. Bizning ishimizning mohiyatli asosini o‘qituvchi salohiyatining kasbiy-
malakali va tashkiliy-kommunikatsion tashkil etuvchilari tashkil qildilar.
Kasbiy-malakaviy tashkil etuvchi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni qamrab olib, pedagogning
an’anaviy boshqaruvchilik vazifasini amalga oshirishga – sinfning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini
boshqarishni amalga oshirishga imkon berdi. Tashkiliy-kommunikatsion tashkil etuvchilarga
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan samarali o‘zaro aloqalarini ta’minlash, bo‘lajak hodisalarni
loyihalash, maqsadni belgilash, o‘quvchilar jamoasini umumiy maqsadlarga erishishga
motivatsiyalarini qo‘zg‘atish, o‘zining hamda boshqalarning his-tuyg‘ularini boshqarish ko‘nikmasi,
empatiya, bag‘rikenglik, pedagogik refleksiya va xulqning moslashuvchanligi kiradi. Shu tariqa,
pedagogik salohiyat – integrativ tavsif bo‘lib, o‘qituvchining kasbiy faoliyatning turli jihatlaridagi
muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Salohiyatning tashkil etuvchilari o‘qituvchi pedagogik salohiyatining
ikki sohasini ajratishga imkon beradi: sinfning ta’limiy faoliyatiga an’anaviy rahbarlik (statik, kasbiy-
malakaviy tashkil etuvchi) va rivojlangan liderlik pozitsiyasi (dinamik tashkil etuvchi, tashkiliy-
kommunikatsion – kasbiy muvaffaqiyatning asosi). Bizning e’tiborimiz sohasida o‘qituvchining
90
Do'stlaringiz bilan baham: |