Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
bois ham, insonparvar pedagogika talablarini о‘qituvchilarning yangi avlodi tо‘liq amalga oshirishiga 
umid qilinmoqda. 
Kо‘pincha boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilari о‘zidagi dastlabki taassurotlarni jilovlay olmaydi. 
Ommaviy kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, bu taassurot har xil bо‘lishi mumkin, biroq tushunishga 
intilish bо‘lmaydi. Shunga qaramay, о‘rtada ishonch paydo bо‘lishi va yordam kо‘rsatish uchun 
aynan sodir bо‘lgan voqeani tushunish juda muhim bо‘lib, shundan keyingina tarbiyalanuvchidan 
unga nima bо‘lganini sо‘rash mumkin. О‘qituvchining: “Nima bо‘ldi?” deya о‘dag‘aylashi bilan 
samimiy javobga erishilmaydi. Bola о‘ziga g‘amxо‘rlik tufayli emas, balki katta yoshlilar о‘zining 
borligi va ustunligini namoyon qilish zarurati tufayli shunday savol berilganini tushunadi. 
Tarbiyalanuvchi gohida bu savolni о‘qituvchi shunchaki qiziqish yoki hatto uning uquvsizligidan 
suyunishni xohlagani uchun beryapti, degan xayolga boradi va darrov о‘z qobig‘iga о‘ralib oladi. 
Boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilarining bolalar bilan kechadigan insoniy munosabatlar tizimi 
bolani tushunish, tan olish va qabul qilish kabi ajralmas qismlarga bо‘linadi. Tarbiyalanuvchining 
pedagog bilan munosabatlari tuzilmasida ham xuddi shunday unsurlar ajratilgan bо‘lishi lozim. U 
ham о‘z о‘qituvchisini tushunishi, tan olish va qabul qilish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. 
Bir-biriga bog‘langan holda ular juda murakkab pedagogik munosabatlar tuzilmasini hosil qiladi. 
Tushunish – bolaning ichki dunyosiga kirib borishdir. U his-tuyg‘ular va mantiq yordamida 
amalga oshiriladi. Tarbiyachi – bolani ochiq kitob kabi о‘qiy oladigan aqlli va sinchkov insondir. 
Bolaning eng muhim ehtiyoji – uning tо‘g‘ri о‘qilishi: tushunilishi, qabul qilinishi va tan olinishidir. U 
g‘ayrishuuriy ravishda о‘zini har qanday vaziyatda ham, har qanday ahvolda ham tushuna olishlariga 
umid qiladi. U о‘qituvchi hech qachon xato qilmasligiga ishonchi komil bо‘ladi. Shunday bо‘lishi ham 
lozim, bola tasavvurini ostin-ustun qilish mumkin emas. Shuning uchun shaxsga yо‘naltirilgan 
tarbiyada pedagog tomonidan boladagi orzu-umidlar ham hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Bolalarni katta yoshlilar tushunishini qiyinlashtiruvchi yana bir oddiy sabab ularning bola 
ekanligidir. О‘qituvchining kasbiy majburiyati – u о‘zining bolaligiga qaytishidir. Shunda unga 
tarbiyalanuvchi nima uchun о‘zini boshqacha emas, aynan shunday tutayotgani, nima uchun u 
aynan shunaqa va boshqacha bо‘lishi mumkin emasligi tushunarli bо‘ladi. Bolalar bir-biridan 
ajablanmaydi axir. 
Bolaning tarbiyachi tomonidan qabul qilinishi asosida tabiatga muvofiqlik tamoyiliga xos 
talablar yotadi. Bu pedagog bolani tabiat, oila va maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya qanday 
shakllantirgan bо‘lsa, shunday qabul qilishini anglatadi. Mazkur tamoyilga rioya etish bolaning 
individual xususiyatlarini emas, balki yaxlit qabul qilishni taqozo etadi. Ularni bilish, albatta, muhim, 
lekin pedagog bolaning aqli, irodasi yoki hissiyotlari bilan emas, shaxsiyati bilan ish kо‘radi. Bola 
qanday bо‘lmasin, u hamisha о‘ziga xos va betakrordir. Bolani tushunish istagi unga qiziqish hissini 
oshiradi. Agar pedagog undagi о‘ziga xoslikni kо‘rmasa, uni tarbiyalay olmaydi. U bilan insoniy 
muloqot uchun “tayanch nuqta” topilmaydi. 
Bolani yaxlit qabul qilish qisman, “bо‘laklarga ajratilgan holda” qabul qilishdan keskin 
farqlanadi. Bugun ularning yosh va individual xususiyatlarini о‘rganishda keyingisi ustunlik qiladi. 
Albatta, odamni iroda, fe’l-atvor, mizoj va hokazo qismlarga “ajratish”, sо‘ngra esa ularning har birini 
alohida о‘rganish osonroq, lekin, afsuski, keyin ulardan shaxsni “yasab” bо‘lmaydi. Psixologizmning 
joriy fojiasi ham shunda. Batafsil psixologik-pedagogik tavsifnomalar yozamiz, bir dunyo vaqt va 
kuch sarflaymiz, natijada esa – umuman sezilarsiz yutuqqa erishamiz. 
О‘z vaqtida Y.Korchak shu holatga e’tibor qaratadi: “Yuzaki tashxis harakatchan, hurmattalab, 
tanqidiy fikrlovchi – barcha “noqulay”, lekin sog‘lom va toza bolalarni alamzada, takabbur, 
shubhachi – fikri buzuq, havoyi, yengiltak, yomon о‘rnaklarga bajonidil moyillik bildiruvchi bolalar 
bilan bir guruhga qо‘shib qо‘yadi. Puxta bо‘lmagan, loqayd va yuzaki qarash ularni yomon xulqqa 




Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish