170
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
THE MOTIVATIONAL IMPACT OF INFORMATION MEDIA ON THE EDUCATION OF ADOLESCENTS.
Rahimova G. - Fergana state University independent researcher
Annotation.
This article highlights the impact of media on students' motivation and what they
should
consider in preventing them, not only directly affecting the minds and thinking of the
younger generation, but also raising their spiritual needs to a new level, forming new thinking and
outlook. Changes in the field are intended to provide the teacher with new requirements.
Keywords:
Modern school, mass media, used culture, prevention, motivation, informational
competence, informational skillfulness.
Maktab hamisha, har qanday tuzum va jamiyatda ham kecha, bugun va kelajakni bogʼlab
turuvchi ko‘prik vazifasini bajarib kelgan. Аyni shu boisdan hozirgi sharoitda
jamiyatning maktab
oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish
vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir.
Zamonaviy maktab o‘z faoliyatini, tezkor va shiddat bilan rivojlanib
borayotgan jamiyat
talablariga moslashtirib borar ekan, yangicha talablariga mos ravishda, uzoqni ko‘zlagan holda,
o‘quvchilarga,
nafaqat bilim, ko‘nikma va malakalarni nazariy asosda yetkazish, balki shaxsini
rivojlantirish, individual sifatlarini maqsadga yo‘naltirish, unda kelajakda shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
faoliyati uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishga qaratilgandir.
Bugun zamonaviy maktabda zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas.
Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga
sola olishi, bolalar
jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi, o‘quvchilarning
faoliyat
motivatsiyasini anglashi zarurdir.
Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros
– yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak
madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.
Har bir inson yuksalib borar ekan, odatda, unda faoliyatning qandaydir turiga nisbatan ustuvor
moyillik ko‘zga tashlanadi va bu holat uning hayotiy yo‘li va taqdirini belgilab berishi mumkin.
Psixologlar inson faoliyatiga xos bunday moyillikni eksperimental yo‘l bilan xulosa chiqarish asosida
isbotlashga harakat qiladilar. P
sixolog B.I.Dodonovning fikricha, inson “mutanosiblikka”, “muvofiqlik (proporsionallik)ka”
barcha fazilatlarini rivojlantirish emas, balki butun hayoti va faoliyatida asos bo‘lib, unga mohiyat -
maʼno baxsh etadigan qobiliyatlarini ustun darajada rivojlantirish hisobiga erishishi mumkin.
Аmaliy faoliyatda insonning faqat shaxs sifatidagi ijtimoiy fazilatlari ifodalanishi va yuzaga
chiqishi uning madaniylik mezoni hisoblanadi.
Haqiqiy o‘zlikka originallikka intilish bilan emas, balki, eng avvalo, mehnatdagi jonbozlik bilan
erishish mumkin.
Bugungi jamiyatda o‘z faoliyatini uning mazmunini aniq ko‘ra
biladigan va har qanday
muammolarni mustaqil hal qila oladigan yoshlar kerak.
“Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki
ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz
qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z
salohiyatini namoyon qilishi uchun
zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi – “virus”
tarqalishining oldini olishdir”.