TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
yuqoriroq, ya’ni, 30,3 %ga teng bo‘lsa, mamlakatda istiqomat qiluvchi rus millatiga
mansub yoshlarning 19,2 % qatlami shunga harakat qiladi. Yana bir muhim jihati
shundan iboratki, so‘rovlar natijasida mamlakat yoshlarining moddiy jihatdan a’lo
darajada ta’minlangan qatlami o‘rta qatlamga nisbatan ko‘proq shug‘ullanishiga
guvoh bo‘lish mumkin (42 %ga 20,2 % dan 25,2 % gacha).
Qozog‘iston yoshlari fikriga ko‘ra, ularning sog‘lom turmush tarziga amal
qilishi ularning antropologik qiyofasiga ham bevosita ta’sir qilar ekan. Shundan kelib
chiqqan holda yoshlarning 19,7 % i o‘zlarining tashqi qiyofalaridan judayam, 64,4 %
qismi esa to‘liq darajada, 13,6 % yoshlar esa qisman rozi ekanlar. Bu borada
faqatgina 1,8 % yoshlarda salbiy fikrlar ko‘zga tashlanadi
15
. Bu borada yoshlar
kiyinish madaniyatiga ham alohida e’tibor qaratishlari ko‘zga tashlanadi. Bu holat
ayniqsa yoshlik bosqichining dastlabki davrida (14-18 yoshlilar) yanada e’tiborli
kechadi.
Qirg‘iziston yoshlari uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilinishida to‘g‘ri
ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, boshqa ishlarni reja asosida amalga oshirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Gender tartibida solishtirilganda mamlakat yoshlarining
32,9 %i, ayollarning esa 9,8 % qismi muntazam ravishda sport bilan
shug‘ullanishadi
16
. Yoshlik davrlari bo‘yicha tahlil qilinsa, sport bilan shug‘ullanish
ko‘rsatkichi 14-18 yoshlilar orasida 28,1 %ni, 19-24 yoshlilar orasida 27 %ni, 25-29
yoshlilar orasida esa 24,5 %ni tashkil etadi
17
.
Tojikiston yoshlari orasida ham sog‘lom turmush tarziga amal qilish
ko‘rsatkichlari bir qator mezonlar bilan belgilanadi. Mamlakatning shahar va qishloq
hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlari muntazam ravishda sog‘liq haqida
qayg‘urishadi. O‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra mamlakat yoshlarining 78,7 %
qismi chekish bilan bog‘liq amaliyotdan yiroqda bo‘lsalar, 87,1 % yoshlar qatlami
alkogol mahsulotlarni mutlaqo iste’mol qilishmaydi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, mamlakat yoshlarining 20,4 % qismi muntazam ravishda sport bilan
shug‘ullanishsa (mazkur ko‘rsatkich shahar yoshlari orasida 24,4 %), umumiy
ma’noda 64 %dan ziyod yoshlar u yoki bu darajada sport bilan oshno bo‘lishga
harakat qiladilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlarini birlashtirish va ijtimoiy
ahamiyatli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda ijtimoiy va gumanitar
hamkorlikni faollashtirish mintaqa davlatlari oldida turgan asosiy maqsadlardan
hisoblanadi.
15
Молодежь Центральной Азии. Казахстан. (На основе социологического опроса). Представительство Фонда им. Ф.Эберта
в Казахстане, Алматы ТОО «DELUXE PRINTERY» 2016.
16
Молодежь Центральной Азии. Киргизистан. (На основе социологического опроса). Алматы Представительство Фонда
им. Ф.Эберта в Казахстане, ТОО «DELUXE PRINTERY» 2016.
17
Молодежь Центральной Азии. Киргизистан. (На основе социологического опроса). Алматы Представительство Фонда
им. Ф.Эберта в Казахстане, ТОО «DELUXE PRINTERY» 2016.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |