Razobotli iqtisodiy oqimlar va ularni logistikalantirish
Bozor turidagi iqtisodiy oqimlar M. Porter tomonidan batafsil tadqiq qilingan raqobatning beshta kuchi ta’siri ostida tovarlar va hizmatlarning raqobatli oqimlari bo‘ladilar. Ushbu nuqtai nazardan tovarlar va xizmatlarning quyidagi aksiyalarini raqobatli deb atash mumkin:
xuddi shunday tovarlar va xizmatlarning oqimlari, ular raqib firmalar tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin;
bir birlari bilan raqobat qilishga qodir o‘rnini bosuvchilar (subyektlar)
- tovarlar va xizmatlarning oqimi;
tovar ishlab chiqaruvchilar olish uchun raqobatlashuvchi moddiy- texnik resurslarning oqimlari;
tovarlar va xizmatlar bozoridagi iste’molchilarning raqiblik qiluvchi to‘lov qobiliyatlariga ega talabi oqimlari;
shakllanayotgan bozordagi tovarlar va xizmatlarning raqobat taklifi oqimlari.
Bu va boshqa iqtisodiy oqimlarni logistik talqin qilish ko‘proq umuman raqobatning ijobiy ahamiyatini oshirishgan holda salbiy raqobatli bosimni neytrallashtirishga yordam beradi.
Aniq muhitda iqtisodiy oqimlarni tizimi muvoffiqlashtirish logistika qurollaridan foydalanish logistik zanjirlar ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini bog‘lanishini ta’minlashi ko‘zda tutiladi.
Shuning bilan bir vaqtda iqtisodiy oqimda hamma vaqt uning ishtirokchilari o‘rtasidagi murosani qidirib topish va o‘rnatish asosida iqtisodiy manfaatlarini bog‘lanishi salohiyati qo‘yilgan. Bu haqida, xususan A.I. Salomenko “logistik yondashishini vujudga kelishi va samarali qo‘llanilishi” sharoitlarini tadqiqot qilayotgan paytda yozadi, uning fikriga ko‘ra, bular quyidagilardan iborat: oqimli jarayonlarning tashkiliy birligi; oqimli jarayonning texnologik birligi; tovar almashuvchi va tovar ishlab chiqarish oqimli jarayonlarning iqtisodiy birligi, oqimli jarayonning axborotli birligi.
Alohida olingan firma doirasidan tashqaridagi iqtisodiy oqimning tashkiliy birligini ta’minlash uchun uning barcha ishtirokchilari manfatlarini tashkiliy va vazifaviy alohida ajratilgan logistik markaz shaklidagi, yoki iqtisodiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha vakolatlarni logistik zanjir ishtirokchilaridan birga topshiriq ko‘rinishidagi muvoffiqlashtirishni talab qiladi. U yoki boshqa hollarda murosani qidirish, demak raqobat muhitidagi ziddiyatlarni olib tashlash muqqarardir.
Logistika moddiy oqimlar bilan, balki bu so‘zning eng keng ma’nosida iqtisodiy oqimlar bilan ish olib boradi. Ushbu tasavvurda biz yolg‘iz emasmiz, ushbu nuqtai nazarni Rostov davlat qurilish universiteti olimlari bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasining bir qator OO‘YU va ITI olimlari qo‘llab quvvatlamoqdalar. Xususan, A.I. Semenenko logistikaning “.... asosiy vazifasi iqtisodiy oqimlari, shu jumladan ishlab chiqarish – tijorat, tijorat va boshqa jamiyatlar shaklidagi oqimli jarayonlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tashkiliy-tahliliy muvoffiqlashtirish bo‘lgan yangi ilmiy yo‘nalishi sifatidagi” mualliflik ta’rifini taklif qiladi.
Firma tomonidan inisirovka va tashkil qilingan iqtisodiy oqimlariga eng keng ta’rifini “Маркетинг и логистика фирм” o‘quv qo‘llanmasi mualliflari tomonidan taklif qilingan. Firmaning iqtisodiy oqimlarini ular firmaning shaxsiy, qarzga olingan va jalb qilingan resusrlarni umumfirma maqsadlariga erishish uchun xarakatlanishining o‘zaro bog‘langan va o‘zaro asoslangan jarayonlari sifatida belgilaydilar. Firma iqtisodiy oqimlarining butun turli tumanligi ular tomonidan jadvalda berilgan.
Shunday qilib, raqobatliiqtisodiyoqimlarnilogistikasiquyidagilarni bildiradi degan xulosa chiqarish mumkin:
iqtisodiy oqmilarning xarakati amalga oshiriladigan logistik zanjirlar ishtirokchilar iqtisodiy manfatlarini bog‘lanishi;
iqtisodiy oqimlarni muvoffiqlashtirish va ratsionallashtirish uchun tashkil qilinayotgan logistik tizimlarda iqtisodiy murosalarni o‘rnatish;
umum tizimiy maqsadlarga erishish uchun logistik tizimlar birga ishtirokchilar xarakatlarini integratsiyalash;