Siyosiy omillar korxonaning strategik va logistik huquqini belgilaydilar. Ularga ko‘ra bizning rivojlantirish, investitsion, moliyaviy siyosat, distribyutsiyalash bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.
Huquqiy omillar firma faoliyatiga qonunchilik cheklashlarini kiritiladi. Fuqarolik kodeksi, soliq, bojxona qonunchiliklari va boshqa me’yoriy hujjatlar bizning mamlakatimizdagi logistikaning huquqiy asosi bo‘ladilar.
Iqtisodiy omillar valyutaning kursi, inflyatsiyaning darajasi, yalpi milliy mahsulotni o‘zgarishi, sohalarni rivojlanishi sur’atlari, mehnat, sarmoya, talab va taklif bozorlarini belgilab beradilar.
Texnik va texnologik omillar transport, axborot - kompyuter tizimi, egiluvchan avtomatlashtirilgan tizimlarni rivojlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadilar, bu logistika uchun juda muhimdir.
Logistika muhitining ijtimoiy va ekologik omillari demografik vaziyat, odamlarning ijtimoiy ehtiyojlari, aholining ko‘chib yurish, madaniy masalalarga ta’mirini, hamda texnologiya va transportning atrof muhitga ekologik va takror ishlab chiqarish jarayonidagi ekologiyaga ta’sirini ta’riflaydilar. Atrof muhitni himoyalash dasturi logistik qarorlar qabul qilishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ichki muhit ostida korxonaning xo‘jalik mehanizmi tushuniladi, u o‘z ichiga firma faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmlarini oladi.
Xorijiy mutaxassislarning “ichki muhit” tushunchasi talqiniga yondoshishlardan biriga muvofiq uni ta’riflash uchun tashkilot ichidagi vaziyatli omillar sifatida “ichki o‘zgaruvchilar” tushunchasidan foydalaniladi. Asosiy ichki o‘zgaruvchanlarga maqsadlar, tashkilotning tuzilishi, vazifalar (ichki vazifalar) texnologiyalar va odamlar kiradi.
Mikrologistik tizimlarni qurishda logistika va logistik menejmentning korxonani qurishda logistika va logistik menejmentning boshqa sohalari bilan
o‘zaro hamkorligini belgilash katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu omillarini ichki mikrologistik muhit tashkil qilish bilan uchun rolni hisobga olish bilan yiriklashtirilgan holda ishlab chiqarish, marketing, moliya, mehnat resusrlaridan foydalanishning vazifaviy sohalarini ajratish mumkin. Boshqaruvda “vazifaviy soha” atamasi bo‘limlari umuman korxona manfaatlarida faoliyat yuritadigan faoliyat sohasini bildiradi.
Boshqaruv jarayonlarini tashkil qilish boshqaruvchi ta’sirlar: maqsadni belgilash, bajarilish, rejalashtirish, operativ boshqarish, boshqarishlik, muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish, hisob va nazoratning belgilangan izchilligi bilan ta’riflanadi. Bu har xil boshqaruv vazifalari yagona maqsadga qaratilgan jarayonga birlashtiriladi. Quyidagilar boshqaruvning asosiy vazifalari bo‘ladilar: marketing, rejalashtirish, tashkil qilish, undovchi sabablar, nazorat.
Boshqaruv quyidagi uchta jihtalarning birligida ko‘rib chiqiladi:
o‘zaro bog‘langan vazifalar jarayoni;
firmani maqsadlariga yetishish uchun ishlab chiqarish va o‘tkazishni boshqarish vositalarining majmuasi;
firma xodimlarining biznes bo‘yicha tashqi sheriklar;
Mahsulotlar (hizmatlar) iste’molchilar bilan o‘zaro munosabtlarni boshqarish qurollari.
Ushbu nuqtai nazaridan logistikaning korxona boshqaruvning asosiy vazifalari bilan o‘zaro aloqasini belgilaymiz. Logistik menejmentning xususiyati shundan iboratki, u maqsadlari va vazifalari bo‘yicha moddiy resusrlarni xarid qilishlar, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni o‘tkazish jarayonlarida investitsion, innovatsion, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot menejment bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |