TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
165
kasbiy ahamiyatli fazilati sifatida tushuniladigan ―kutubxonachi-mutaxassisning
axborot kompetentliligi‖ tushunchasiga aniqlik kiritildi;
- kutubxonachi-mutaxassisning axborot kompetentliligini mohiyati, uning
vazifalari
(huquqiy-me‘yoriy,
gnoseologik, kommunikativ, moslashuvchan,
baholovchi,
rivojlanuvchi),
xislatlari
(dualizm,
nisbiylik,
tuzilmaviylik,
akkumulyativlik, selektivlik, harakatchanlik, yaxlitlik, yarim funksionallik), ko‗p
o‗lchovli va ko‗p darajali xarakteri tadqiq etilgan; kutubxonachi-mutaxassisning
kasbiy rivojlanish sharti sifatida axborot kompetentlilikning alohida komponentlari
(kognitiv, ijodiy-amaliy va qadriyatli-motivatsion) va asosiy kompetensiyalar
keltirilgan;
- kutubxonachi-mutaxassisning axborot kompetentliligini rivojlantirish
omillari (ichki va tashqi) aniqlangan.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
–
kutubxonachi-mutaxassisning axborot kompetentliligi modelini yaratish;
–
O‗zbekiston Respublikasi kutubxonachi-mutaxassislarining axborot
kompetentliligi darajasini umumiy tashxisi natijalari;
–
malaka oshirish kurslari uchun ―Kutubxonachi-mutaxassisning axborot
kompetentliligi asoslari‖ o‗quv dasturini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotda Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi hamda Qashqadaryo
viloyati axborot kutubxona markazining kutubxonachilari qamrab olingan. Tadqiqot
bazasi Qashqadaryo viloyatining Axborot kutubxona markazi. Mazkur kutubxonalar
yaxshi kompyuter majmui va ularda axborot texnologiyalaridan faol foydalanilgani
uchun tanlangan.
Tadqiqot uch bosqichda o‗tkazildi. Birinchi – nazariy izlanish bosqichida
(2017-2018 yy.) tadqiqot muammosi bo‗yicha ilmiy adabiyotlarni o‗rganish asosida
uning obyekti, predmeti, farazi, metodologiyasi va usullari, tushunchaga oid ta‘riflar
belgilandi. Ilmiy adabiyotlarni o‗rganish kutubxonashunoslik nazariyasi va
amaliyotida
tadqiq
etilayotgan
muammolar
holati
to‗g‗risida
tasavvurni
shakllantirish, tutash fanlarda uning yechimiga yondashuvlar va tendensiyalarni
aniqlash, shaxsiy ilmiy nuqtayi nazarni ishlab chiqish va axborot kompetentlilik
modelini nazariy jihatdan ishlab chiqish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqich (2018-2020-yy.) – tajriba-eksperimental bosqich bo‗lib,
unda taklif qilingan modelni eksperimental tekshiruvdan o‗tkazish amalga oshirildi,
kutubxonachi-mutaxassislarning axborot kompetentliligini rivojlanish darajalarini
tashxisi o‗tkazildi.
Uchinchi bosqich (2020-2021 yy.) – umumlashtiruvchi. Tadqiqot natijalarini
tahlil qilish va tizimlashtirish amalga oshirildi, ma‘lumotlarga aniqlik kiritish va
tuzatish, tadqiqot materiallariga statistik ishlov berish ishlari olib borildi, tadqiqot
natijalari umumlashtirildi hamda xulosa va tavsiyalar shakllantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |