Logistik xarajatlar va ularni qisqartirish yo‘llari
Logistika sohasida nazariy va metodologik yutuqlar juda muhimdir, material oqimlari xarakatlanishi samaradorligini baholashning asosiy joylarini qidirish muhim vazifa bo‘ladi. Logistik sohasidagi olimlar logistik tizim samaradorligini baholashning barcha o‘zgaruvchilar, barcha vaziyatlar va barcha ehtimol bo‘lgan ssenariyalarni hisobga olishga qodir universal butun logistik tizimni barcha o‘zgaruvchilar, vaziyatlar va ssenariyalarni hisobga olish bilan bog‘lashi mumkin bo‘lgan bitta mezon mavjud – bu foydadir. Agar material oqimi xarakterlanishining zanjirchasi qurilsa uni foyda oluvchi firmalar ishtirok etadilar. Bu firmalar irodali qaror bilan tashkil qilinmaydilar ularni tashkil qilinishi vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqadi. Har bir logistik operatsiyaga logistik tizimning aniq bo‘g‘inlari olib boruvchi belgilangan xarajatlar mos keladi. Agar logistik tizim bo‘g‘inlari tovar ishlab chiqaruvchi firmaning tartibga kirmaslari, unda ular uchun sheriklarning logistik tizimi bo‘g‘inlari xarajatlari vositachilik xizmatlari uchun haq to‘lash sifatida yangi tanish, ortirish, tushurish, omborga joylashtirish, saqlash, jo‘natish uchun narxlar (tariflar) bo‘ladi.
Xarajatlarni tasniflash asosiga logistik operatsiyalarni tasniflash tamoyili
qo‘yilishi mumkin. U yoki bu xarajatlar yoki xarajatlar garuhlarini ajratilishi logistik tizim, boshqaruv vazifalari va logistik zanjirlar va kanallardagi muvoffiqlashtirishning ko‘rinishiga bog‘liqdir. Ta’minot (yuklarni qayta ishlash, moddiy resurslarni tashish va xarid qilishga xarajatlar), ishlab chiqarish (tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga xarajatlar) va o‘tkazish (buyurtmalar, zaxiralarni boshqarish, omborga joylashtirish, tashishga xarajatlar) tarmog‘i uchastkalaridagi majmuaviy logistik operatsiyalarga tegishli xarajatlarni yiriklashtirilgan holda ajratish mumkin. Bu xarajatlarni axborotli - kompyuterli qo‘llab quvvatlash va bazisli logistik faolligini amalga oshirishdagi moliyaviy operatsiyalarga xarajatlar bilan to‘ldirish zarur. Barcha xarajatlarning logistik ma’muriy boshqarish xarajatlarini hisobga olinishiga ega summasi ko‘rib chiqilayotgan logistik tizimda umumiy (total) logistik xarajatlarni tashkil qiladi.
Ko‘pincha umumiy logistik xarajatlar tarkibidagi LTdagi tarkibni muvoffiqlashtirish yoki boshqarish masalalarini echish uchun muzlatilgan moddiy resusralar, tugallanmagan ishlab chiqarish va zaxiralardagi tayyor mahsulotlar foydadan yo‘qotishlar, hamda ta’minot, ishlab chiqarish, tayyor mahsulotni iste’molchilar tomonidan distrebyutsiyalash va logistik servis sifatining yetarlicha bo‘lmagan darajasidan zarar ham hisobga olinadi. Bu zarar odatda sotish hajmini ehtimol bo‘lgan kamayishi, bozor ulushini qisqartirish, foydani yo‘qotilishi kabi baholanadi.
Boshqa tomondan barcha xarajatlar (sarflar)ni quyidagi kategoriyalarga tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |