Xaknazarov X. - Associate Professor of the Military Technical Institute of the
National Guard of the Republic of Uzbekistan, Doctor of Philosophy in History
Annotation.
This article contains information on how young people in Central
Asia lead a healthy lifestyle, play sports and avoid bad habits in their daily lives. The
144
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
article also presents relevant statistics and the results of sociological studies and
analyzes by country, age and gender.
Key words:
the youth, healthy lifestyle , leisure, age periods, age groups,
youthfulness, traditions, transformatoin, makhalla (community), modern youth.
Dunyo tarixining hozirgi bosqichi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-
madaniy hayotning barcha sohalarida globallashuv jarayoni jadallashganligi bilan
xarakterlanadi. Keyingi yillarda jahon miqyosida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi
hamkorlik aloqalarning kuchayishi, zamonaviy axborot texnologiyalarning tarqalishi
jamiyatning asosiy qatlami bo‘lgan yoshlar hayoti hamda turmush tarzini tadqiq
qilishni ilmiy zaruriyatga aylantirmoqda. Yoshlarga oid faol davlat siyosatini amalga
oshirish bugungi kunda dunyo mamlakatlari milliy siyosatining faol yo‘nalishlari
sirasiga kiradi. Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng
yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi
kuni, farovonligi yoshlarning qanday inson bo‘lib kamolga yetishishi bilan bog‘liq
1
.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining aksariyati yoshlar mamlakati hisoblanib,
umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mintaqa aholisining 30-35 % aholisini yoshlar
tashkil etadi. Mintaqa mamlakatlarida yosh chegaralari ham har xil bo‘lib, masalan,
Qirg‘izistonda 14-28 yoshlilar (2014-yilgi ma’lumot bo‘yicha 1,7 million yoshlar
mavjud bo‘lib, ular mamlakat aholisining 30 % ini tashkil etadi) yoshlar guruhini
tashkil etsa
2
, O‘zbekistonda «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining 3-moddasida
«
yoshlar (yosh fuqarolar) - o‘n to‘rt yoshga
to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar» ekanligi ta’kidlab o‘tilgan bo‘lib
3
,
respublika aholisining 32 foizini yoki umumiy aholining 10 millionini 30 yoshgacha
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi
4
, Tojikiston esa bolalar va yoshlar mamlakati hisoblanib,
yoshlar guruhini 15-34 yoshlilar tashkil etadi (aholining 38 % ini tashkil etadi va 73
% qismi qishloq hududida yashaydi)
5
. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faol siyosatda
yoshlarning o‘rni ularning mamlakat barqarorligi uchun samarali faoliyatida
ko‘rinadi. Bu borada yoshlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, kundalik
hayotida salomatlikka muntazam e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг
72-сессиясидаги нутқи. // Халқ сўзи. – 2017. – 20 сентябрь.
2
Молодежь Центральной Азии. Киргизистан. (На основе социологического опроса). Алматы Представительство Фонда им.
Ф.Эберта в Казахстане, ТОО «DELUXE PRINTERY» 2016.
3
Ўзбекистон Республикаси қонуни. Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида. (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари
тўплами, 2016 йил, 37-сон, 426-модда). – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ҳузуридаги «Адолат»
нашриёти, 2016.
4
Мирзиёев Ш. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси
Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги
нутқ.Т.: “Ўзбекистон”. 2017.
5
Молодежь Центральной Азии. Таджикистан. (На основе социологического опроса). Алматы. Представительство Фонда им.
Ф.Эберта в Казахстане ТОО «Igraphic». 2017.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |