Transport xarajatlari. Tashishga xarajatlar uni tashish qiluvchi elementar logistik operatsiyalarga birga tashkil qiluvchi xarajatlarni o‘z ichiga oladi, buning ustiga bu xarajatlarning ancha katta qismi, qoidaga ko‘ra, bevosita tashkil jarayoniga to‘g‘ri keladi.
Eng umumiy ko‘rinishda 1t. Yukni tashishga xarajatlar aralash (kombinatsiyalangan) variantda quyidagi formula bo‘yicha belgilanishi mumkin:
Cn =Cn.m x Cb.m*1b.m.+ΣS n.p+Cn.r*1m.p,
Cn =Cn.m x nm + Cb.m x 1b.m.+ΣS n.p+Cn.k + Cd b x 1m.g
bu yerda Cn.m – yukni transportning yordamchi turi bilan magistralga yetkazib berishda 1 t.km ning to‘liq tannarxi;
Cb.m – yukni magistral transport bilan olib chiqishdagi xuddi shu narsa;
ΣS n.p – 1 t. Yukni butun keyingi yo‘lda ortib-tushurishga foydalanish xarajatlari;
Cn.k – transportning magistral turidagi 1 t. Yukka tegishli bo‘lgan boshlang‘ich va yakuniy operatsiyalar bo‘yicha foydalanish xarajatlari;
Cd b – transport magistral xarajatlari teng 1 t.km;
1m.p 1b.m. – tegishli ravshda magistral transport bilan olib borish va olib chiqarishning uzoqligi;
1 m.g. – magistral transport bilan tanishning uzoqligi.
O‘z navbatida, tashishga barcha xarajatlarni tashishning masofasi (xarajatlarni vaqti) ga bog‘liq o‘zgaruvchanlar va masofaga bog‘liq bo‘lmagan doimiylarga bo‘lish mumkin.
O‘zgaruvchan xarajatlarlarga quyidagilar kiradi: Transport operatsiyalariga yonilg‘i, moylash materiallari, harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’minlash (shu jumladan extiyot qismlar va materiallar)ga xarakatlar; haydovchilar (tashishni bevosita bajaruvchi xodimlar)ga ish haqi; harakatlanuvchi tarkibning yo‘lda yurish yuzasidagi amortizasiya.
Doimiy xarajatlarga foyda quyidagilar kiradilar: transportning har xil turlarining ishlab chiqarish – texnik bazasi va infratuzilmasini ushlab turishga
xarajatlar (ijara to‘lovchi); boshqaruv xodimlari mehnatga haq to‘lashga xarajatlar; ustama va boshqa xarajatlar.
Shuning bilan bir vaqtda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q, va transportning har bir turi uchun o‘ziga xoslik bor. Xalqaro (aralash, kombinatsiyali, intermodelli va boshqa) tashishlarga xarajatlarni baholashning miqdori va usullarida muhim xususiyatlar mavjud. Masalan yuklarni xalqaro tashishga logistik tashish qiluvchi xarajatlar o‘z ichiga mahsulotni ortib jo‘natishga tayyorlash (sifati, miqdori, markalanishi, idishga joylanishini tekshirish); mamlakat ichidagi tushirish; yuklarni chegaradan o‘tish joylari, portlar yoki xorijga qatnovchi transport vositalargacha tashish yuklarni transport vositalari (avtomobil, kema, vagonlarga, shu jumladan chegaradan o‘tish shaxobchalarda) ortish; xalqaro transport bilan tashish; sug‘urtalash va bojxonada dikloratsiyalar uchun haq to‘lash; yukni belgilangan manzilda tushurishga, bojxona bojlari, soliqlarni va to‘lovlarni to‘lash; yukni oluvchining omboriga yetkazib berish bo‘yicha xaq to‘lash va boshqa ko‘rsatkichlarni oladi.
Transportda tashishdagi ayrim logistik xarajatlar yetkazib berishlar zanjirida
logistik tizimining belgilangan bo‘g‘ini bo‘yicha guruhlarga yoki tabaqalarga ajratishi mumkin. Masalan, agar bojxona bunday bo‘g‘in bo‘lsa, unda uning uchrashuv bojxona kodeksida belgilangan xarajatlarga ajratilishi mumkin: bojxona boji; qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar; bojxona idoralari tomonidan litsenziya berilganligi uchun yig‘imlar; yukni bojxonada rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar; tovarni saqlash uchun bojxona yig‘imlari; axborot va konsalting xizmatlari uchun to‘lovlar va boshqa moddalarda.
Transport xarajatlari logistik vositachilar: transport va transportdan foydalanish firmalari, multimodelli tashish operatorlari, agentlar, brokerlar va boshqalar xizmatlariga tariflarni belgilash uchun baza bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |