TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Insonda boʻladigan jismoniy oʻzgarishlarga uning boʻyining oʻsishi, vazning ogʻirlashib borishi,
suyak va mushak sistemalarining, ichki organlarining, shu bilan birga asab sistemasining oʻzgarishi
kiradi.
1. Irsiyat — bu genetik dasturda berilgan sifatlar va xususiyatlarning ota-onalardan bolalarga
oʻtishidir.
2. Muhit — kishiga taʼsir etadigan tashqi voqealarning yigʻindisi. Bunga tabiiy muhit
(geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi. Ular bolalarning rivojlanishiga alohida
taʼsir etadi.
3. Tarbiya – biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doimo muayyan programmaga ega boʻladi
va buning uchun maxsus vakolatga ega boʻlgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Hammamizga
yaxshi maʼlumki, bolaning layoqatini rivojlantirish, qobiliyatli bolaga aylantirish va hayotga mos qilib
oʻstirish uchun koʻp mehnat qilish kerak.
“Psixo” – “jon”, “ruh”; “logos” – “fan”, yaʼni psixologiya ruh haqidagi fandir. U kishining ichki
ruhiy dunyosini oʻrganuvchi fandir. Psixologiya fani taraqqiyotiga eramizdan avval yashagan
Aristotel asos solgan. Hayot sezgidan boshlanadi. Biz tashqi voqealarni, hodisalarni, sezgilar orqali
qabul qilamiz, faqat sezib qolmay, ularni butun holida idrok etamiz. Narsa va hodisalar haqida fikr
yuritamiz, gapiramiz, bu esa tafakkur va nutq jarayonlariga bogʻliq. Koʻrgan, bilganlarimizni eslaymiz,
bu xotira. Insonda sezgi, diqqat, idrok, xotira, tasavvur, tafakkur, xayol, nutq, his -tuygʻu va iroda
kabi psixik jarayonlar kechadi. Ana shu jarayonlarning aktivlashishi yoki susayishi psixik holatlar
deyiladi. Ularga quvnoqlik, xursand boʻlish, gʻazablanish, uyalish, nafratlanish, parishonlik va qoʻrqib
ketish kiradi. Insonning (psixik xususiyatlariga) xarakter, qobiliyat va temperament kiradi.
Psixologiya fani yuqorida sanalgan psixik jarayonlarni, psixik holatlar va psixik xususiyatlarni
oʻrgatadi. U quyidagi tarmoqlarni oʻz ichiga oladi.
1. Umumiy psixologiya. 2. Bolalar psixologiyasi (bu kichik yoshdagi, maktab, oʻrtada katta
maktab oʻquvchilari bilan shugʻullanadi). 3. Taʼlim psixologiyasi asarlari. 4. Pedagogika psixologiyasi.
5. Meditsina psixologiyasi. 6. Kosmos psixologiyasi. 7. Sud psixologiyasi. 8. Savdo psixologiyasi. 9.
Harbiy psixologiya. 10. Maxsus psixologiya. 11. Sport psixologiyasi.
Qiziqishlar va mayllar. Qiziqish deganda, kishining nimagadir eʼtibor berishiga, qandaydir
predmet va hodisalarni bilishga intilishi tushuniladi. Qadaydir faoliyatga intilishi “mayl” deyiladi.
Qiziqish va mayllar kishining emotsional hayoti bilan mahkam bogʻliqdir.
1
Qiziqishlarning mazmuni
kishining biror yoʻlni tutganligini, u hayotda oʻz oldiga qoʻygan maqsadini bildiradi. Qiziqishlar
chuqurligi kishining umumiy rivojlanishi va mayl bilan bogʻliqdir. Qiziqishlar bevosita va bilvosita
ham boʻladi. Bevosita oʻzidan oʻzi biror narsa va hodisalarini bilishga qiziqadi. Bilvosita qiziqish esa
maʼlum bir narsaga qiziqqanda, shunga bogʻliq boʻlgan ikkinchi bir narsaga qiziqishlar tufayli
majburiy bir holda yuzaga keladi. Uch-toʻrt yoshlarda bolalar, odatda, nutqning rivojlanishida katta
muvaffaqiyatlarga erishadilar. Bu davrda bolaning soʻz boyligini asta-sekinlik bilan oshirib borishi,
ayni vaqtda uning sezgi va tasavvurlarini kengaytirish tarbiyachilarning diqqat markazida boʻladi.
Toʻrt yoshli bolada eng oddiy axloq normalari va xarakter xususiyatlari: yaxshilik, itoat qilish, ogʻir-
vazminlik, rostgoʻylik va hokazo ongli ravishda shakllantirish mumkin. Xususiy mulkchilik
psixologiyasidagi koʻrinishda: “bu mening oʻyinchogʻim”, “bermayman”, “tegma”, “ber”, “men sen
bilan oʻynamayman” va hokazolarning oldini olish kerak. 5-6 yoshli bolaga asosiy axloqiy
tushunchalar: yaxshi va yomonni tushuntirish mumkin. Tushuntirish mashq qilish bilan birga olib
borish hamda uni ragʻbatlantirish va jazolash bilan mustahkamlash kerak.
Tarbiyachilar tomonidan taqlid qilish uchun namunalar yaratilgan va foydali axloq
normalarini egallash sabablari taʼminlangan boʻlishi kerak. Bu yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi
1
Андреева Г.А. Социальная психология. – Москва: издательство Мир, 2018. Ср-54.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |