iqtisodiy oqimlarda samaraliroq foydalanishi uchun bozorning tashkiliy va iqtisodiy mustaqil subyektlarni resusrslarini kooperatsiyalash.
Bunda shuni esdan chiqarmaslik keraki, logistika umuman raqobatni bartaraf qilmaydi; u faqat insofsiz raqobat maydonini toraytiradi va raqobat kurashini logistik tizimining tashqarisiga ko‘chiradi. Logistikaning ushbu xususiyati avtomatik ravshda amalga oshirilmaydi, balki faqat qulay tashqi muhitda, ya’ni jamiyatning nisbatan iqtisodiy va siyosiy barqarorligida o‘zini to‘liqroq namayon qiladi.
Insofsiz raqobatdan kelib chiqqan holda, xulosa qilish mumkinki, faqat raqobatli iqtisodiy oqimlar ularni muvofiqlashtirish va ratsionallashtirish uchun yetarlicha logistik salohiyatga egalar. Bunda raqobatni iqtisodiy oqimlarining xarakati amalga oshiriladigan logistik zanjirlar (kanallar) ishtirokchilari xuqlarining quyidagi asosiy turlarini ajratish mumkin:
kooperativ xulq, u umumtizimiy foydalar ishtirokchilarining xudbinlarga intilishlari ustidan ustivorlik qilgan paytdagi iqtisodiy manfaatlarini bog‘lanishiga asoslangan;
moslashgan hulq, u ishtirokchilar o‘rtasidagi murosalarni ularning bir birlariga o‘zaro moslashtirilganligi asosida doimiy qidirilishi ko‘zda tutadi;
korporativ xulq, u yuqoriroq umumintizomiy samara olish uchun ishtirokchilar tomonidan o‘zlarining vakolatlarining bir qismini ixtiyoriy ravishda topshirilishini ko‘zda tutadi;
agressiv hulq, bunda ishtirokchilarni tovarlar bozorida ustivorlik qiluvchi firmalar va ishlab chiqarish omillaridan biri tomonidan majburiy yutib yuborilishi sodir bo‘ladi.
Har qanday holda ham, raqobatli iqtisodiy jamiyatlarni logistiklash jarayonini insinirovka qiluvchi logistik zanjir (kanal) ishtirokchi bo‘lgan firma bir qator talablarga javob berishi kerak, ularni shartli ravshda ikkita guruhga birlashtirish mumkin: 1. Tashqi (raqobatli) muhit o‘zgarishlariga moslashish qobiliyati; 2. O‘zining iqtisodiy salohiyatini o‘stirish imkoniyati. Birinchi guruhga odatda quyidagi qobiliyatlarni kiritadilar:
tashqi muhitning marketingli va logistik tahlil qilishga, shu jumladan iqtisodiy oqimlardagi raqobatli kuchlarni tahlil qilishga;
iqtisodiy oqimlarda logistik va raqobatli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash;
bozor talablari ta’siriga xuddi shunday javob qaytarish va iqtisodiy oqimlarda raqiblarni kursiga chaqirish;
firma va logistik zanjir (kanal)ning boshqa ishtirokchilari raqobat salohiyatini oshirishga imkon beruvchi marketingli, logistik va boshqa iqtisodiy yangiliklarga;
logistik zanjir (kanal)ning barcha ishtirokchilari uchun qulay murosalarni qidirish va topish;
raqobatli iqtisodiy oqimlarni qamrab oluvchi logistik tizimlarni shakllantirish va faoliyat yuritishni tashkil qilish.
O‘zining iqtisodiy salohiyatini o‘stirishga kelsak, ular quyidagilarga birlashtirilishi mumkin: barqaror iqtisodiy holat sharoitlarida firmalarning barqarorligini ta’minlashga imkon beruvchi moliyaviy imkoniyatlar; logistik zanjirlar ishtirokchilari texnikasi va texnologiyasini bog‘lash uchun zaruriy sharoitlarni yaratuvchi texnik - texnologik imkoniyatlar; raqobatli iqtisodiy oqimlarda logistik yangiliklarni muvoffaqiyatli ishlab chiqish va amalga oshirishga imkon beruvchi aqliy imkoniyatlar; informatsion texnologiyalarni yaratishga yagona axborot muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlarni yaratuvchi axborotli imkoniyatlarga.