121
6.5.Narxni shakllantirishda yetakchilik
Oligopoliya bu – shunday bozor holatiki, unda nisbatan kam sonli xaridorlar
mavjud bo‘ladi va ularning har biri mahsulot narxiga ta’sir ko‘rsata oladi. Aslini
olganda, oligopoliya ko‘pchilik sanoat bozorlari uchun xos bo‘lgan holat. Oligopolistik
bozorlarda har bir korxona tomonidan belgilanadigan narx raqobatchilar takliflari
ta’siriga uchraydi va o‘zi ham qolgan qatnashchilar narxlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Alohida sotuvchilar narxlari talab va taklif mahsulot narxini belgilab beradigan
to‘laligicha raqobatbardosh bozor sharoitlari bilan emas, balki aynan shu bir-biriga
bog‘liqlik bilan to‘xtatilib turadi. Ehtimol, B2B sohasida to‘laligicha raqobatli bozor
muhitiga yagona misol ko‘plab sotuvchilar amalda boshqalar taklif etayotgan
mahsulotlardan farq qilmaydigan o‘rmon, dengiz va fermer xo‘jaliklari mahsulotlari
bozori hisoblanadi.
Oligopoliya bozorida shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, bunda
sotuvchilardan bitta yoki bir nechtasi tarmoqning qolgan korxonalari unga
tenglashadigan narxlar belgilaydi. Bunday vaziyatlarda narx belgilaydigan korxonalar
narx bo‘yicha yetakchilar hisoblanadi. Tarmoqdagi qolgan korxonalar izdoshlar
sanaladi.
Elektr uskunalar oligopoliya bozorida narx shakllantirishga bag‘ishlangan Salten
(Sultan) tadqiqoti narx shakllantirishda yetakchilik o‘rnatishga xizmat qiladigan
shartlarni o‘rganishga ajoyib misol hisoblanadi. Bu tadqiqot 1960-yillarda narxlarni
qat’iy belgilab qo‘yishda ayblangan, elektr uskunalar ishlab chiqaruvchi uchta eng
yirik korxona rahbariyati a’zolarining bir nechtasi ustidan bo‘lib o‘tgan sud ishlari
natijasida mumkin bo‘ldi. Oqibatda ushbu tashkilotlar tomonidan ko‘plab yillar
davomida qo‘llanib kelgan narx shakllantirish siyosatini aks ettiradigan ushbu
korxonalarning hisobot hujjatlari e’lon qilindi. Narx shakllantirishda yetakchilik qilish
yoki yetakchining izidan borish qarori marketolog uchun juda muhim strategik tanlov
hisoblanadi. Narx bo‘yicha yetakchiga aylanish uchun ayrim strategik harakatlarni
amalga oshirish – tadqiqot va ishlanmalarga ko‘proq investitsiya kiritish hisobiga
texnologik yetakchilikka erishish yoki xarajatlarni pasaytirishda tarmoq yetakchisi
122
bo‘lish talab etiladi. Narx bo‘yicha yetakchiga aylanish uchun korxona sezilarli bozor
ulushini egallab olishi lozim.
Bozor yetakchisida bozor ulushi katta, ishlab chiqarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xarajatlari past, marketing resurslari katta va texnologik ishlanmalarda pozitsiyasi
yetakchi bo‘lishi lozim. Bu omillarning barchasi yetakchiga o‘zining bozor ulushini
boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Bozorda samarali yetakchilik rahbariyatda
yetakchilik qilish uchun istak ham, qobiliyat ham bo‘lishini talab etadi. Izdoshlarda
esa, aksincha, bozor ulushi qoidaga ko‘ra kichikroq, yuklama xarajatlar baland bo‘ladi,
texnologiyalar esa ortda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: