3.2. Maktabning ota-onalar bilan hamkorligining mazmuni
Pedagoglar va ota-onalarning о‗zaro hamkorligi bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi va uning vazifasiga ota-onalarning faol pedagogik pozitsiyasini
shakllantirish kirishi lozim. Tо‗g‗ri tashkil etilgan ish ta‘limiy xarakterga ega
bо‗ladi. Pedagog oilada tarbiyaning ijobiy tajribalariga tayanishi, uni yoyishi
kerak. Hamkorlikning eng birinchi va hal qiluvchi sharti pedagog va ota-onalar
о‗rtasidagi ishonchli munosabatlardir. Aloqa shunday bо‗lishi kerakki, ota-
onalarda tarbiyaviy va taxlimiy jarayonga nisbatan qiziqish uyg‗onsin.
Ikkinchi, yanada ahamiyatli bо‗lgan vazifa – oilani pedagogik kо‗nikma va
bilimlar bilan qurollantirishdir. Pedagogik hamkorlik jarayonini bunday tarzda
tashkil etish natijasida ota-onalarning faqatgana о‗zining farzandini
tarbiyalashdagina
ema,
balki
butun
sinning
tarbiyaviy
ishlarida
faol
ishtirochkchiga aylanishini kо‗rish mumkin. Pedagoglar va ota-onalar sherik
sifatida bir-birlarini tо‗ldirib boradilar. Sherikchilik munosabatlari ikkala tomnning
tengligini, о‗zaro iliq munosabat va hurmatni nazarda tutadi.
Oila va maktabning hamkorligida quyidagilar nazarda tutiladi:
- oilani uning bola tarbiyasidagi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida
о‗rganish;
- oilalarni bola tarbiyasidagi ahloqiy imkoniyatlari bо‗yicha guruxlash;
27
Маленкова, Л.И. Педагоги, родители и дети. // Маленкова Л.И. М.: Просвещение, 1994.- 474с.
31
- pedagog va ota-onalarning birgalikdagi harakatlari bо‗yicha dastur tuzish;
- tarbiyaviy faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini taxlil qilish;.
Hozirgi vaqtda barcha mutaxassislar ota-onalarni maktab ishiga jalb
etishning zarurligini tan oladilar, ammo pedagog va ota-onalarning о‗rtasidagi
munosabatlarda ma‘lum bir disgarmoniya, muvofiq emaslik ham kuzatiladi.
Bunday munosabatlarning rivojlanishiga shaxsiy hamda kasbiy omillar tо‗sqinlik
qilishi mumkin: vaqtning yetishmasligi, о‗ziga ishonmaslik, etnik stereotiplar,
alam qilish hislari- bularning barchasi, shaxsiy va kasbiy qarashlar oilalarga
bolalarining tarbiyasida faol ishtirokchi bо‗lishiga tо‗sqinlik qiladi. Shuning
uchun pedagoglarning о‗zlari tashabbus kо‗rsatib har bir alohida oila bilan qanday
hamkorlik qilishni tushunishlari kerak. Ota-onalarning ishtirokida individual
yondoshish tamoyilidan foydalanib kо‗pchilik oilalarni ishga jalb etishning turli-
tuman usullarini ishlab chiqish mumkin.
Ota-onalarning ishtirokini 5 darajasi ajratiladi
1) bir martalik yordam kо‗rsatish;
2)
ota-onalarning
qobiliyatlaridan
ba‘zan mashg‗ulotdar о‗tishda
foydalaniladi;
3)
ota-onalar
doimiy
ravishda
yordam
kо‗rsatadigan kо‗ngilli
yordamchilarga aylanadilar;
4) ota-onalar sinfda ishning asosiy yо‗nalishlarini aniqlashga yordam
beradilar;
5) ota-onalar maktabning ishida yordam beradigan kо‗p masalalarni
muhokama qilishda ishtirok etadilar;.
Har bir variantda ota-onalarda tajriba almashishb, bir-biridan ma‘ulm bir
malakalarni о‗rganish imkoniyati mavjud. Shuning uchun ish davom etgan sari
ota-onalar ishtirokining imkoniyatlari kо‗payib boradi. Pedagog oila a‘zolarining
qaysi biri sinfning ishida ishtirok etishidan fqat‘iy nazarmota-onalarga yordam
berishga doimo tayyor bо‗lishi kerak. Asta-sekinlik bilan berilgan yordam va
32
qо‗llab-quvvatlash ota-onalarga о‗zarini ancha dadil tutishga, mustaqil ishlashga
imkon yaratadi.
Ota-onalarning kuchli tomonlari va ijobiy sifatlari e‘tiborga olish ishning
muvaffaqiyatli bо‗lishini ta‘minlaydi. О‗zaro munosabatlarning rivojlanib borishi
bilan ishonch mustahkamlanadi, ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani
tarbiyalashda ma‘lum bir ma‘suliyatga ega bо‗ladilar.
Bolani har tomonlama rivojlantirishda maktab va oila hamkorligining
mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish juda muhim. Maxsus muassasa
pedagogi bu vaziyatda bolalarning tarbiyachisi va ota-onalarning sherigi sifatida
ish kо‗radi. Pedagoglar va oila a‘zolari о‗rtasidagi aloqaning xarakteri va
samaraliligi maktabning oila bilan hamkorligidagi ishning metodlarini tо‗g‗ri
tanlashiga ham bog‗liq bо‗ladi.
Shunday qilib rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani shakllanishida maktab
va oilaning о‗zaro hamkorligi muhim va ahamiyatlidir.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |