Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


 Maktab-va oilaning hamkorligini tashkil etish yо‘llari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana04.10.2020
Hajmi0,62 Mb.
#49627
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari

3.3. Maktab-va oilaning hamkorligini tashkil etish yо‘llari  

Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni  tarbiyalashda  maktab  va  oilaning 

hamkorligi  muhim  bо‗lib  uning  samarali  bо‗lishi  pedagog  va  ota-onalarning  bir 

fikrdaligidan kelib chiqadi. 

Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolaning  shaxsni  shakllanishida  va 

rivojanishida ham pedagog va ota-onalarning hamkorligi zarur.  

Ota-onalarning  bola  hayotida  faqatgina  uyda  emas,  balki  maktabda  ham 

ishtiroki:  

- dunyoni bolalar pozitsiyasida kо‗rishga;   

- farzandiga о‗ziga teng sifatida qarashga;   

- bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarigi bilish va ularni e‘tiborga olish;  

- bolani hissiy о‗llab-quvatlashga tayyor bо‗lish;   

-bola  bilan  ishonchli  munosabatlar  о‗rnatish,  uning  ishlarida  ishtirok  etish, 

uning quvonchlari va g‗amlarini birgalikda sezish imkonini beradi.  

Zamonaviy  tadqiqotlar  bolaning  tarbiyasida  oilaning  asos  ekanligini 

ta‘kildaydi  va  oiladagi  tarbiyaning  kuchi  va  turg‗unligini  beglilaydigan  omillarni 

kо‗rsatib bergan. Bularga quyidagilar kiradi: 




34 

 

1.  chuqur,  hissiy  xarakterga  ega  bо‗lgan  ota-onaning  farzandga  bо‗lgan 



sevgisi va unga javob hislar;   

2.  onaning,  otaning  va  boshqa  oila  a‘zolarining  tarbiyaviy  ta‘sirining 

doimiyligi va uzoq davom etishi;   

3. ilk yoshdanoq bolaning turli faoliyatga jalb etish.  

Pedagoglar  va  ota-onalar  birgadikdagi  harakatlari,  intilishlari  bilan 

istalyotgan natijalarga erishishga harakat qilishlari kerak.  

Ota-onalar va pedagoglar quyidagilarni esda saqlashlari lozim: 

- bola shaxs va biz uning individualligini qо‗llab-quvvatlashimiz zarur; 

-ota-onalarda va pedagoglarda bola unga yordam berishga tayyor insonlarni 

kо‗rishi, his etishi lozim;   

-  pedagoglar  bolalarda  ota-onalariga  bо‗lgan  beqiyos  hurmat  hissini 

tarbiyalashlari lozim;   

-ota-onalar  bolada  pedagogga  nisbatan  ishonch  hissini  tarbiyalashlari  va 

guruxning ishlarida faol ishtirok etishlari lozim;  

Ota-onalar  va  pedagoglar  tarbiyaga  bо‗lga  munosabatini  о‗zgartirishi, 

yoshining  psixologik  xususiyatlarini  bilish    asosida    bola  bilan  dialoglar 

о‗tkazishni;   

-ota-onalar  va  pedagoglar  bolani  tarbiyalashda  va  о‗qitishda  tushunish, 

ehtiyotkorlik, madaniyatli mnosabatda bо‗lishlari, bolaning sizgi va hislarini inkor 

emasliklari zarur.  

Maktab va oilaning hamkorlik shakllariga quyidagilar kiradi: 

- oilaga tashrif buyurish; 

- suhbatlar, shkola roditel rebenok otkloneniye 

- maslahatlar; 

-ota-onalar majlislari, seminar-praktikumlar;  

- ochiq eshiklar kuni; 

- ochiq darslar, mashg‗ulotlar; 

- ota-onalar  konferensiyalari; 

- sо‗rovnomalar о‗tkazish;  



35 

 

- yaxshi ishlar kuni;  



- ma‘lumot kechalari;  

- stol atrofidagi muhokamalar;  

-  maktab  mutahassislari  bilan  uchrashuv  kechasi;    (psixolog,  logoped. 

metodist, vrach); 

- adabiyotlar kechasi;  

- sport musobaqalari; 

- dam olish kechalari; 

- xalq bayramlari;. 

Ota-onalar  bilan  hamkorlikda  ishlashning  eng  samarali  shakklaridan  –bular  

stol  arofidagi  suhbat,  tajriba  almashish,  sо‗rovnoma,  yangi  metodik  adabiyotlar 

bilan  tanishish,  ochiq  eshiklar  kuni,  yakka  tartibdagi  maslahatladir.  Bayramlar 

umumiy ishning sevimli qismidir. Bayramlarda ota-onalar tо‗laqonli ishtirokchilar 

bо‗lib,  yangiliklar  bilan  tanishadilar,  g‗oyalar  almashinadi,  amaliy  maslahatlar, 

bayram liboslarini tayyorlash bо‗icha ishlar maslahatlashiladi. 

Bunday  yondoshuv  ijodiy  hamkorlikka  undaydi,  ishonch  uyg‗otadi,  kо‗p 

muammolarni hal etadi.  

Oilada  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani  tarbiyalashda,  uning  shaxsini 

rivojlantirishdagi  ijobiy  muhitni  yaratishda  eng  avvalo,  psixologik-pedagogik 

bilimlar, amaliy kо‗nikma va malakalarga ega bо‗lish lozim.  

Ota-onalarning 

pedagogik 

madaniyatini 

va 

maktadagi 



hamkorlik 

jarayonidagi  ishtiroki  darajasini  aniqlashda  ijtimoiy-pedagogik  mktodlardan 

sо‗rovnoma, test, yakka suhbatlar, oilaga borish, bolalar va klarning ota-onalarini 

kuzatish metodlarini qо‗llash mumkin.  

Ota-onalarning toifalariga bog‗liq  ravishda  yangi  faol  ish shakllaridan  ―stol 

atrofidagi  yig‗ilishlar‖,  auksionlar,  kо‗rgazmalar,  viktorinalar,  pedagogik 

kaleydoskoplar,  disputlar,  qiziqishlari  bо‗yicha  klublar,  tanlovlar,  ―Savol-javob 

kechalari‖dan foydalaniladi.   




36 

 

Hamkorlikni  tashkil  etishda  pelagoglarning  о‗zlarini  ham  kasbiy 



malakalarining 

darajasini 

oshirish 

 

zamonaviy 



talablardan,ta‘limni 

modernizatsiyalashga bо‗lgan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. 

Maktab va oota-onalarning hamkorligining mazmuni va metodikasi 

quyidagilardan о‗z ichiga oladi: 

1. bolalarni tarbiyalash ishida  maktab va oilaning birligi;  

2.pedagoglar va ota-onalar о‗rtasida о‗zaro ishonch, bolaning qiziqishlari va 

ehtiyojlarini    va  tarbmiyachilar  sifatida  о‗zlarining  vaziflarini  tushunish;  oilada 

pedagogning, maktabda ota-onalarning hurmatini mustahkamlash;  

3. ijobiy tanqid va о‗z-о‗zini tanqid asosida tо‗g‗ri munosabatlarni о‗rnatish;  

4. rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalashda о‗zaro yordam;  

5.  oilada  tarbiyalashning  eng  maqbul  tajribalarini  о‗rganish  va  ularni  ota-

onalar  о‗rtasida    tashviqot  qilishi,  maktab  ishida  oilada  tarbiyalashning  ijobiy 

metodlaridan foydalanish;  

6.  maktabning  oila  bilan  ishlashida  turli  ish  shakllaridan  foydalanish:  ota-

onalar  va  oilaning  boshqa  a‘zolari  bilan  tanishish,  maslahatlar,  ota-onalarning 

guruxli  va  umumiy  majlislari,  konferensiyalari,  ota-onalar  universitetlari, 

tashviqotning kо‗rgazmali shakllari; 

7. ota-onalar bilan individual va guruxli ishlash shakllari bir-birini tо‗ldiradi. 

Ota-onalar  bilan  pedagogning  har  kungi  muloqoti  individual  ish  uchun  katta 

imkoniyatlar yaratadi, maktab va oilaning aloqalarini mustahkamlaydi;  

8.  ota-onalarning  faollarini,  jamoatchilikni  maxsus  ta‘lim  muassasasining 

faoliyatiga, ota-onalar bilan ishlashga jalb etish. 

Tadqiqot  asosida  ota-onalarni  maktab  faoliyatiga  jalb  qilish  bо‗yicha 

harakatlar yо‗nalishini ajratishimiz mumkin:  

1. Oila va maktab о‗rtasidagi dastlabki aloqalar: 

—  ota-onalarni  bolalari  bilan  yoki  ularsiz  muassasani  mashg‗ulotlar 

boshlanguniga qadar taklif qilish;  

— pedagoglarning oilalarga borishi;  

— muassasa haqida ota-onalarga yozma ma‘lumotlar berish;  



37 

 

— shartnoma tuzish.  



2.  Keyinchalik  ota-onalar  va  pedagoglarning  о‗zaro  hamkorligi  quyidagi 

jarayonlarda  amalga oshiriladi:  

—  ota-onalar  farzandlarini  muassasaga  olib  kelganlaridagi  va  olib 

ketayotganlaridagi kundalik aloqalar;  

—  ota-onalar  bilan  bolalari  haqida,  ularning  muvaffaqiyatlari  va 

muammolari bо‗yicha norasmiy suhbatlar;  

— ota-onalarni farzandlari haqidagi yozma ma‘lumotlar bilan tanishtirish;  

— vrachga borish kerakligi haqidagi maslahatlar va hokazo;  

—  ota-onalarni  farzandlari  qanday  о‗qiyotganini  bilish  yoki  muassasaning 

ishi bilan tanishishlari uchun maktabga kelishlari. 

Ota-onalarga  maktabga  yordam  kо‗rsatish  taklif  etiladi;  ular  о‗yin 

majmualarini ishlab chiqishda, bolalar uchun materiallar yig‗ishda va hokazolarda 

yordam bera oladilar.  

4.  Ota-onalar  bolalarning  muassasaga  kо‗nikib  ketishi  maqsadida  kundalik 

mashg‗ulotlarda,    turli  xil  tadbirlarda  ham  ishtirok  etishlari;  kundalik 

mashg‗ulotlarda, ekskursiyalar о‗tkazishda va boshqa tadbirlarda yordam berishlari 

mumkin.  

5. Ota-onalar uylarida bolalari bilan ishni davom ettiradilar yoki uy rejasini 

bir qismini amalga oshiradilar.  

6.  Ota-onalar  farzandlari  tо‗g‗risida  qaror  qabul  qilishda  ishtirok  etishlari  

mumkin;  ota-onalar  komitetlari  muassasaning  ishiga  doir  masalalarni  hal  etishda 

ham ishtirok etadilar.  

7.  Ota-onalar  uchun    jamoatchilik  tadbirlari  samaralidir,  ularga  tarbiya 

masalalari  bо‗yicha  kurslarga,  seminarlarga  borish,  ma‘ruzachilarni  taklif  etish, 

ota-onalar klubining ishlari va hokazolar kiradi.  

8.  Maktab  ota-onalarga  bolani  parvarishlash,  rivojlantirish,  oilada 

tarbiyalash  yuzasidan  ma‘lumotlar  va  amaliy  maslahatlar  yig‗ishda,  krizisli 

vaziyatlardan chiqishda yordam beradi. 




38 

 

Pedagoglar ham, ota-onalar ham bolalarni sog‗lom va baxtli bо‗lishlarini 



kо‗rishni  istaydilar.  Ota-onalar  pedagoglarning  bolalarniqiziqishlari  va 

ehtiyojlarini  qondirishga  qaratilgan    ishlarini  davom  ettirishlari    lozim.  Ota-

onalar  hayot  tajribasiga  ega,  vaziyatni  taxlil  qila  oladigan    katta  odamlardir, 

shuning uchun ba‘zi muammolarni hal qilishda pedagog ulardan kerakli va zarur  

maslahatlarni iolish mumkin. 

Shu  tarzda  ta‘limiy  ishlarnining  kо‗p  qismini  bolalr  va  ota-onalar  bilan  bir 

vaqtda  tashkil  etish  mumkin,yuzaga  keladigan  muammolarni,  belgilangan 

vazifalarni birgalikda, bir-birlarining manfaatlarini e‘tiborga olgan holda kuchlarni 

birlashtirib hal etish zarur.  

Ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb etish bо‗yicha maxsus metodika ishlab 

chiqilgan. Ushbu metodika uch bosqichni о‗z ichiga oladi:  

birinchi  bosqich  —  farzandining  ta‘limida  ota-onalarning  ehtiyojlarini 

e‘tiborga olish;  

ikkinchi  bosqich—  maxsus  muassasalarda  ta‘lim  xizmati  buyurtmachilari 

bо‗lgan ota-onalarning pedagogik bilimlarini oshirish;  

uchinchi  bosqich  maktab  faoliyatida  pedagoglar  va  ota-onalarning 

sherikchiligi  bо‗lib,  uning  asosini  munosabatlarning  insonparvarligi,  insoniy 

qadriyatlar, shaxsga yо‗naltirilgan yondoshuv tashkil etadi. 

Bunday 

metodikani 

joriy 

etish 


ota-onalar 

bilan 


ishlashning  

murakkablashgan    2  blokli  tizimining  yaratish  imkonini  beradi.  Har  bir  blokning 

о‗z ichiga faoliyatning vazifalari, shakli va metodlarini oladi.  

Maktabda  ushbu  ishning  mazmunini  amalga  oshirishda    faoliyatning 

jamoali  va  individual  ish  shakllari  qо‗llaniladi.  Hamkorlikni  amalga  oshirishda 

jamoali  va  individual  ish  shakllari    birgalikda  qо‗llash  maqsadga  muvofiq 

bо‗ladi.  Bularga:  suhbat,    fikrlash-maslahatlar,  yakka  topshiriqlarni  bajarish, 

muammoni  hal  etishda  birgalikda  izlanish,  maktablar  yozish    va  hokazolar 

kiradi.  Bu  shakllar  har  bir  ota-ona  bilan  о‗zaro  munosabatlarda  ulardaning 

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashilganda samarali bо‗ladi. 




39 

 

Ota-onalarni  о‗ziga  qaratish,  ularning  ishonchini  qozonish,    ochiq 



sо‗zlashuvga  chiqirish,  pedagog  bilan  о‗zining  ichki    fikrlari,  shahbalari  bilan 

bо‗lishishga  istak  uyg‗otish  muhim.  Bularning  barchasi  rivojlanishida  nuqsoni 

bо‗lgan  bolani  tо‗g‗ri  tushunishga,  uni  uyda  va  maktabda  tarbiyalashdagi 

muammolarning  maqbul  usullarini  topishga  yordam  beradi.  Bunday 

muvaffaqiyatli  shaxslararo  hamkorlikning  psixologik  sharti  diqqat,  tushunish, 

ast-seinklikdir. 

Oila bilan ishlashning nazariy va amaliy tomonlarini taxlil hozirgi vaqtdagi 

yana bir muammoni- ota-onalar va bolalarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish 

muammolarini  ochib  berdi.  Pedagoglarning  asosiy  vazifalaridan  biri-  oilada 

meyoridagi munosabatlarni rivojlanishi uchun sharoit yaratish bо‗ilib, u faqatgina 

ota-onalar  va  bolalar  faoliyatida  yuz  berib  turli  shakllarda  amalga  oshiriladi. 

Masalan,  bilish  faoliyatining  shakllari-  bu  bilim,  kо‗nikma  va  malakalarning 

jamoatchilikda namoyon etish, faoliyat yо‗nalishlari bо‗yicha hisobotlar, bilim va 

ijod  bayramlari,  ochiq  eshiklar    kunidir.  Bunday  tadbirlarning  mavzusi,  predmeti 

va  о‗tkazish  metodikasini  pedagoglar  va  ota-onalar  birgalikda  belgilaydilar. 

Tarbiyachi topshiriqlar tuzadi, guruxlarni shakllantirishga, tayyorlov ishlarini olib 

borishga yordam beradi, ota-onalar esa yasatishda, rag‗batlantiruvchi mukofotlarni 

tayyorlashda, natijalarni baholashda ishtirok etadilar. 

Mehnat  faoliyati  shakllari  –sinfni  bezatish,  maktab  hovlisini  tozalash  va 

kо‗kalamzorlashtirish, gullar ekish, kutubxona tashkil etish va hokazolar. Dam 

olish shakllari –spektakllar, bayramlar, musobaqalar, tanlovlar va hokazolardir. 

Faollashtirish  shakllari-  diskussiyalar,  dialogalar,  vaziyatlarni  muhokama 

qilish, bolarning nutqini yokiijodlrini taxlil qilish, teringlar, о‗yinni modellashtirish 

metodi va hokazolar.  

Kо‗rgazmali  shakllar-  kutubxonalar  ,  videofilmlar,  ota-onalar  va  bolalar 

uchun  eslatma-tavsiyalar,  taklifnomalar,  kitoblar  kо‗rgazmasi,  о‗yinlar,  bolalar 

izgan yoki birgalikda chizilgan rasmlar, fotokо‗rgazmalar, gazetalar va hokazolar. 



40 

 

Ota-onalar  bilan  ishlashning  ancha  yangi  shakllaridan  biri  bо‗lgan  ma‘lum 



bir  mavzu  bо‗yicha,  masalan,  ―Oilada  bolaning  mehnat  tarbiyasi‖,  ―Maktabda 

bolalarning mehnat tarbiyasi‖ mavzularidagi videofilmlarn  yaratish kiradi.  

Gazetani  chiqarish  hamkorlikning  qiziqarli  shakllaridan  biridir.  Gazetani 

tayyorlashda maktab ma‘muriyati, pedagoglar, mutaxassislar, ota-onalar va bolalar 

ishtirok etadilar.  

Nazariya va amaliyotda korrekion ta‘lim muassasalarda ota-onalar bilan 

ishlashning bir qator umumiy vaziflari aniqlangan:  

—ota-onalarning  boshqa  ijtimoiy  institutlarda  (oila  va  xokazo)  amalga 

oshirilmaydigan qiziqishlari, fikrlari va savollarini о‗rganish;  

— ota-onalar tomonidan turli ijtimoiy rollarni о‗zlashtirishlarida о‗zlarining 

rivojlanishi uchun optimal sharoitlar yaratish;  

—  ota-onalar  bilan  hamkorlik  modelini  tuzish  uchun  boshqa  ta‘lim 

muassasalarining tajribalaridan foydalanish;  

— ota-onalar bilan ishlash vositalari va usullarini kengaytirish;  

—  birlashma  ishtirokchilarining  о‗sishlari  uchun  sharoit  yaratish,  ijodiy 

muhitni yuzaga keltirish. 

Ota-onalar  majlislarini  eski  strukturada  о‗tkazish    ularning  ishonchlarini 

oqlamaydi. Korreksion ta‘lim muassasasining meyoriy –huquqiy bazasiga muvofiq 

ota-onalar  ta‘lim  xizmatarining  buyurtmachilari  hisoblanadilar  va  ularta‘lim 

jarayonini  tashkil  etishda  ishtirok  etishga  huquqli  bо‗lib,  о‗zlarining  boshqaruv 

organlarini  tashkil  etish  va  ba‘zi  masalalarni  ota-onalar  majlislarida, 

konferensiyalarda  va  boshqa  ish  shakllarida  mustaqil  raishda  hal  qilishlari 

mumkin. 

Hozirgi  vaqtda  kо‗pgina  ta‘lim  muassasalari  ota-onalarning  anjumanlarini 

о‗tkazmoqdalar,  bu  anjumanlarda  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan    bolalarning 

ta‘limi,  ularni  rivojlantirish  masalalari  muhokama  qilinmoqda.  Bu  anjumanlar 

ilmiy-amaliy, nazariy, tajriba almashish turida bо‗lishi mumkin. Anjumanlar yiliga 



41 

 

1  marta  о‗tkaziladi,  ammo  jiddiy  tayyorgarlikni  talab  etadi,  ota-onalarning 



ishtiroki, bolalar rasmlari kо‗rgamalari, konsertlari  nazarda tutiladi. 

Konferensiyalarning tuzilishi: 

1)  maktab  rahbarining  nutqi;    2)  ota-onalarning    ushbu  muammo  bо‗yicha 

oila  tajribasi  yuzasidan  chiqishlari  (3-5);  3)  videofilmlar;  4)  xoxlovchilar 

chiqishlari; 5) bolalarning chiqishlari; 6) yakun. 

Ota-onalar bilan ishlashning yangi shakllaridan biri –bu  vasiylik kengashini 

tuzishdir.    Maktabning  vasiylik  kengashi  kollegial  organ  bо‗lib,  jamoatchilik 

asosida doimiy faoliyat kо‗rsatadigan о‗z-о‗zini idora qilish organidir. 

Vasiylik  kengashi  rais  va  vasiylik  kengashining  7  nafar  a‘zolaridan  iborat 

bо‗ladi.    Vasiylik  kengashiga  maxsus  ta‘lim  muassasasi  rahbari,  muassasaga 

qatnaydigan  bolalarning  ota-onalari,  shuningdek  maktab  xodimlari,  ta‘lim 

muassasasini mablag‗ bilan ta‘minlaydigan tashkilotlardan vakillar kiradi. 

Vasiylik kengashining vazifalariga kiradi: 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish