Toshkent davlat iqtisodiyot



Download 470,38 Kb.
bet83/118
Sana14.04.2022
Hajmi470,38 Kb.
#552118
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Ishlab chiqarish va logistika va logistik jarayonning ishlab chiqarish ichidagi logistika nuqtai nazardan o‘zaro xamkorligi ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida zahiralarni boshqarish, korxona bo‘linmalarida moddiy resurslarga buyurtma berish tadbirlarini tashkil qilish, texnologik transportni, omborxonani xo‘jaligini boshqarishda nomoyon bo‘lmoqda.
Ishlab chiqarish davrasining davomiyligi logistika va operatsion (ishlab chiqarish) menejmentini manfaatlarini kesishining muhim muammosi bo‘ladi. Ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartirish uchun zamonaviy logistik konsepsiyalar va mikrologistik tizimlari MRP, “Konbon”larning modifikatsiyalaridan foydalaniladi.
Logistik va operatsion menejment mahsulotni ishlab chiqarishda hal qiladilar. Mavsumiy talablarni o‘zgarishida sotishlarini yo‘qotish xataridan sug‘urtalash uchun ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish va zahiralar hammalarini ko‘paytirishga halakt qiladilar. Logistiklar tayyor mahsulotning mavsumiy zahiralarini yaratish uchun ishlab chiqarish va o‘tkazishda umumiy xarajatlarni muvofiqlashtiradilar.
Moddiy resurslarni harid qilish va tayyor mahsulotlarni o‘tkazish tashqi logistik tizimlarning logistik operatsiyalari sifatida ishlab chiqarish uchun belgilovchi ahamiyatga egadir. Xom ashyo, materiallar va yarim fabrikatlarni yetishmasligi yoki ularning kafolatli zahiralarini yo‘qligi ishlab chiqarish davrasini uzib qo‘yishi, ishlab chiqarish quvvatlarini ish bilan to‘liq ta’minlamasligi mumkin. Ko‘pincha g‘arbiy firmalarda xaridlarni boshqarish uchun yetkazib berishning “aniq muddatida” va ishlab chiqarishdagi moddiy zahiralar darajasini kamaytirish logistik konsepsiyasidan foydalaniladi, logistiklar esa ularning zahiralarini kerakli darajada ushlab turish uchun javob beradilar.
Logistikada va ishlab chiqarish menejmenti idishlarga joylashtirish masalasi bo‘yicha o‘zaro xamkorlik qiladilar. Ishlab chiqarishga logistik yondashish e’tiborni buzilishlardan himoyalanuvchi xususiyatlarga ega idishlarni qo‘llashga qaratadi.
Logistika ishlab chiqarishga korxonaning yig‘uvchi bo‘linmalari, tayyor mahsulotlarni joylashtirish, tayyor mahsulotlarni tashish, yuklash va zahiralarini boshqarish tadbirlarini toplash masalarini yechimlar bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Logistika, hatto “logistik servis” nomini olgan holda, yetkazib berish, xaridorlarga sotishdan oldingi va sotishdan keying xizmat ko‘rsatish servisining samarali servisni ta’minlashda asosiy rollardan birini o‘ynaydi.
Logistik operatsiyalarni o‘tkazish belgilangan darajada xodimlarni, shu jumladan yuqori logistik menejment xodimlari, masalan logistika bo‘limi boshlig‘i, integral logistik menejerni logistik tizim bo‘g‘inlarida joyiga qo‘yish, o‘qitish va rag‘batlantirish bilan bog‘liqdir.
Korxonaning texnik va texnologik siyosati investitsional, innovatsion menejment va logistikaning ma’nfatlarini bog‘laydi, chunki, birinchidan, ishlab chiqarish texnologiyalariga investitsiyalar ishlab chiqarish davrasining davomiyligini qiziqtiradi va ishlab chiqarish ishdagi logistik operatsiyalari vaziyatlarini asoslab beradi, beradi, ikkinchidan, omborxona ulushlari, transport vositalar, hisobash texnikasiga investitsiyalar samarali logistika qarorlari qabul qilishning imkoniyatlarini oshiradi.
Logistika strategiyasini ishlab chiqish va logistik rejalashtirish korxonada kooperativ, marketing va ishlab chiqarish strategiyalari va firma ishdagi rejalashtirish bilan bir qatorda markaziy o‘rin egallaydi.

Download 470,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish